Orqaning serbar muskuli Kurakni ko‘taruvchi muskul


KO‘KRAK QAFASINING XUSUSIY MUSKULLARI


Download 0.5 Mb.
bet9/15
Sana15.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1271222
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Orqaning yuza muskullari

KO‘KRAK QAFASINING XUSUSIY MUSKULLARI


Qovurg‘alararo tashqi muskullar (mm. intercostales externi). Qovurg‘alararo tashqi muskullarning tolalari yuqoridan pastga va orqadan oldinga yo‘nalgan bo‘lib, yuqori qovurg‘a pastki chetining tashqi yuzasidan boshlanadi va pastki qovurg‘aning yuqori chetiga yopishadi. Bu xildagi muskullar umurtqa pog‘onasi bilan qovurg‘aning tog‘ay oralig‘ida joylashgan bo‘ladi.
F u n k s i y a s i. Qovurg‘alarni ko‘taradi.
Qovurg‘alararo ichki muskullar (mm. intercostales interni) qovurg‘a oralig‘ining to‘sh suyagi bilan qovurg‘a burchagi o‘rtasidagi masofani to‘ldirib turadi. Muskul tolalari pastdan yuqoriga va oldindan orqaga yo‘nalgan. Ichki qovurg‘alar muskuli qovurg‘aning ustki chetidan boshlanib ustki qovurg‘aning pastki chetiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Qovurg‘alarni pastga tortadi.
Qovurg‘a oraliq muskullari i n n e r v a t s i y a s i nn. intercostales (thIXI)dan.
Q o n t o m i r l a r i: aa. intercostales posteriores, a. thoracica interna, a. musculophrenica.
Qovurg‘a osti muskuli (m. subcostales) ko‘krak qafasining pastki qismida joylashgan bo‘lib, tolalari ichki qovurg‘alararo muskul tolalariga o‘xshab yo‘nalgan bo‘ladi. Muskul tolalari pastki qovurg‘alarning ustki chetidan (qovurg‘a burchagiga yaqin joydan) boshlanib, qovurg‘aning pastki chetiga 1–2 qovurg‘ani tashlab yopishadi.
F u n k s i y a s i. Qovurg‘alarni pastga tortadi.
I n n e r v a t s i y a s i: nn.intercostales (thVIIIXI)dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. nn. intercostales posteriores.
Ko‘krakning ko‘ndalang muskuli (m. transversus thoracis) to‘sh suyagining ichki yuzasidan ko‘ndalang yo‘nalgan tolalaridan boshlanib, II–VI qovurg‘alarning tog‘ay qismiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. To‘sh-qovurg‘alar bo‘g‘imini mustahkamlaydi, qovurg‘alarni pastga tortib nafas chiqarishda qatnashadi.
I n n e r v a t s i y a s i: nn. intercostales (thII–thVI)dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. thoracica interna.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling