5. Investitsiya loyihasi – bu…
“Investitsiya loyihasi"ʻ tushunchasi uning yoʻnaltirilgan maqsadini amalga oshirish uchun texnologik, texnik va tashkiliy hujjatlashtirish, obʻektlarni barpo etish va ishga tushirish jarayonlarini, moddiy, moliyaviy, mehnat resurslarining harakatini, shuningdek tegishli boshqaruv qarorlari va tadbirlarni oʻzida mujassamlashtiruvchi tizim sifatida qaralishi mumkim. Toʻliq shakllangan, yakuniga yetgan investitsiya loyihasini tuzish va amalga oshirish umumiy holda quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga qamrab oladi: investitsiya gʻoyasini shakllantirish; investitsion imkoniyatlarni tadqiq etish; investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash; shartnoma hujjatlarini tayyorlash; loyiha (ishchi) hujjatlarini tayyorlash; qurilish-montaj ishlari; obʻektni ishga tushirish va investitsiya loyihasi (iqtisodiy koʻrsatkichlar) monitoringini olib borish.
Investitsiya loyihasi oʻz maqsadi, yoʻnalishi, amal qilish sohasi, muddati va chegarasiga ega boʻlgan alohida faoliyat turi hisoblanadi. U tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy jihatdan toʻliq va mukammal hisob-kitoblar yordamida asoslangan yuridik hujjat hisoblanadi.
Investitsiya loyihasining boshqa hujjat va “loyiha”lardan asosiy farqi shundaki, u haqiqiy hujjat sifatida qaror topishi uchun uning barcha tomonlari maxsus usullar yordamida keng va aniq hisob-kitoblar bilan baholanadi. Shu bilan birga uning amalga oshirilishi muayyan miqdordagi mablagʻlarni safarbar etishga asoslanadi.
Investitsiya loyihalarining turlicha klassifikatsiyalari mavjud boʻlib, belgilariga qarab investitsiya loyihalarining quyidagi koʻrinishlarini ajratish mumkin.
4-TOPSHIRIQ
Investitsiya jarayonining amalga oshirilish bosqichlarini aniqlang.
Investitsiya jarayonining bosqichlari
Investitsiya qoʻyish (xarajatlar)
Resurslarni jamgʻarish
Foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish
Resurslarning kapitallashuvi yoki mahsulot ishlab chiqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |