1-topshiriq (test)


Download 19.78 Kb.
Sana06.12.2020
Hajmi19.78 Kb.
#161148
Bog'liq
IN mustaqil

1-TOPSHIRIQ (TEST)


1.B

2.D


3.E

4.A


5.A

6.C


7.B

8.D


9.E

10.A


11.A

12.A


13.C

14.D


15.E

16.A


17.C

18.A


19.E

20.D

2-TOPSHIRIQ (JAVOBLAR)


  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni xalqimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Unda yaqin besh yillikda mamlakatimiz zabt etishi nazarda tutilgan ulkan dovonlar, xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning mexanizmlari aniq belgilab berilgan.

Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.

Mamlakatini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi belgilangan. Bular davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish hisoblanadi.



  1. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan «Qishloq taraqqiyoti va

farovonligi yili» davlat Dasturi to‘g‘risidagi 0 ‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi 1046-sonli qarori, «Oziq-ovqat

mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozomi to‘ldirish

yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi 1047-sonli qarori, «Iqtisodiyotning real

sektori korxonalarini qo‘llab-quwatlash, ularning barqaror ishlashini

ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi

to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi

4058-sonli Farmoni, «Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlami

optimallashtirish va ulami yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-oktabrdagi

4041-sonli Farmoni, «Fermer xo‘jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastkalari

miqdorini maqbullashtirish choralarini ko‘rish yuzasidan takliflar ishlab chiqish

bo'yicha maxsus komissiya tashkil etish to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6-oktabrdagi 3077-sonli Farmoyishi va

boshqa bir qator me’yoriy hujjatlar ham jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi

sharoitida mazkur tarmoqni yanada rivojlantirishga qaratilgandir.



  1. Jahon amaliyotida qishloq хo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga subsidiyalar ajratish siyosati kеng qo`llaniladi. Bu usulda davlat u yoki bu mahsulot bahosining minimal kafolatlangan chеgarasini o`rnatadi va bozordagi muvozanat bahosi kafolatlangan bahodan pastga tushib kеtsa, baholar orasidagi farqni qoplash majburiyatini o`z zimmasiga oladi. Rivojlangan хorijiy mamlakatlarda qishloq хo`jaligini subsidiyalash maqsadlariga yirik mablag`lar ajratiladi. Masalan, 2000- yilda AQSh hukumatining fermerlar baholarini qo`llab-quvvatlashga yo`naltirgan subsidiyalari 17 mlrd. dollarni, turli maqsadlar uchun Amerikalik fermerlarga davlat tomonidan ajratilgan jami mablag`lar hajmi 60 mlrd. dollarni tashkil etgan. Yevropa Hamjamiyatida agrar tarmoqni davlat tomonidan moliyaviy qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan mablag`larning umumiy qiymati 1999-yilda 107,4 mlrd. yеvroni tashkil etib, fermerlarning qishloq хo`jaligi mahsulotlarini sotishdan olgan daromadlari tarkibida subvensiyalarning ulushi 49 foizgacha еtgan2. Odatda bunday subsidiyalar fermerlarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha boshqa dasturlarga, хususan yerlarni konservatsiya qilish dasturiga bog`langan holda qo`llaniladi.

Bеvosita subsidiyalarni ikki хil shaklda: sotilgan mahsulot birligiga to`lanadigan qat’iy stavkada yoki bahodagi farq to`lovlari ko`rinishida amalga oshirish mumkin. Ikkinchi holatda fermerlar qat’iy bеlgilangan stavka bo`yicha subsidiya olmasdan, kafolatlangan bahoning bеlgilangan minimal darajasi bilan haqiqiy sotish bahosi orasidagi farqqa tеng subsidiya oladi. Amaliyotda turli hududlarda mahsulotning bozor bahosi turlicha bo`lishi mumkinligidan, fermerlar oladigan farq to`lovlari ko`rinishidagi subsidiya ham turlicha bo`lishi mumkin.

Qishloq хo`jaligida хarajatlarni kamaytirishning asosiy dastaklaridan biri agrar ishlab chiqarish rеsurslarini subsidiyalash mехanizmidir. Bunday subsidiyalarni amalga oshirish usullari turlicha: ishlab chiqaruvchilar хarid etadigan har bir rеsurs birligiga (masalan, har bir tonna mineral o`g`itga) qat’iy o`rnatilgan subsidiya ajratish, ma’lum bir tadbirlarni (masalan, mеliorativ tadbirlarni) amalga oshirish uchun subsidiya ajratish yoki imtiyozli krеditlar olish orqali mahsulot tannarхini pasaytirishga imkon yaratilishi mumkin.

Ishlab chiqarishda foydalaniladigan rеsurslar baholarining arzonlashtirilishi evaziga хarajatlarni pasaytirish siyosati quyidagi natijalarga olib kеladi:

ishlab chiqaruvchilar foydasining o`sishini ta’minlaydi;

arzonlashtirilgan rеsurslarga bo`lgan talabni oshiradi;

mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko`paytiradi;

boshqa rеsurslarga bo`lgan talabning oshishiga olib kеladi.

Ammo bu natijalarni ta’minlash uchun uchta muhim shartga rioya etish talab etiladi:Rеsurslarni ishlab chiqaruvchi tarmoqda raqobat muhiti amal qilishi lozim. Aks holda rеsursga ajratilgan subsidiyalar uning bahosini oshishiga olib kеlishi mumkin. Chunki, rеsursga ajratiladigan subsidiyalar qishloq хo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan emas, monopol mavqеdagi rеsursni ishlab chiqaruvchilar tomonidan o`zlashtiriladi



  1. O‟zbekiston YaIM mahsulotida qishloq xo‟jaligining hissa salmoqlidir.

Innovatsion iqtisodiyot haqida gapirar ekanmiz albatta qishloq xo‟jaligi va undagi

amalga oshirilayotgan innovatsiyalar ham alohida o‟rin tutadi.

Iqtisodiyotning agrar sektorida tarkibiy o‟zgarishlar va diversifikatsiyalash,

shuningdek, resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan kompleks choratadbirlarni amalga oshirish evaziga 2002-2018 yillarda qishloq xo‟jaligi yalpi

mahsuloti o‟sib borish dinamikasiga ega bo‟ldi (1-rasm).

Qishloq xo‟jaligi yalpi mahsulotining tarkibi ham o‟zgardi. Dehqonchilikda

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ustuvorlik berilishi natijasida ularga

ajratilayotgan ekin maydonlarining kengaytirilishi va hosildorligini oshirishga oid

agrotexnologik tadbirlarni amalga oshirish evaziga dehqonchilik ulushi 2002

yildagi 50,6 foizdan 2018 yilda 53,2 foizgacha oshishiga erishilgan bo‟lsa,

chorvachilik ulushi esa 49,4 foizdan 46,8 foizgacha kamaydi. Agrar tarmoqdagi iqtisodiy islohotlar jarayonida fermerlik harakatiga

ustunlik berilganligi natijasida yalpi qishloq xo‟jaligi mahsuloti ishlab

chiqarishidagi uning ulushi 2002 yildagi 10 foizdan 2018 yilda 27,3 foizga oshdi,

ammo shu bilan birga yalpi qishloq xo‟jaligi mahsuloti ishlab chiqarishda dehqon

xo‟jaliklari mahsulotlari asosiy qismni tashkil etadi. 2002 yilda yalpi qishloq

xo‟jaligi mahsulotida ularning ulushi 64 foizni, 2018 yilda - 70 foizni tashkil etgan.

Qishloq xo‟jaligida amalga oshirilgan tarkibiy o‟zgarishlar natijasida qishloq

xo‟jaligi korxonalarining ulushi 2002 yilda 26 foizdan 2018 yilda 2,7 foizgacha

kamayishiga olib keldi.


  1. Tadqiqot davomida Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani fermer

xo‟jaliklari, MMTP, SIU va mineral o‟g‟it bilan ta‟minlash shoxobchalarining

rahbarlari o‟rtasida so‟rovnoma o‟tkazildi.

I. Fermer xo‟jaliklari rahbarlari o‟rtasida o‟tkazilgan so‟rov-anketa

natijalariga ko‟ra:

- “muqobil mashina traktor parkining barcha xizmat turlari mavjudmi?”

degan savolga “barcha xizmat turlari mavjud” deb 58%, “ba‟zi xizmat turlari yo‟q”

deb 35%i, “ba‟zi xizmat turlarini joriy etish zarur” va “kerakli bo‟lgan texnikalar

xo‟jalikda mavjud” deb 3,5%dan respondentlar javob berishdi.

- “MMTPda texnikalarni ta‟mirlash va servis xizmatini rivojlantirish zarur”

deb 83% va 17%i “chorvachilik tarmog‟ini mexanizatsiyalashtirishga oid

xizmatlar”ni MMTPlarda rivojlantirish zarur deb hisoblashadi;

3

Ўзбекистон Республика Давлат статистика қўмитаси маълумотлари асосида тузилган.



- “MMTPda mavjud texnikalar holati qanday?” degan savolga

respondentlarning 83 % i MMTP mavjud texnikalar eskirgan, 4% ayrim texnikalar

eskirgan va 3%i “parkda kerakli texnikalar yo‟q” deb javob berishgan;

- fermer xo‟jaliklariga xizmat ko‟rsatayotgan “SIUlarning texnika, jihoz,

uskuna va inshootlarning holati qanday?” degan savolga 89% “barcha texnika va

inshootlari eski” va 11%i “qisman eskirgan, remont talab” deb javob berishgan.

- “respublikada o‟tkaziladigan innovatsion yarmarkada ishtirok etganmisiz?”

degan savolga respondetlarning 3%i “ha” deb javob berishdi;

- “fermer xo‟jaligingizda oxirgi 5 yilda o‟simlikchilikning qaysi sohasi

bo‟yicha yangi navlar kiritilgan”ligi so‟ralganda fermer xo‟jaligi rahbarlarining

45% paxtachilik va g‟allachilik bo‟yicha, 20% paxtachilikka, 10%i g‟allachilik

bo‟yicha va 25%i paxta, g‟alla va mevasabzavotchilik sohalariga yangi navlar joriy

etishganligini qayd etishdi;

- yangi nav hisobiga o‟simliklarning hosildorligi so‟rovnomada ishtirok

etgan fermer xo‟jaliklarining 32 %ida juda kam oshgan va 68%ida 5-10%gacha

oshgan;


- so‟rov-anketada ishtirok etanlarning 7%i fermer xo‟jaligiga “oxirgi 5 yilda

zotdor chorva mol olib kelganmisiz?” degan savolga “ha” deb javob berishgan;

- respondentlar naslli mol hisobiga chorva mollarning mahsuldorlik darajasi

10-20%gacha, olinadigan daromad va rentabellik darajasi esa 5-10%gacha

oshganligini qayd etishgan;

- “oxirgi 5 yilda yangi texnika sotib oldingizmi?” deb so‟ralganda

respondentlarning 10 %i “ha” va 90% “yo‟q” deb javob berishgan.

- respondentlarning 34%i istiqbolda fermer xo‟jaliklarini rivojlantirishda

texnika, mexanizmlar, uskunalar va resurstejovchi texnologiyalarning yangi

avlodiga, 21%i o‟simliklarni himoya qilishga, 14%i chorva mollarning yangi zoti

va sun‟iy urug‟lantirishga, chorva mollarni parvarishlash jarayonida yangicha

yondashuv va qishloq xo‟jaligi mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida,

shuningdek, 3%i o‟simliklarning yangi nav va duragaylarini joriy etishga talab

yuqoriligini bildirishdi;

- respondentlarning 86%i innovatsiyalarni joriy etishdagi asosiy tusiq

sifatida mablag‟ning etishmasiligini qayd etishgan bo‟lsa, 10%i shu sohada ilmiy

ish olib borayotgan olim mutaxassislar bilan hamkorlik yo‟lga quyilmaganligi

e‟tirof etishgan;

- respondentlarning 20%i oliy ma‟lumotli ekanligini aytib o‟tishgan.

II. Muqobil MTP rahbarlari o‟rtasida o‟tkazilgan so‟rov-anketa natijalariga

ko‟ra:

- “nechta fermer xo‟jaligiga xizmat ko‟rsatasiz?” degan savolga



respondentlarning 88%i “50-100tagacha”, xizmat ko‟rsatiladigan maydon bo‟yicha

“500-1000gektargacha” deb javob berishdi;

- fermer xo‟jaliklaridan tashqari muqobil MTP rahbarlarining 13%i dehqon

xo‟jaliklariga va qishloq xo‟jaliklari korxonalariga ham xizmat qilishini

ta‟kidlashgan;

- anketa so‟rov natijalariga ko‟ra, respondentlar tomonidan oxirgi 5 yilda

muqobil MTPlarga yangi texnikalar xarid qilinmagan va investitsiya jalb

qilinmagan;

- respondentlarning 63%i “fermer xo‟jaliklarining muqobil MTPida mavjud

texnikalarga bo‟lgan talabi qondirilayapti?” degan savolga “yo‟q” va 37%i “ha”

deb javob berishdi;

- muqobil MTPlar “oliy ta‟lim muassasasi yoki ilmiy tadqiqot muassasasi

bilan hamkorlik yo‟lga qo‟yilganmi?” degan savolga barcha respondentlar “yo‟q”

deb javob berishdi va barcha respondentlar “muqobil MTP faoliyatiga yangilik

kiritishda asosiy tusqinlik” sifatida “mablag‟ning yo‟qligi” deb javob berishdi;

- respondentlarning 75%i oliy ma‟lumotli.

III. Mineral o‟g‟it bilan ta‟minlash shoxobcha rahbarlari o‟rtasida

o‟tkazilgan so‟rov-anketa natijalariga ko‟ra:

- “nechta fermer xo‟jaligiga xizmat ko‟rsatasiz?” degan savolga

respondentlarning 47%i “100tadan ziyod” deb va “xizmat ko‟rsatiladigan maydon”

bo‟yicha respondentlarning 82% “1000gektardan yuqori” deb javob berishdi;

- anketa-so‟rovda ishtirok etgan mineral o‟g‟it bilan ta‟minlash

shoxobchalari rahbarlarining 94%i fermer xo‟jaliklaridan tashqari dehqon

xo‟jaliklariga ham xizmat qilishini ta‟kidlashgan;

- respondentlarning 100%i “oxirgi 5 yilda necha so‟mlik investitsiya jalb

qilgansiz” hamda “oliy ta‟lim muassasasi yoki ilmiy – tadqiqot muassasalari bilan

hamkorlikda loyihalar amalga oshirganmisiz?” degan savollarga “yo‟q” deb javob

berishgan;

- respondentlarning 100%i “mablag‟ning etishmasligi shoxobchaga yangilik

kiritishga to‟sqinlik bo‟lmoqda” deb javob berishdi.

IY. Suv iste‟molchilari uyushmasi rahbarlari o‟rtasida o‟tkazilgan so‟rovanketa natijalariga ko‟ra:

- “nechta fermer xo‟jaligiga xizmat ko‟rsatasiz?” degan savolga

respondentlarning 40%i “50tagacha”, qolgan 60%i teng miqdorda “50-100 tagacha

” va “100tadan ziyod” deb hamda “xizmat ko‟rsatiladigan maydon” bo‟yicha

respondentlarning 60% “1000gektardan yuqori” deb javob berishdi;

- fermer xo‟jaliklaridan tashqari respondentlarning 50%i dehqon

xo‟jaliklariga, 20% dehqon hamda qishloq xo‟jaligi korxonalariga va 10%qishloq

xo‟jaliklari korxonalariga ham xizmat qilishini aytib o‟tishgan;

- respondentlarning birontasi ham oxirgi 5 yilda texnikalar xarid qilmagan;

- respondentlarning 20% (50-110 mln.so‟mgacha) uyushmaga investitsiya

jalb qilganliklarini aytib o‟tishdi;

- SIUda mavjud texnikalarning muddati bo‟yicha savolga berilgandan,

respondentlarning 40% mavjud texnikalar muddati 10 yildan ziyod, 35%ida SIUda

“umuman texnikalar yo‟q” deb javob berishdi;

- “suv resurslarini tejash maqsadida qanday yangiliklarni kiritish zarur” deb

savol berilganda respondentlarning 20%i “suv resurslariga haq to‟lashda bozor

mexanizmini joriy etish” va 80%i “suv inshootlarini to‟liq yangilash, yangi texnika

va uskunalarini olib kelish” deb javob berishdi;

- ushbu respondentlar ham yangilik kiritishda eng katta to‟sqinlik sifatida

(90%) “mablag‟ning etishmasligi” deb javob berishdi;

- respondentlarning 20%i oliy ma‟lumotli, 70%i o‟rta maxsus va 10% o‟rta

ma‟lumotli.

O‟tkazilgan so‟rov – anketa natijalariga ko‟ra, fermer xo‟jaliklari hamda

unga xizmat ko‟rsatuvchi infratuzilma ob‟ektlar o‟z korxonalariga yangilik

kiritishda eng katta muammo sifatida pul mablag‟larning etishmasligini e‟tirof

etishgan, (1-jadval), shuningdek, respondentlar ko‟rsatilgan xizmatlar uchun to‟lov

o‟z vaqtida amalga oshirilmayotganligi ta‟kidlab o‟tishgan. Ushbu muammoni

bartaraf etishda fermer xo‟jaliklari va unga xizmat ko‟rsatuvchi infratuzilma



ob‟ektlari o‟rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni bozor mexanizmlari asosida amalga

oshirish maqsadga muvofiq bo‟lar edi.
Download 19.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling