Mavzu. Podshipniklar. Dumalash podshipniklari va ularni hisoblash asoslari Reja


Download 308.17 Kb.
bet1/7
Sana23.04.2023
Hajmi308.17 Kb.
#1387993
  1   2   3   4   5   6   7

20-Maruza.


Mavzu. Podshipniklar. Dumalash podshipniklari va
ularni hisoblash asoslari

Reja:
1. Dumalash podshipniklarining turlari.
2. Dumalash podshipniklarini tanlash va hisoblash.


Tayanch so‘zlar va iboralar: Podshipnik, dumalash podshipnigi, radial, tirak, radial-tirak, ichki xalqa, tashqi halqa, zoldir, rolik, separator.
Umumiy ma’lumotlar.
Dumalash podshipniklari (DP) mashinalarda keng miqyosda ishlatiladigan uzeldir. DP tuzilishi jixatidan ariqchali ikki halqadan (ichki va tashqi), halqalar orasida joylashgan dumalovchi elamentlar (sharcha-zoldir yoki rolik)dan va ayrim xollarda ularni ajratib va yo‘naltirib turishga xizmat qiladigan separatordan iboratdir (25.1- rasm).



25.1- rasm Dumalash podshipnikning tuzilishi. 1- tashqi xalqa; 2- ichki halqa; 3- dumalash elementi sharik yoki rolik; 4- separator.
Dumalash podshipniklarning afzalliklari:
- Dumalash podshipnikda ishqalanish koeffitsientining qiymati kichik (f = 0,0015  0,006);
- ishqalanish kuchi va unda hosil bo‘ladigan issiqlik miqdorining kamligi;
- valni dastlab qo‘zg‘atish momenti SP nisbatan kichik (5···10 marta);
- xizmat ko‘rsatish oson va moylash tizimi sodda. Masalan yon tomonlari berktirilgan podshipniklar tayyorlash vaqtida moylangan bo‘lib, ishlash muddati davomida qo‘shimcha moylash talab qilmaydi;
- standartlashtirish imkoniyati podshipniklarni ko‘plab ishlab chiqarishga va uni tannarxini kamaytirishga imkon beradi.
Dumalash podshipniklarning kamchiliklari:
- konstruksiyasi ajralmaydigan bo‘lgani uchun, ayrim xollarda uni vallarga (masalan: tirsakli vallar) o‘rnatish imkoni yo‘q;
- sirpanish podshipniklariga nisbatan radial o‘lchamlari (diametri) katta;
- ishlash muddatining qisqaligi ( chunki kontakt kuchlanishning qiymati katta)
- katta tezlik bilan xarakatlanganda shovqin bilan ishlashi ( shuning uchun tezligi chegaralangan);
- tebranma va zarbli yuklanishlarda ishlash qobiliyati kam;
- suvda va xavfli muhitlarda ishlash imkoniyati yo‘q. Chunki podshipnik qismlari po‘latdan tayyorlangani uchun, zanglash ehtimoli bor.

Download 308.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling