Fonetika va fonologiya Fonetika grekcha


Download 35.5 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1367691
Bog'liq
Fonetika va fonologiya


Fonetika va fonologiya

Fonetika (grekcha phone – «tovush», -tike – «fan» so'z­laridan) inson nutqini ifoda qilish uchun zarur bo'lgan tovushlar va ularning vositalari xaqidagi tilshunoslik sohasidir.


Nutq tovushlari va ularning vositalari bo'lgan bo'­g'in, urg'u, intonatsiya murakkab va ko'pqirrali xususiyatlar hisoblanadi va shu tufayli to'rt tomonlama o'rganiladi:
1) artikulyatsion ( fiziologik ) – tovushlarning talaffuzida nutq organlarining xizmati;
2) akustik ( fizik ) – nutq tovushlari va ularning vositalari fizik tebranishlar natijasidir;
3) eshitib his etish ( psixologik ) tomoni, ya'ni nutq tovushlari, bo'g'in, urg'u va intonatsiya eshituvchi tomonidan anglab his etiladi;
4) fonologik (yoki sotsial, funksional) jihatdan nutq tovushlari va ularning vositalari tildagi so'zlar, so'z formalari, iboralar va gaplarni bir-biridan farq­lash, ularning ma'nosini kengroq ochish uchun zarurdir.
Yuqoridagi to'rt tomonlama qarashni ba'zan artikulyatsion fonetika, akustik fonetika (u ba'zan eshitib his etish tomonini ham o'z ichiga oladi) va fonologiya nomlari bilan ham ataladi. Ular nutq tovushlari, bo'g'in, urg'u va intonatsiyani alohida tasnif qilish usullariga ega bo'lib, bir-biri bilan uzviy bog'liqdir.
O'zining o'rganish sohasi va vazifalariga ko'ra, fonetika ikki turli bo'ladi:
1) Umumiy fonetika – jahondagi barcha tillarga xos bo'lgan talaffuz xususiyatlarini o'rganadi;
2) Tasviriy fonetika – biror tilga xos bo'lgan talaffuz alomatlarini o'rganadi. Masalan, rus tili fonetikasi, o'zbek tili fonetikasi kabi.
Qo'yilgan maqsadga ko'ra fonetika ikki turli bo'ladi:
1) nazariy fonetika – u biror tilning talaffuz alomatlarini nazariy jihatdan tasnif etadi;
2) amaliy yoki normativ fonetika esa, biror tilning talaffuziga o'rgatish maqsadida tuziladi. Masalan, ingliz tilining amaliy fonetikasi rus yoki o'zbek o'rganuv­chilari uchun sodda holda mashqlar yordamida izohlab beriladi.
Alohida apparatlar yordamida nutq tovushlari, bo'g'in, urg'u va intonatsiyadagi artikulyatsion-akustik xususiyatlarni o'rganish sohasi eksperimental fonetika deb yuritiladi. Yuqorida ko'rsatilgan fonetika turlarining bar­chasi kuzatishlar yordamida til talaffuzidagi xususiyat­larni ancha aniq tekshirilgan eksperimental fonetika natijalariga asoslanadi.
Agar fonetika tovushlarining hosil bo'lishi va ularning xususiyatlarini o'rgansa, uni segmental fonetika («segment» so'zi nutq bo'lagi ma'nosini anglatadi) deyiladi. Fonetika nutq tovushlaridan katta birliklarni, ya'ni bo'g'in, so'z va frazalarni o'rganish bilan ish tutsa, uni supersegmental fonetika yoki prosodika deb ataladi.
Fonetikaning to'rtinchi zaruriy soxasi hisoblangan fonologiya alohida fan sifatida ham qaraladi. Bunday qarash fonologiyani ham ikkiga bo'lishni talab qiladi:
1) Tovushlarning tildagi funksional tomonlarini o'rganish bo'limi – segmental fonologiya yoki fonemika, fonematika deb yuritiladi.
2) Bo'g'in, urg'u va intonatsiyaning funksional alomatlarini o'rganish sohasi supersegmental fonologiya yoki prosodika deb ataladi.
Fonetika tilning boshqa bosqichlari va yaruslari bo'lgan morfologiya va sintaksis, leksika va stilistika bilan uzviy bog'liqdir. Chunki tildagi barcha birliklar (so'z, so'z shakli, so'z birikmalari va frazalar) tovushlar yordamida namoyon bo'ladi.
Fonetika nutqdagi artikulyatsion-akustik xususiyatlarni, ularning hosil bo'lishida nutq organlarining xizmati va fizik tebranishlarni o'rganishi bo'yicha biologiya, fiziologiya, fizika va akustika fanlari bilan bog'lanadi.
Tildagi fonetik xususiyatlarning tarihini o'rganuvchi soha tarixiy (yoki diaxronik) fonetika deb ham ataladi. Bunda tildagi tovushlar sistemasining taraqqiyoti qadimiy obidalar va qo'lyozmalar hamda tarixiy faktlar yordamida tasnif etiladi.
Hozirgi davr tilshunosligida jahon tillarining o'xshash va farqli alomatlarini o'rganish «tillar tipologiyasi» nomi bilan atalib, bu sohaning fonetikaga doir bo'limi qiyosiy-tipologik fonetika yoki qiyosiy-tipo­lo­gik fonologiya deb ataladi. Masalan, rus, o'zbek va ingliz tillarining qiyosiy-tipologik fonetikasi yoki fonologiyasi kabi.
Tildagi tovushlarni yozma ravishda ko'rsatish uchun alohida belgilar mavjud bo'lib, uni transkripsiya de­yiladi. Ushbu darslikda Xalqaro Fonetika Assotsiatsiyasi taklif etgan transkripsiyaga asoslangan belgilardan foydalanildi.
Adabiyotlar


  1. Аракин В.Д. Сравнительная типология английского и русского языков. М., Просвещение, 1989.

  2. Аракин В.Д. Типология языков и проблема методического прогнозирования. М., Высшая школа, 1989.

  3. Абдуазизов А.А. Тилшуносликка кириш. I-қисм. Фонетика ва фонология. II-қисм. Лексикология ва семасиология. Грамматика. Тошкент, Университет, 1999.

  4. Абдуазизов А.А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. Т., 1992.

  5. Абдуазизов А.А., Шереметьева А.Г., Зализняк А.М. Общее языкознание. Ташкент, Университет, 2004.

  6. Ашурова Д.У. Производное слово в свете коммуникативной теории языка. Ташкент, Фан, 1991.

  7. Беланин В.П. Психолингвистика. М., Флинта, 2003.

  8. Бушуй А.М. Сущность языка как проблема общей лингвистики. Самарканд, 2004.

Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling