Mavzu. Podshipniklar. Dumalash podshipniklari va ularni hisoblash asoslari Reja
-Rolikli radial-tirak (konussimon podshipnik
Download 308.17 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 sinfga
- O‘ng tomondagi ikki raqam
7-Rolikli radial-tirak (konussimon podshipnik) - konussimon rolikdan iborat, yetarli darajada radial va bo‘ylama yuklanishni qabul qiladi. tashqi halqa yengil chiqadi.
8-Sharchali tirak podshipnik ajraladigan, faqat o‘qlama yuklanishni qabul qiladi. 9-Rolikli tirak podshipnik konussimon rolikdan iborat, katta bo‘ylama yuklanishda ishlay oladi. Podshipniklarning halqa va dumalash elementlari maxsus mustah -kamligi yuqori bo‘lgan ShX6, ShX9 va ShX15 (xromli sharikopodshipnik) markali po‘latlar, hamda 18XGT, 20X2N4A markali ligerlangan po‘lat materiallardan tayyorlanadi. Dastlabki mexanik ishlovdan so‘ng termik ishlov berilib, jilvirlanadi. Separatorlar ko‘pincha lentali po‘latlardan shtamplab tayyorlanadi. V > 15 m/s -da separatorlari bronzadan, latundan, dyuraluminiy yoki plastmassadan tayyorlanadi. Dumalash podshipnikning aniqligi bo‘yicha 5 sinfga bo‘linadi: 0 – normal, 6 , 5, 4 va 2 – sinflar. Aniqlik sinfi DP shartli belgisining oldiga tire qo‘yilib yoziladi. Aniqlik sinfi yozilmasa u normal sinfga mansub bo‘ladi. Aniqlik sinfi oshishi bilan podshipnikni tannarxi ham oshadi. Podshipniklarning hamma turlari standartlashtirilgan bo‘lib, GOST 3189-75 bo‘yicha sonlar va harf bilan shartli belgilanadi. O‘ng tomondagi ikki raqam podshipnikning ichki diametrini aniqlaydi (podshipnik o‘rnatiladigan valning diametri): Bu ichki diametr 3 mm dan 10 mm gacha bo‘lganda o‘zaro 1 mm dan farq qiladi. - agar d < 20 mm bo‘lsa 2-3 mm dan farq qiladi, u holda oxirigi ikki raqam bilan diametr d orasidagi bog‘lanish 25.2-jadvalda ko‘rsatilgandek bo‘ladi. 25.2-jadval
- agar d= (20495) mm bo‘lsa, 5 mm dan farq qiladi, yoki bu ikki raqamni 5 ga ko‘paytirilsa, d diametrning qiymatini beradi. Masalan: 706 podshipnik bo‘lsa 06x5 = 30 mm teng bo‘ladi. - agar d 500 mm bo‘lsa, u holda podshipnik belgisi kasrli: maxraji ichki diametrining haqiqiy o‘lchami bo‘ladi, surati esa podshipnik turi va seriyasini ko‘rsatadi. Download 308.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling