1. Traktor va avtomobillarniig yurish qismning ko’rsatkichlari. Yurish qismining asosiy elementlari va ularning vazifasi. Rul boshqarmasi
-rasm. MTZ-80, MTZ-82 traktorlari rul yuritmasi
Download 293.5 Kb.
|
1404221948 52118
4-rasm. MTZ-80, MTZ-82 traktorlari rul yuritmasi
gidrokuchaytirgichining sxemasi: 1 — kuch silindri; 2 — porshen; 3— taqsimlagich korpusi; 4 — qopqoq; 5 — tirak podshipnik; 6—gayka; 7- zolotnik: 8 — reduksion klapan; 9— filtr; 10—moy baki (gidrokuchaytirgich korpusi); 11 — shesternyali nasos; 12—polzun; 13—markazlovchi prujina; 14 — saqlagich klapan; 15 — prujina; 16 — kontrgayka; 17 — rostlash vinti; 18 — chervyak; 19 — sharikli podshilnik; 20—ekssentrik vtulka; 21 — burish richagi; 22 — rul tortqisi; 23 — rul chambaragi; 24 — burish vali; 25 — soshka; 26 — sektor; 27 — reyka; 28 — differensial; 29 — blokirovka muftasi diafragmasi; 30 — kran; 31 — maxovik; 32 — shchup, 33 — zolotnik; 34 — turtkich; 35 — tirak; 36 — kuch silindri shtogi; A, B — kuch silindri bo’shliqlari; V — o’rta haydash yo’nig’i: G, D — chetki to’kish yo’nig’i: Ye — datchikning to’kish kanali; I —kran teshigi; K — drossel teshigi. Shkvorenning ko’ndalang qiyaligi gildirakning ko’ndalang’ tekislikda etish burchagi bilan aniqlanadi, u 6 8 gradusga teng. Shkvoren bo’ylama qiyaligi g’ildirakning aylanishiga tik tekisligi va shkvoren o’qi orasidagi burchak bilan aniklanadi, u 0 • 8 gradusga teng. Avtomobil va traktorning ko’ndalang tekisligida yotuvchi g’ildirak og’ish burchagi , g’ildirak sapfasi uchlari' qiyaligini o’zgartirish bilan qo’yiladi, u 0 -2 gradusga teng. Boishfiladigan g’ildiraklarning yaqinlashuvi g’ildiraklar oldingi va orqa o’rta nuqtalari orasidagi masofalar ayirmasi A-Bq 2-12 mm bo’ladi. Ko’pchilik zanjirli traktorlarning burish qurilmasi traktorning bosh uzatmasiga joylashgan mustaqil mexanizmdan iborat bo’ladi. Dvigateldan bosh uzatmaga burish mexanizmi vositasida o’ng va chap gusenisalarga taqsimlanadigan bitta quvvat oqimi keladi. Burish mexanizmi vazifasini uzatma qutisi bajaradigan boshqacha burish sxemasi ham bo’lishi mumkin: u ikkita ikkilamchi val 6 (18-rasm) ga ega bo’ladi, ularning har biri oraliq val 8 (sxemani soddalashtirish uchun bittasi ko’rsatilgan) dan aylantiriladi. Ikkilamchi vallar 6 ga friksion muFta 7 va traktorning burilishiga imkon beradigan tasma tipidagi tormoz urnatilgan. Shunday qilib, friksion mufta ikkita vazifani bajaradi — uzatmani almashlab ko’shish va traktorni burishni ta’minlaidi. Ikkilamchi vallao 6 dan burovchi momentlar ayrim oqimlar holida kardan uzatmalar 2 bilan ikkita bosh uzatma 4 ga (orqa ko’prik 3 ga joylashgan) beriladi va undan oxirgi uzatma 5 orqali gusenisaga uzatiladi. Bosh uzatma orqasidagi ayrim oqimli quvvat transmissiyasi bir oqimli transmissiya deyiladi. Agar quvvat uzatma qutisida oqimga bo’linsa, ikki oqimli transmissiya deyiladi. Ikki oqimli transmissiyani ishlatish boshqa shart-sharoitlar bir xil bo’lgan holda traktor massasini (T-150) kamaytirishga imkon beradi. Bir oqimli transmissiyada burish mexanizmi vazifasini planetar mexanizmlar va quruq friksion ko’p diskli mufta — boshqarish muftasi bajaradi. Boshqarish muftasi yetakchi qismi bo’lib bosh uzatma vali 1 (18-rasm, a) xizmat qiladi, uning shlisasiga yetakchi baraban 2 joylashgan. Barabanning tashqi silindrik yuzasida bo’ylama kanavkalar qilingan, ularga ichki tishli yupqa po’lat disklar 3 o’rnatilgan. Download 293.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling