Orqaning serbar muskuli Kurakni ko‘taruvchi muskul


Qorinning ichki qiyshiq muskuli


Download 0.5 Mb.
bet12/15
Sana15.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1271222
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Orqaning yuza muskullari

Qorinning ichki qiyshiq muskuli (m. obliquus internus abdominis) tashqi qiyshiq muskuli ostida joylashgan bo‘lib, yonbosh suyagining qirrasi, chov boylamining tashqi 2/3 qismi va ko‘krak-bel fassiyasi (fascia thoracolumbalis) dan boshlanib, yelpig‘ichga o‘xshab yuqoriga ko‘tariladi va XII, XI, X qovurg‘alarga yopishadi. Muskul tolalarining pastki tutamlari qorin to‘g‘ri muskuli chetiga yaqinlashganda serbar pay (aponevroz)ga aylanadi va ikki varaqqa bo‘linadi. Aponevrozning oldingi varag‘i qorin to‘g‘ri muskuli (m. rectus) ning old tomonidan, orqa varag‘i esa muskulning orqa tomonidan o‘tib, muskulning medial qirrasida qo‘shilib, yana bitta payga aylanadi va qorinning oq chizig‘i (linea alba) ni hosil qilishda qatnashadi.
I n n e r v a t s i y a s i: nn. intercostales (th VI–XII), n. iliohypogastricus (th XII–LI), n. ilioinguinalis (LI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: aa. intercostales posteriores, aa. epigactricae inferior et superior, a. musculophrenica.
Qorinning ko‘ndalang muskuli (m. transversus abdominis). Muskul tolalari ko‘ndalang yo‘nalib pastki oltita qovurg‘aning ichki yuzasidan, ko‘krak-bel fassiyasi (fascia thoracolumbalis) ning chuqur varag‘i, yonbosh suyagi qirrasi va chov boylamining tashqi 2/3 qismidan boshlanib, qorin devorining old qismida serbar payga aylanadi va qorin to‘g‘ri muskulining orqa tomonidan o‘tib, qarama-qarshi joylashgan shu nomli aponevroz bilan tutashadi hamda qorinning oq chizig‘ini hosil qiladi.
Qorin ko‘ndalang muskulini ichkari tomondan qorinning ko‘ndalang fassiyasi qoplab turadi.
Qorinning ichki qiyshiq muskuli va ko‘ndalang muskullarning pastki qismidan m. cremaster (moyakni ko‘taruvchi muskul) ajraladi.
I n n e r v a t s i y a s i: nn. intercostales (thVII–XII), nn. iliohypogastricus et ilioinguinalis (thXII–LI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: aa. intercostales, aa. epigastricae superior, a. musculophrenica.
Qorinning to‘g‘ri muskuli (m. rectus abdominis) qorin devorining old qismida joylashgan. Pastki, V, XI va VII qovurg‘alarning tog‘ay qismi ichki yuzasidan va to‘sh suyagining xanjarsimon o‘sig‘idan boshlanib, qov suyagining simfizi va tuberculum pubicum ga kelib yopishadi. Muskul tolalarining uch-to‘rt yerida pay belbog‘lari (intersectionis tendineae) uchraydi. Pay belbog‘lari muskul tolalarining mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi.
I n n e r v a t s i y a s i: nn. intercostales (thVII–XII), n. iliohypogastricus (thXII–L)dan.
Q o n t o m i r l a r i: aa. epigastricae superior et inferior, a. intercostales posteriores.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling