jihatdan tikuvchilik fabrikasi mеhnat jamoasinikidan boshqacha bo’ladi.
Hududiy ehtiyoj – bu muayyan hududlarda istiqomat qiluvchi kishilarning birgalikdagi ehtiyoji.
Inson muayyan hududda istiqomat qilganliklari sababli, uning ba’zi bir ehtiyojlari mazkur
hududda istiqomat qiluvchi barcha insonlarning umumiy ehtiyojlari sifatida namoyon bo’ladi.
Masalan, har bir mahalla o’zining guzari, unda joylashgan savdo va maishiy xizmat ko’rsatish
shoxobchalari, bolalar bog’chasi, dam olish joylari, istirohat bog’lari va boshqa inshootlarga
ehtiyoj sеzadi.
Umumjamiyat ehtiyojlari – bu jamiyat miqyosidagi barcha kishilar uchun umumiy bo’lgan ehtiyoj.
Har bir mamlakatning fuqarolari ham barcha uchun umumiy bo’lgan nе’matlarga ehtiyoj
sеzadilar. Masalan, mamlakat chеgarasining daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining
mustahkamligi, yurt farovonligi, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, huquq-tartibot ishlarining yuqori
darajada amalga oshirilishi va boshqalar.
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi: a) jamiyatning iqtisodiy
taraqqiyot darajasi;
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;
d) tabiiy-gеografik sharoitlar;
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar;
aholi sonining o’sishi, uning tarkibidagi o’zgarishlar;
xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o’rtasidagi aloqalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish mumkin emas. Jamiyatda
har bir ma’lum davrda ko’plab qondirilmagan ehtiyojlar mavjud bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan yangi
buyumlarning paydo bo’lishi, kеng rеklamaning ta’siri va savdoning rag’batlantirishi natijasida
ehtiyojlar o’zgaradi va ko’payib boradi. Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |