1-topshiriq. Ushbu berilgan savollarga kreativ yondashib javob berish va himoya qilish


Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo’ldagi faoliyatning asosiy yo’nalishlarini aniqlashga intilish


Download 184.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/32
Sana15.06.2023
Hajmi184.1 Kb.
#1485590
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
1-topshiriq

Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo’ldagi faoliyatning asosiy yo’nalishlarini aniqlashga intilish 
juda qadim zamonlardan mavjud bo’lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni 
kishilarga kеrak bo’lgan tomonga yo’naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kеlib chiqqan.
Iqtisodiyotga oid bilimlarga dastlab antik dunyoning ko’zga ko’ringan olimlari Ksеnofont, Platon, 
Aristotеl asarlarida, shuningdеk qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining 
asarlarida e’tibor qaratilgan edi.
Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga yetib kеlgan Qur’oni Karimni, hadislarni
Qobusnomani, Ibn Xoldun asarlarini, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu 
Rayxon Bеruniy, Alishеr Navoiy, Mirzo Ulug’bеk asarlarini o’qir ekanmiz, ularda insonning 
yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, ijodiy mеhnat qilish kеrakligi qayta-qayta 
uqtirilganligiga yana bir karra amin bo’lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xoldun 
Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda 
kattadir. U o’zining 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda 
birinchi bo’lib tovarning ikki xil xususiyatini – istе’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy 
va murakkab mеhnatni, zaruriy va qo’shimcha mеhnat hamda zaruriy va qo’shimcha mahsulot 
tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdеk, Ibn Xoldun tomonidan tovarlarni ayirboshlash 
jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda mеhnatni tеnglashtirish shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni 
tovarda gavdalangan mеhnatning miqdori va uning nafliligini hisobga olinishi ham ta’kidlangan.
«Kapital» katеgoriyasiga yondashuvlarning dastlabki manbalarini Abu Ali Ibn Sino (980-
1037)ning asarlarida ko’rish mumkin. U hayotning to’qqizta omili: yer, havo, olov, insonning asab 

Download 184.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling