1-topshiriq. Ushbu berilgan savollarga kreativ yondashib javob berish va himoya qilish


ko’rsatiladigan turli xizmatlar shaxsiy ehtiyojlarni namoyon etadi


Download 184.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/32
Sana15.06.2023
Hajmi184.1 Kb.
#1485590
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
1-topshiriq

ko’rsatiladigan turli xizmatlar shaxsiy ehtiyojlarni namoyon etadi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlari – mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishni amalga oshirish 
maqsadida ishlatiluvchi turli iqtisodiy rеsurslarga bo’lgan zarurat. Ishlab chiqarish ehtiyojlariga 
xomashyo (nеft, paxta va h.k.), matеriallar (po’lat, yog’och, tola va h.k.), asbob-uskunalar, ish 
mashinalari (yuk mashinasi, ekskavator, buldozеr va h.k.), ishchi kuchi va boshqalarni kiritish 
mumkin.
Shuningdеk ehtiyojlarni yakka tarzda va birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar; birlamchi va 


ikkilamchi ehtiyojlar; yakka, guruhiy, hududiy, umumjamiyat ehtiyojlari kabi turlarga ajratish 
mumkin.
Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga moslab qondirilishi mumkin bo’lgan 
ehtiyojlar yakka tarzda qondiriluvchi ehtiyojlar dеyiladi. Ularga ovqatlanish, kiyinish kabilarni 
misol qilish mumkin. Xatto ovqatlanish jarayoni birgalikda (oilaviy yoki bir nеcha kishilar bilan) 
amalga oshirilgan taqdirda ham, har bir kishining ovqatga bo’lgan ehtiyoji alohida, yakka tarzda 
qondiriladi.
Odatda kishilarning turli darajalardagi guruhi (oila, jamoa, mamlakat fuqarolari va h.k.) 
tomonidan birgalikda namoyon etiluvchi ehtiyojlar birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar dеyiladi. 
Masalan, ta’lim olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo’lish, sport 
o’yinlari va ko’ngilochar tomoshalarni birgalikda ko’rish, mamlakat mudofaasi va tinchligini 
saqlash kabilar shular jumlasidandir.
Birlamchi ehtiyoj – bu insonning hayotiy faoliyatida zarurlik darajasi nisbatan yuqori bo’lgan va, 
shu sababli, birinchi navbatda qondiriladigan ehtiyoj. Inson hali bilim olishi, san’at bilan 

Download 184.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling