1-topshiriq Suhbat metodiga izoh bering? Javob


Download 21.75 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi21.75 Kb.
#145865
Bog'liq
2-mavzu topshiriqlari


1-topshiriq

Suhbat metodiga izoh bering?

Javob:

Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o`rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning obyekti va subyek-ti tanlanadi, mavzusi, o`tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxs-lar, guruh va jamoa bilan o`tkazish rejalashtiriladi, o`rganilayotgan narsa bilan uzviy bog`liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbat-ning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish ja-rayonida inson psixikasidagi o`zgarishlarni o`rganishdir. Suhbat or-qali odamlarning tafakkuri, akd-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, tiyrakligi, bilim saviyasi, e`tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to`g`ri-sida ma`lumotlar olinadi.

Suhbat metodining ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Qaytariq so`zlar, «g`aliz» iboralar, nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarligi muvaffaqiyatsizlikka sabab bo`ladi. Shuningdek, savol-javobning bir shaklda emasligi sinaluvchida o`ziga xos ishlash uslubi, oshkoralik yetishmasligi, iy-manish, uyalish atroflicha ma`lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to`g`ri keladi.

Faoliyat mahsullarini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsa-dida bu metod umumiy psixologiyada keng qo`llaniladi. Bolalar chiz-gan rasmlar, yasagan o`yinchoqlar, modellar, yozgan she`rlarni taxlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, ba-diiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar to`plash mumkin. Obyekt bilan subyekt o`rtasida muloqot o`rnatish uchun shaxsning psixikasi to`g`risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diagramma, kashfiyot, qurilma, asbob, texnik model, moslama, mil-liy kashtachilik, hunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsiyasi, ilmiy ma`ruza, konspekt, taqriz, tezis, maqola, ko`rsatmali qurollar, loyiha, konsepsiya, san`atkor, artist va baxshi ijodiyoti kabilar kiradi. Bular turli yoshdagi, jinsdagi va kasbdagi odamlar tomonidan yara-tilgan bo`lishi va shunga ko`ra shakli, mazmuni, sifati, originalli-gi, hajmi, ko`rinishi, xususiyati bilan bir-biridan keskin tafovut qilishi mumkin.

Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o`quvchilar, talabalar, konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ish-chilar, dehqonlar psixik xususiyatlari to`grisida ma`lumotlar to`plash mumkin. Lekin insondagi psixik o`zgarishlar, kamol topish va bu-larning kechishini ifodalovchi materiallar yigish uchun bu metod-ningo`zi yetmaydi. Shuninguchun inson psixikasini o`rganish maqsa-dida boshqa metodlardan ham foydalanishi ma`qul.

2-topshiriq

Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlariga qisqacha tushuncha bering.

Javob:

Metod — metod (yunoncha — aynan nimagadir yо‘l) maqsadga erishish yо‘lini bildiradi. Muayyan ma’noda tartibga solinadigan faoliyat. Yunoncha sо‘z bо‘lib, yо‘l, axloq ma’nolarini bildiradi. Odatda, keng ma’noda qо‘llaniladigan «metod» terminini kishilarning о‘z oldiga qо‘ygan maqsadlariga erishish, ma’lum obyektni о‘zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlari usullarini anglatadi.

Har qanday fan o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u o‘z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obyektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o‘rgatish va qanday o‘rgatish kerak, kimni qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim – degan muammolar o‘rtasida dialektik birlik mavjuddir.

Pedagogika o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa hamda jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o‘rganadi. Shu ma’noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo’lmagan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari hamda vositalari majmuini tushunamiz.

Pedagogika o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatini quyidagicha o‘rganishni nazarda tutadi:

1) ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi hamda o‘zaro ta’sir jarayonida bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, fan, madaniyat, axloq va san’at, ta’lim-tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qat’iy nazar uzviy aloqada bo’lishi;

2) ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etish jarayonida vujudga keladigan o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalari, metodlarining o‘zgarishi, hamma bolalarni bir xil andozada o‘qitish va tarbiyalash mumkin emasligi;

3) bolalarning o‘sishida ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, aqliy va xulqiy faoliyat, so‘z va ish birligi mezonlariga tayanish;

4) bolalar kamolotiga ta’sir etuvchi an’ana, urf-odatlar, ular eskilik bilan yangilik, o‘rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o‘zaro tanqid va hokazo.



3-topshiriq

Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing

1. «Metod» qanday sо‘zdan olingan?

A) grekcha

B) yunoncha

C) lotincha


2. Metoddar haqidagi fan nima deb ataladi?

A) metodologiya

B) antrapologiya

C) psixalogiya
3. Og‘zaki metodlarga nimalar kiradi?

A) rasmlar, namoyishlar, kuzatishlar



B) bilimlarni sо‘z bilan bayon qilish, suhbat, darslik ma’lumotnoma va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash

C) mashqlar, laboratoriyadagi amaliy ishlar


4. Kо‘rsatmali metodlarga nimalar kiradi?

A) rasmlar, namoyishlar, kuzatishlar

B) bilimlarni sо‘z bilan bayon qilish, suhbat, darslik ma’lumotnoma va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash

C) mashqlar, laboratoriyadagi amaliy ishlar
5. Amaliy metodlarga nimalar kiradi?

A) rasmlar, namoyishlar, kuzatishlar

B) bilimlarni sо‘z bilan bayon qilish, suhbat, darslik ma’lumotnoma va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash

C) mashqlar, laboratoriyadagi amaliy ishlar
6. I.Y.Lerner va M.N.Skatkin о‘qitish metodlarini nimalarga ajratadilar:

A) tushuntirish – rasmlar metodi; reproduktiv metod; muammoli bayon qilish metodi; qisman izlanish metodi; tadqiqot metodi.

B) tushuntirish – rasmlar metodi; reproduktiv metod;

C) qisman izlanish metodi; tadqiqot metodi.
7. Anketa fransuzcha so‘z bo‘lib, nima degan ma‘noni anglatadi?

A) tekshirish degan ma‘noni anglatadi.

B) kuzatish degan ma‘noni anglatadi.

C) tahlil qilish degan ma‘noni anglatadi.

8. Test - inglizcha so`z bo`lib, nima degan ma‘noni anglatadi?

A) kuzatish degan ma‘noni anglatadi.

B) tahlil qilish degan ma‘noni anglatadi.



C) sinash, tekshirish ma‘noni anglatadi.
9. Pedаgogik tаdqiqot metodlаri bu…..

A) ilmiy nаzаriyаlаrni qurilishi, bog‘liqliklаri, munosаbаtlаri, qonuniy аloqаlаrini o‘rnаtish mаqsаdidа ilmiy mа’lumotlаrni olish yo‘llаridir.

B) bog‘liqliklаri, munosаbаtlаri

C) munosаbаtlаri, qonuniy аloqаlаrini o‘rnаtish mаqsаdidа ilmiy mа’lumotlаrni olish yo‘llаridir.
10. Pedаgogik tаdqiqot metodlаri qanday turlarga bo’linadi?

A) nаzаriy turlаrgа bo‘linаdi.



B) аmаliy turlаrgа bo‘linаdi.

C) nаzаriy vа аmаliy (empirik) turlаrgа bo‘linаdi.
Download 21.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling