O’zbekiston-Finlfndiya pedagogika institutining san’atshunoslik fakulteti sirtqi bo’lim 2-kurs 204-guruh talabasi,,,,,,,,,,,,,,,,,ninig


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
Sana14.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1093590
Bog'liq
ona tili kurs ishi slayd Haydarov T



JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITET SIRTQI 
BO’LIM FAKULTETI SIRTQI BO’LIM 2-KURS 1709-GURUH 
TALABASI HAYDAROV TURG’UNBEKNINIG
ONA TILI FANIDAN
JIZZAX -2022
Mavzu: Fonetika, uning turlari.



I.Bob: FONETIKA BOʻLIMI HAQIDA UMUMIY 
MAʼLUMOT . 1.1. Fonetika haqida daslabki ma’lumotlar. 

1.2. Nutq tovushlari va ularning uch tomoni. 

II Bob: TOVUSH VA FONEMA.

2.1. Unli va undosh tovushlar .

2.2. Fonetik hodisalar. 

2.3. Boʻgʻin . Urgʻu. 

Xulosa . 

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati . 
REJA:


Kirish.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati: Til - millat koʻzgusidir . Til –
jamiyat va shaxs hayotida o‘ziga xos o‘rin egallab, jamiyatning har tomonlama
rivojida va har bir shaxsning yuksak mavqega erishishida asosiy omillardan biri
bo‘lib xizmat qiladi .Til – millat ko‘zgusidir. Ma’lumki. o‘zlikni anglash milliy
ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til
orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi,
ona tilining betakror jozibasi bilan singadi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni 1989-yil
21-oktabrda qabul qilindi. Shu davrdan boshlab har yili bu kunni til bayrami
sifatida nishonlanadi. Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek tili - davlat tiliga e’tibor
kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. 1993-yil 2-sentabrda “Lotin
yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” Qonun qabul
qilinishi Vatanimizning ma’naviy-madaniy hayotida jahonshumul ahamiyat kasb
etdi.


Kurs ishi obyekti – Mavzu doirasidan kelib chiqqan holda, 
ishning obyekti tilshunoslikning tovush tizimini
oʻrganuvchi fonetika boʻlimini oʻrganish .
Kurs ishi predmeti – turli xil badiiy matn va badiiy asarlar.
Kursishi manbalari-turli xil pedagogik, ilmiy adabiyotlar
va darslik qo‘llanmalari (ular adabiyotlar ro‘yxatida
ko‘rsatilgan).
Kurs ishi maqsadi- o‘zbek tilining tovush tomonini tadqiq
qilish , uning oʻziga xos xususiyatlarini tasniflash .


1 - BOB . FONETIKA BOʻLIMI HAQIDA UMUMIY MAʼLUMOT. 
1.2. Fonetika haqida daslabki ma’lumotlar.
Nutqimiz boʻlinuvchanlik xususiyatiga ega boʻlgan turli birliklardan iborat .
Bulardan eng kichigi esa , tovushdir . Aynan mana shu nutq birligini oʻrganuvchi
boʻlim - fonetika boʻlimi hisoblanadi . Fonetika deganda eng quyi lisoniy sath
ham, tilshunoslikning shu sathni o‘rganadigan sohasi ham tushuniladi.
Fonetika (gr.phonetikos - tovushga, ovozga xos) tilshunoslikning boshqa
sohalaridan farqli o‘laroq, nafaqat o‘rganish manbaining funktsional tomonini ,
balki nutq tovushlarini hosil qiluvchi talaffuz apparatini shuningdek, ularning
akustik xossalarini va til egalari tomonidan qabul qilinish jihatlarini ham
tekshiradi. Fonetikada. tilshunoslikning boshqa fan sohalari- adabiyotshunoslik,
fiziologiya, fizika, psixologiya kabi fanlar bilan aloqasi yanada yaqqol namoyon
bo‘ladi.


1.2. Nutq tovushlari va ularning uch tomoni.
Fonetikani o‘rganishning nazariy va amaliy ahamiyati bor. Tilning talaffuz
alomatlari nazariy jihatdan o‘rganiladi. Fonetika amaliyotda keng qo‘llaniladi.
Tilning tovush tarkibini yaxshi o‘rganishda, orfografiya masalalarini to‘ғri hal
qilishda, yozuvi bo‘lmagan xalqning yozuvini yaratishda, eski yozuvdan yangi
yozuvga o‘tishda, chet el tillarini o‘rganishda, tili chuchuk bolalarning tilini
tuzatishda va boshqa sohalarda fonetikaning ahamiyati nihoyatda kattadir.
Fonetikaning quyidagi turlari mavjud:
-
vazifasiga ko‘ra: umumiy va xususiy fonetika. Umumiy fonetika dunyo
tillariga tegishli bo‘lgan umumiy fonetik qonuniyatlarni o‘rganadi. Xususiy
fonetika esa biror konkret tilga xos bo‘lgan tovushlar sistemasini o‘rganadi
- maqsadiga ko‘ra: nazariy fonetika, amaliy fonetika, eksperimental fonetika.
Nazariy fonetika ma`lum bir tilning tovush xususiyatlarini nazariy jihatdan tasnif
etadi. Amaliy fonetika esa muayyan tilning fonetik, orfoepik me`yorlarini
o‘rganadi.


II Bob: TOVUSH VA FONEMA. 
2.1. Unli va undosh tovushlar .
Kundalik hayotingizda har xil tovushlarni eshitamiz: mashinalar signali,
hayvonlarning qichqirig‘i, parrandalarning sayrashi, suvning shildirashi va
boshqalar. Havo to‘lqinlari orqali qulog‘imiz bilan
eshitiladigan
barcha
hodisalarga tovush deymiz. Inson tomonidan talaffuz qilinadigan tovushlar ham
ana shunday tovushlar sirasiga kiradi.Har qanday tovush ma’lum tashqi ta’sir
yordamida havo oqimining tebranishi natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, ip yoki
simni tarang tortib, uni qo‘lingiz bilan chertsangiz havoni tebratadi va tovush
chiqadi.Tovushlar tabiiy va inson tovushlariga bo‘linadi. Tabiatdagi insondan
tashqarida paydo bo‘lgan barcha tovushlar tabiiy tovushlar sanaladi.Tabiiy
tovushlardan inson tovushlarining farqi shundaki, u inson nutq a’zolari harakati
yordamida ma’lum maqsadda ketma-ket talaffuz qilinadi . Bu esa har qanday nutq
tovushining uch tomoni mavjud ekanligidan dalolat beradi. Birinchidan, nutq
tovushlari insonning nutq a’zolari harakati natijasida maydonga keladi.


2.2. Fonetik hodisalar.
Fonemaning tovushga va tovushning fonemaga munosabati turlicha boʻladi.
Barcha fonemalar tovush hisoblanadi , ammo barcha tovushlarni fonema deb
boʻlmaydi. Jumladan , p va g undoshlari puch , tuz soʻzlarida alohida fonema
sanaladi . Shu undoshlar shapkoʻr ( shabkoʻr) , shamshod ( shamshot ) soʻzlarida
talaffuz jihatidan alohida tovush boʻlsa ham , lekin fonema emas . Ular jarangsiz
tovush bilan yondosh holda , yoki soʻz oxirida jarangsizlashib p , d
fonemalarining varianti boʻlib kelmoqda . Tilda fonemalar soni chegaralangan ,
tovushlarning miqdori esa chegaralanmagan. Chunki bir fonemaning oʻzi
qayerda va qanday oʻrinda kelishiga koʻra bir necha tovush variantlariga ega
boʻlishi mumkin. Har bir fonema oʻzgarmas , doimiy belgilarga ega boʻladi.
Xulosa qilib aytish kerakki , fonema til birligi boʻlib , inson ongida imkoniyat
sifatida mavjuddir. Tovush esa nutq birligi boʻlib , fonemaning ayni talaffuzdagi
koʻrinishidir .


2.3. Boʻgʻin . Urgʻu.
Fanda tovush tushish hodisasi sinkopa deyiladi . Sinkopa — so'z o'rtasidagi
tovushning tushib qolishi. Bu hodisa reduksiyaning davomi sifatida ko'proq
uchraydi-o'zak morfemaga affiks morfema qo'shilganda, urg'u oxirgi bo'g'inga
ko'chib, o'zakdagi unli kuchsizlanadi va tushib qoladi: burun > burnim, burning,
burni; о ‘g ‘il > о ‘g ‘lim, о ‘g ‘ling, о ‘g ‘li kabi. So'z o'rtasidagi unlining tushib
qolishi ba’zan tarixiy (diaxron) planda sodir bo'lgan bo'lib, hozir sezilmasligi ham
mumkin: olcha < olicha, kelyapti < kelayapti kabi. O'zbek tilida undosh tovushlar
sinkopasi ham uchraydi: pastqam > pasqam, pastda > pasda kabi. Ularning ba’zi
turlari tarixiy plandagina qaralishi mumkin: erdi > edi kabi Apokopa — so'z
oxiridagi tovushning yoki qo'shm a so'z komponentining tushirib qoldirilishi:
baland > balan, xursand> xursan , g'isht > g ‘ish, goʼsht > goʼsh, obroʼу > obroʼ
,podshoh > podsho kabi.


Xulosa.
Mazkur kurs ishining mazmunini mujassamlashtiruvchi quyidagi xulosalarni
keltirishimiz mumkin
: 1 .Fonetika - tilshunoslikning tovush tizimini
oʻrganuvchi boʻlimi . Fonetika nutq tovushlarining hosil boʻlishi , oʻzgarishi ,
turlari , tasnifini , boʻgʻin , urgʻu, ohang kabi hodisalarni oʻrganadi . 2.
Tovushlar ikki boʻlinadi : tabiiy va inson tovushlari . Fonetika boʻlimi inson
tovushlarini oʻrganadi . 3 .Nutq tovushlari akustik - artikulatsion birlik boʻlib ,
soʻzni shakllantirish va maʼno farqlash vazifasiga ega . Akustik jihatdan nutq
tovushlarining kuchi , balandligi , tebri va choʻziqligi kabi belgilari farqlanib
oʻrganiladi .Fiziologik-artikulatsion jihatidan tovushlarning hosil boʻlishida
ishtirok etadigan nutq aʼzolariga eʼtibor qaratiladi . Nutq tovushlarining akustik
xususiyatlariga ovoz va shovqindan iboratligi , jarangli yoki jarangsizligi kirsa ,
artikulatsion belgisiga esa nutq apparatining qayerida hosil boʻlishi hamda
qanday usulda hosil boʻlganligi kiradi .


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling