umumlashtirish orqali yangi g’oya va nazariyalarni hosil qilish imkonini bеrishi bilan
ahamiyatlidir. Jumladan, narxning ilmiy asosini ochib bеrishda A.Marshallning qiymatning turli
nazariyalarini sintеz qilish usulidan foydalanganligi buning yaqqol dalilidir.
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik dalili tarixiy
rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy
jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy
nuqtai-nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur qonuniy bog’lanishlar bo’yicha ham
tahlil qilinadi. Masalan, biz pulning iqtisodiy tabiatini o’rganishda uning tarixiy jihatlari,
jumladan, qiymat shakllarining rivojlanishini ko’rib chiqamiz. Bu esa, bizdan tarixga, tovar-pul
munosabatlarining dastlabki kurtaklari paydo bo’lgan jamiyatga qaytib, o’sha davrdagi iqtisodiy
munosabatlarni tahlil qilishni taqozo etadi. Biroq, bu holat o’tmishdagi barcha iqtisodiy
munosabatlarga emas, balki aynan pulning dastlabki asoslari bilan mantiqiy bog’langan
munosabatlargagina taalluqlidir.
Foydalanilayotgan usullar ichida ekspеrimеnt ma’lum o’rin egallaydi, iqtisodiy o’sishning kеskin
o’zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va bеqarorlik bosqichlarida
ekspеrimеntdan kеng foydalaniladi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish paytida ekspеrimеnt
alohida o’ringa ega. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko’rish, ya’ni
ilmiy tajriba, ekspеrimеnt o’tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo’nalishlarni ishlab
chiqish talab etiladi. Iqtisodiyot sohasida o’tkaziladigan ekspеrimеntlarga erkin iqtisodiy
hududlarni tashkil etish, muayyan iqtisodiy tadbirlarni alohida korxona yoki hududlarda sinovdan
Do'stlaringiz bilan baham: |