Orqaning serbar muskuli Kurakni ko‘taruvchi muskul


Download 0.5 Mb.
bet1/15
Sana15.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1271222
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Orqaning yuza muskullari


Orqaning yuza muskullari

Reja:




  1. Orqaning serbar muskuli

  2. Kurakni ko‘taruvchi muskul

  3. Orqaning chuqur muskullari

  4. Bo‘yin va boshning tasma muskullari

  5. Tananing old tomonidagi muskullar

  6. Ko‘krak qafasining xususiy muskullari

  7. Ko‘krak-qorin to‘sig‘i – diafragma

  8. Qorin muskullari

  9. Qorin to‘g‘ri muskulining qini

  10. Chov kanali



Trapetsiyasimon muskul (m. trapezius) uchburchak shaklli serbar muskul bo‘lib, ensa suyagining g‘adir-budur chizig‘i ensa boylami (lig. nuchae)dan, barcha ko‘krak umurtqalarining qirrali o‘siqlaridan boshlanadi. O‘mrov suyagining akromial tomondagi qismiga kurakning baland qirrasi (spina scapulae) yopishadi. O‘ng va chap tomondagi muskullar birgalikda trapetsiyaga o‘xshaydi. Muskullarning yuqori tutamlari yuqoridan pastga, o‘rta tutamlari ko‘ndalang, pastki tutamlari pastdan yuqoriga ko‘tariladi.
F u n k s i y a s i. Muskulning yuqori qismi qisqarganda yelka kamarini (kurak va o‘mrov suyaklarini) yuqoriga ko‘taradi. Qo‘lni yuqoriga ko‘tarishda qatnashib, kurakning pastki burchagini tashqariga tortadi. Trapetsiyasimon muskullarning pastki qismi qisqarsa, kurak pastga tortiladi. Ikki tomondagi muskulning hamma tolalari qisqarsa, ikkala kurak bir-biriga (umurtqa pog‘onasiga) yaqinlashadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n.accessorius XI va CII–IV plexus cervicalis dan.
Q o n t o m i r l a r i: a.transversa colli, a.occipitalis, a.suprascapularis, aa.intercostales posteriores.
Orqaning serbar muskuli (m. latissimus dorsi) orqa tomonning pastki qismini qoplab, teri ostida (yuzada) yotadi. Bu muskul pastki to‘rtta kurak umurtqasining, barcha bel umurtqalarining qirrali o‘siqlaridan, yonbosh suyagining tashqi qirrasidan va pastki to‘rtta qovurg‘adan boshlanadi. Muskul tolalari pastdan yuqoriga va lateral tomonga yo‘nalib yig‘ilib, asta-sekin xipcha tog‘ayga o‘tadi va yelka suyagining kichik g‘adir-budur qirrasi (crista tuberculi minoris)ga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Muskul qisqarib yuqoriga ko‘tarilgan qo‘lni pastga, orqaga tortadi. Agar qo‘l qimirlamay tursa, ko‘krak qafasi kengayadi, tana qo‘lga yaqinlashadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n.thoracodorsalis, subscapularis (CIV–CVII)dan.
Q o n t o m i r l a r i: aa. trasnversa colli, cervicalis superficialis, a.cervicalis ascendens.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling