Dumalash podshipniklarining turlari va shartli belgilanishi
Dumalash elementining turiga ko‘ra:
-sharchali (zoldirli), rolikli va ignasimon;
Qabul qiladigan yuklanishning yo‘nalishiga ko‘ra: radial, tirak va radial-tirak bo‘ladi.
Qatorlar soniga ko‘ra: bir va ikki qatorli bo‘lishi mumkin.
Dumalash podshipnikning yuklanish qobiliyati va o‘lchamlariga (diametr va eniga) ko‘ra 4 seriyaga bo‘linadi:
1- juda yengil. 2- yengil. 3- o‘rta. 4- og‘ir.
Dumalash podshipnikning asosiy o‘lchamlari: tashqi halqaning tashqi diametri- D (korpus teshigini diametri), ichki halqaning ichki diametri- d (val diametri) va eni- b. Dumalash podshipnik turlari va belgilanishi quyidagi 25.1-jadvalda keltirilgan.
0- Sharchali (zoldirli) radial podshipniklar ajralmaydigan, radial yuklanish bilan birga o‘zgarmas bo‘ylama yuklanishni ham qabul qiladi. (radial kuchning ≈ 80%).
Ikki qatorli sharchali sferik podshipnik Tashqi kontakt sirtlari sferik shaklida bo‘lib, sharchalari shaxmat tartibida 2 qatorda joylashadi. O‘q bo‘ylab yo‘nalgan katta bo‘lmagan yuklanishni qabul qiladi.
2- Kalta silindrik rolikli radial podshipnik ajraladigan, silindrsimon rolikdan iborat, katta radial yuklanishni qabul qiladi.
3- Ikki qatorli rolikli sferik podshipnik roliklari bochka shaklida bo‘lib katta yuklanishni qabul qiladi.
4-Ignasimon podshipniklar faqat radial yuklanishga mo‘ljallangan. Dumalash elementi–igna, (diametri uzunligidan 5 8 marta kichik) ajraladigan, tezligi chegaralangan, montaj qilish qiyin, kam ishlatiladi.
Dumalash podshipnik turlari va belgilanishi 25.1-jadval
5-Ignalari vintli ariqchali ignasimon podshipniklar ariqchalar moylanishni yaxshilaydi.
6-Sharchali radial-tirak podshipnik o‘q bo‘ylab yo‘nalgan va o‘zgaruvchan katta yuklanishlar ta’sirida ishlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |