Orqaning serbar muskuli Kurakni ko‘taruvchi muskul


Download 0.5 Mb.
bet2/15
Sana15.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1271222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Orqaning yuza muskullari

Rombsimon muskullar (mm.rhomboideus major et minor) pastki ikkita bo‘yin va yuqorigi to‘rtta ko‘krak umurtqalarining qirrali o‘siqlaridan boshlanib, kurakning medial chetiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Kurakni medial tomonga, umurtqa pog‘onasiga yaqinlashtiradi va yuqoriga tortadi..
Qon tomirlari: a.transversa colli, a.suprascapularis, aa.intercostalis posteriores.
I n n e r v a t s i y a s i: n.dorsalis scapulae (CIV–CV)dan.
Qon tomirlari: a.transversa colli, a.suprascapularis, aa.intercostalis posteriores.
Kurakni ko‘taruvchi muskul (m.levator scapulae). Bu muskul trapetsiyasimon muskulning ostida joylashgan bo‘lib, yuqoridagi uchta yoki to‘rtta bo‘yin umurtqasining ko‘ndalang o‘sig‘idan boshlanib, pastga qarab yo‘nalib, kurakning yuqori burchagiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Kurakni yuqoriga ko‘tarib bir-biriga yaqinlashtiradi. Kurak qimirlamasa, boshni o‘z tomoniga egadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n.dorsalis scapulae (CIV–CV)dan.
Qon tomirlari: cervicalis ascendens. a. cervicalis superficialis.
Orqaning yuqori tishli muskuli (m. serratus posterior superior) rombsimon muskulning old tomonida joylashgan bo‘lib, pastki ikkita bo‘yin va yuqori ikkita ko‘krak umurtqasining qirrali o‘siqlaridan boshlanib, II–V qovurg‘alarning orqa tomoniga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Qovurg‘alarni ko‘taradi.
I n n e r v a t s i y a s i: nn.intercostales (thIIX)dan.
Qon tomirlari: aa.intercostales posteriores, a.cervicalis profunda.
Orqaning pastki tishli muskuli (m.serratus posterior inferior) serbar muskulning old tomonida joylashgan, pastki ikki ko‘krak va yuqoridagi ikki bel umurtqalari qirrali o‘siqlaridan boshlanib, alohida tishsimon bo‘laklar yordamida IX–XII qovurg‘alarga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Pastki qovurg‘alarni pastga tortadi.
I n n e r v a t s i y a s i: nn.intercostales (thIXXII)dan.
Qon tomirlari: aa.intercostales posteriores, a.cervicalis profunda.




rasm. Orqaning yuza muskullari.
1 – m. sternocleidomastoideus; 2 – m. trapezius; 3 – spina scapulae; 4 – m. deltoideus; 5 – m. infraspinatus; 6 – m. teres minor; 7 – m. teres major; 8 – m. rhomboideus major; 9 – m. latissimus dorsi; 10 – m. obliquus internus obdominis; 11 – crista iliaca; 12 – m. gluteus maximus; 13 – m. gluteus medius; 14 – m. obliquus externus obdominis; 15 – fascia tharocolumbalis; 16 – processus spinosus vertebrae thoracicae XII; 17 – m. triceps brachii; 18 – fascia infraspinata; 19 – processus spinosus vertebrae cervicalis VII; 20 – m. splenius capitis; 21 – protuberantia occipitalis externa.




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling