1-topshiriq talaba : Matnazarov d guruh : sst


Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mazmuni va mohiyati


Download 47.89 Kb.
bet4/9
Sana18.02.2023
Hajmi47.89 Kb.
#1210918
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Матназаров Д invitetsiya

5. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mazmuni va mohiyati

Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu milliy xoʻjaliklar (davlatlar) oʻrtasida oʻzaro koʻptomonlama barqaror aloqalarning rivojlanishi va mehnat taqsimoti negizida yuzaga kelgan mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan birlashuvi boʻlib, ishlab chiqarish tarmoqlarining turli darajada va turli koʻrinishdagi oʻzaro aloqadorligini ifoda etadi. Hozirgi kunda integratsion jarayonlar toʻgʻrisida mutaxassislar orasida yagona qarashlar kontseptsiyasi mavjud emas. Bir guruh iqtisodchi olimlar integratsiyani jahon mamlakatlari oʻrtasida yangi tovarlar oqimini shakllantirish orqali "resurslar cheklanganligi" muammosini bartaraf etish yoʻli deb talqin etishsa bu orqali jahon mamlakatlarida nisbatan serxarajat tovarlar ishlab chiqarishga chek qoʻyilib, texnologik ayirboshlashni kengaytirish imkoniyatini beradi, yaʻni, ITTKIga xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi, boshqa bir guruh olimlar integratsiyani talab etuvchi dastlabki turtki sifatida noiqtisodiy omillarni ilgari suradi.


Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsion jarayonlar asosan ikki koʻrinishda (mikro – transmilliy korporatsiyalarning tashkil etilishi orqali, makro – iqtisodiy siyosatni davlatlararo muvofiqlashtirish siyosati orqali) amalga oshiriladi. Mikro miqyosdagi integratsion jarayonlar bir-biriga hududiy jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlarning xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kapitallarini oʻzaro taʻsir doirasi orqali amalga oshiriladi. Yaʻni, ushbu davlatlar oʻrtasida integratsion jarayonlar iqtisodiy bitimlar tizimining shakllanishi, kichik shahobchalar, shoʻba korxonalar tashkil etilishi orqali yuz beradi. Tashkil topgan korxona va firmalar oʻrtasidagi oʻzaro iqtisodiy aloqalarning tez rivojlanishi tovar almashuvini, xizmat sohalarini, kapital va ishchi kuchining mamlakatlararo erkin harakatini taʻminlashga, ijtimoiy – iqtisodiy va ilmiy-texnologik, tashqi iqtisodiy va mudofaa, moliyaviy va valyuta sohasida yagona siyosatni oʻtkazish zaruriyati tugʻiladi. Yagona valyuta va moliyaviy fondlar, infratuzilmalar va umumiy davlatlararo boshqaruv organlariga ega boʻlgan iqtisodiy majmualar yaratiladi.
Makro miqyosdagi integratsion jarayonlar davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi.

Download 47.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling