Orqaning serbar muskuli Kurakni ko‘taruvchi muskul


Download 0.5 Mb.
bet6/15
Sana15.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1271222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Orqaning yuza muskullari

Ko‘p tarmoqli muskul (mm. multifidi) umurtqalarning ko‘ndalang o‘siqlaridan boshlanadi, yuqoriga ko‘tarilib, 3–4 umurtqalardan o‘tib, o‘tkir qirrali o‘siqlarga yopishadi.




26-rasm. Orqaning chuqur muskullari.
1 – m. semispinalis capitis; 2 – m. splenius capitis; 3 – m. serratus posterior superior; 4 – m. splenius cervicis; 5 – m. iliocostalis thoracis; 6 – m. longissimis thoracis; 7 – m. spinalis thoracis; 8 – m. latissimus dorsi (kesib ajratilgan); 9 – m. obliquus externus abdominis; 10 – fascia thoracolumbalis (yuza varag‘i); 11 – lig. sacrotuberale; 12 – lig. sacrospinale; 13 – m. obliquus externus abdominis; 14 – m. obliquus internus abdominis; 15 – m. serratus posterior inferior; 16 – mm. intercostales externi; 17 – lig. Nuchae

.
Umurtqalarning ko‘ndalang o‘siqlaridan boshlangan tanani aylantiruvchi muskul (mm. rotatores) bitta umurtqa tepaga ko‘tarilib, uning o‘tkir o‘sig‘iga yopishadi.


F u n k s i y a s i. Muskullar qisqarganda tana o‘z o‘qi atrofida aylanadi.
I n n e r v a t s i y a s i. CIII–SI nervlarning orqa tolalaridan.
Q o n t o m i r l a r i: aa. lumbales, aa. intercostales posteriores, a. cervicalis profunda.
I–II bo‘yin umurtqalari bilan ensa suyagi orasida kalta muskullar chuqur joylashgan (rasm).
Boshning orqa katta to‘g‘ri muskuli (m. rectus capitis posterior major) II bo‘yin umurtqasining qirralari o‘sig‘idan boshlanib, ensa suyagining pastki g‘adir-budur chizig‘iga yopishadi.
Boshning orqa kichik to‘g‘ri muskuli (m. rectus capitis posterior minor) I bo‘yin umurtqasining o‘sig‘idan boshlanib, ensa suyagining pastki g‘adir-budur chizig‘iga yopishadi.
Boshning yuqori qiyshiq muskuli (m. obliquus capitis superior) II bo‘yin umurtqasining o‘tkir qirrasidan boshlanadi va I bo‘yin umurtqasining ko‘ndalang o‘sig‘iga yopishadi. Boshning pastki qiyshiq muskuli (m. obliquus capitis inferior) II bo‘yin umurtqasining qirrali o‘sig‘idan boshlanib, atlantning ko‘ndalang o‘sig‘iga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Muskullar ikki tomondan qisqarganda kalla orqaga tortiladi. Bir tomonlama qisqarganda kallani o‘sha tomonga bukadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. suboccipitalis (C1)dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. cervicalis profunda.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling