Mavzu: “Qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan trening mashg'ulot rejasi


Download 25.58 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi25.58 Kb.
#1751057
Bog'liq
Trening dasturi Qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan


Mavzu: “Qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan trening mashg'ulot rejasi



Mashg’ulot nomi

Vaqt

Kutiladigan natija

Kirish qismi

1

Guruh normalarini qabul qilish

14.20– 14.23

Trening jarayonida o'zaro samimiylik, hurmat muhitini vujudga keltirish

2

"Chemadon"

14-23 – 14.27

Ishtirokchilarning treningdan kutayotgan natijalarini qog'ozga yozib, taxlab chemadonga soladi

3

Tanishuv
"Sherigingni tanishtir"

14.27 – 14.40

Ishtirokchilarning sherigini qobiliyatini qay darajada bilishi

Asosiy qism

4

"Alifbo" o'yini

14.40
-
15.00

Ishtirokchilarning qobiliyatini shakllantirish

5

Plastilinli estalik" mashqi

15.00 – 15.15

O'zaro do'stlik, yaqinlik muhitini shakllantirish

6

"Rolli o'yin"

15.15 – 15.30

Ishtirokchilarning qobiliyatini shakllantirish




Yakuniy qism

8

Yashirin tilak" mashqi

15.30 – 15.35

Ishtirokchilarni ko'tarinki kayfiyatini barqarorlashtirish

9

Qayta aloqa

15.35 – 15.40

Ishtirokchilarning erishgan natijalarini tinglash



Mavzu:” “Insonlarda qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan trening” mashg’ulotining dasturi
Maqsad:Ishtirokchilarda yashirin qobiliyatlarni aniqlash yuzasidan bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish
Vazifalar:
1. Guruh a'zolarini o‘zaro tanishtirish, bir birlari haqida ko'proq ma‘lumotga ega bo‘lish
2. Guruhda o'zaro ahillik muhitini yaratish
3. Guruh ishtirokchilarini bir birlarini yaxshiroq tushunishga va o'z qobiliyatlarini yaxshiroq anglashga o'rgatish.
Guruh normalari:

  • Yagona mikrofon qoidasi (kimni qo'lida mikrofon bo'lsa o'sha odam gapiradi);

  • Faollik qoidasi;

  • Reglament qoidasi (Trening qatnashchilar o'z fikrlarini aniq, lo'nda, qisqa bayon etishlari kerak);

  • Sirlilik qoidasi (mashg'ulot jarayonidagi barcha kechinmalar guruhdan tashqariga chiqishi mumkin emas).


MASHG’ULOTNING BORISHI
KIRISH
1. Guruhiy normalarni ishlab chiqish va qabul qilish
Maqsad: Mashg’ulotning samaradorligini ta’minlash
2. “Chemadon” o’yini
Maqsad: Ishtirokchilarning treningdan kutayotgan natijalarini aniqlash
Ko’rsatma: Ishtirokchilarning treningdan kutayotgan natijalarini qog'ozga yozib, taxlab chemadonga soladi
3. "Sherigingni tanishtir"
Maqsad: Ishtirokchilarga bir-birlari to'g'risidagi ma'lumotga ega bo'lish imkonini yaratish
Ko’rsatma: Ishtirokchilar o'zini emas sherigini tanishtiradi. Sherigini ismini va uning qobiliyatini aytadi
ASOSIY QISM
1. “Alifbo” o’yini
Maqsad: Ishtirokchilarni o'ylash, qo'shiq yoki she'r aytish qobiliyatini rivojlantirish va ko'tarinki kayfiyat berish
Ko’rsatma: Bu o'yinda ishtirokchilar birin-ketin qo'shiq yoki she'r aytib ketadilar. Harflar ketma-ketligiga amal qilgan holda

2. “Plastilinli estalik” mashqi
Maqsad: Ishtirokchilar ongini rivojlantirish, dam olishi va qobiliyatini tekshirish
Ko'rsatma: "Bunda trening ishtirokchilari idishda turgab plastilinlardan olib ketma-ketmalikda joylariga o'tirib oladilar. Ishtirokchilar xohlagan narsasini yasaydilar va yasagan narsasini estalik uchun sherigiga beradi.
Savol: Sizning qobiliyatingiz bo'lmasa...?
3. "Rolli o'yin"
Maqsad: Esdan chiqib ketayotgan rollarni o'ynash va ko'tarinki kayfiyat berish.
Ko'rsatma: Bunda 2 guruhga bo'linadi. Ya'ni 2 ta ssenariy bo'ladi, bu ssenariyda rollar yozilgan bo'lib, u ishtirokchilarga tarqatiladi. O'sha rollar orqali 2 guruhga bo'linadi. Ularga 5 daqiqa vaqt berib berilgan ssenariy bo'yicha sahna ko'rinishi ijro etiladi. Ssenariy nomi: Zumrad va Qimmat, Kelinlar qo'zg'oloni.
YAKUNIY QISM
1. "Yashirin tilak" mashqi
Maqsad: Ishtirokchilarni ko'tarinki kayfiyatini barqarorlashtirish
Ko’rsatma: Treningdagi ishtirokchilar birma-bir qog'ozga guruh uchun o'zining tilagini yozib qutichaga soladi.
2.Qayta aloqa
Maqsad: Ishtirokchilarning kutuvlari amalga oshganlik darajasini aniqlash
Ko'rsatma: Hozir har bir kishi quyidagi savollarga og'zaki javob beradi:
'"Men bugun treningdan. . .". Barcha ishtirokchilar gaplarini shu jumladan
boshlab, o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashadilar.
Trener ishtirokchilarning fikrlarini diqqat bilan tinglashi va ularga ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildirib, mashg'ulot yakunlanganligini e'lon qilishi kerak.
Download 25.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling