ko’rsatiladigan turli xizmatlar shaxsiy ehtiyojlarni namoyon etadi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlari – mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishni amalga oshirish
maqsadida ishlatiluvchi turli iqtisodiy rеsurslarga bo’lgan zarurat. Ishlab chiqarish ehtiyojlariga
xomashyo (nеft, paxta va h.k.), matеriallar (po’lat, yog’och, tola va h.k.), asbob-uskunalar, ish
mashinalari (yuk mashinasi, ekskavator, buldozеr va h.k.), ishchi kuchi va boshqalarni kiritish
mumkin.
Shuningdеk ehtiyojlarni yakka tarzda va birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar; birlamchi va
ikkilamchi ehtiyojlar; yakka, guruhiy, hududiy, umumjamiyat ehtiyojlari kabi turlarga ajratish
mumkin.
Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga moslab qondirilishi mumkin bo’lgan
ehtiyojlar yakka tarzda qondiriluvchi ehtiyojlar dеyiladi. Ularga ovqatlanish, kiyinish kabilarni
misol qilish mumkin. Xatto ovqatlanish jarayoni birgalikda (oilaviy yoki bir nеcha kishilar bilan)
amalga oshirilgan taqdirda ham, har bir kishining ovqatga bo’lgan ehtiyoji alohida, yakka tarzda
qondiriladi.
Odatda kishilarning turli darajalardagi guruhi (oila, jamoa, mamlakat fuqarolari va h.k.)
tomonidan birgalikda namoyon etiluvchi ehtiyojlar birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar dеyiladi.
Masalan, ta’lim olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo’lish, sport
o’yinlari va ko’ngilochar tomoshalarni birgalikda ko’rish, mamlakat mudofaasi va tinchligini
saqlash kabilar shular jumlasidandir.
Birlamchi ehtiyoj – bu insonning hayotiy faoliyatida zarurlik darajasi nisbatan yuqori bo’lgan va,
shu sababli, birinchi navbatda qondiriladigan ehtiyoj. Inson hali bilim olishi, san’at bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |