Orqaning serbar muskuli Kurakni ko‘taruvchi muskul


Download 0,5 Mb.
bet13/15
Sana15.03.2023
Hajmi0,5 Mb.
#1271222
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Orqaning yuza muskullari

Piramidasimon muskul (m. pyramidalis) uchburchak shaklli kichik hajmdagi muskul; qov birlashmasidan boshlanib, qorinning oq chizig‘iga yopishadi.


rasm I-lamina profunda fasciae pectoralis; 2-m. deltoideus; 3-m. pectoralis major; 4-m. serratus anterior; 5-mm. intercostales interni; 6-m. rectus abdominis; 7-inter-sections tendineae; 8-m. transversus abdominis; 9-m. obliquus internus abdominis; 10-m. pyramidalis; 11-lig. inguinale; 12-aponeurosis m.obliqui interni abdominis; 13-m. obliquus internus abdominis; 14-linea alba (abdominis); 15-m.biceps brachii; 16-m. pectoralis minor; 17-m. pectoralis minor.



Belning kvadratsimon muskuli (m. quadratus lumborum) qorin bo‘shlig‘ining orqa sohasida joylashgan bo‘lib, yonbosh suyagi qirrasi (lig. iliolumbale) dan, pastki bel umurtqasining ko‘ndalang o‘sig‘idan boshlanadi va I–IV bel umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqlariga, XII qovurg‘aga yopishadi.
Qorin devori fassiyalari. Odam organizmining boshqa sohalari singari yuza, xususiy va chuqur joylashgan fassiyalar tafovut qilinadi. Yuza yoki teri osti fassiyasi teri osti yog‘ qavatida joylashgan. Qorin devorining xususiy fassiyasi (fascia propria) uch varaqdan iborat bo‘lib, qorinning tashqi qiyshiq muskuli, ichki qiyshiq muskuli va ko‘ndalang muskulini tashqi tomondan o‘rab turadi. Ichki tomondan fassiya bilan o‘ralgan (fascia endoabdominalis) sohaga qarab qorin devori turlicha ataladi. Jumladan diafragmani o‘rab turgan qorin fassiyasi (fascia diaphragmatica) diafragma fassiyasi, qorinning ko‘ndalang muskulini o‘ragan qismi qorinning ko‘ndalang fassiyasi (fascia transversalis), yonbosh muskulini o‘ragan qismi yonbosh fassiyasi deb ataladi.
Q o r i n m u s k u l l a r i n i n g f u n k s i y a s i. Qorin muskullari qisqarganda qorin bo‘shlig‘i torayib, bosimi oshadi, bu hol ayollarda tug‘ish, defekatsiya (hojat) va qusish jarayonlarini osonlashtiradi, ya’ni kuchanish yuzaga keladi. Bundan tashqari, qorin muskullari bir tomonlama qisqarganda gavda oldinga bukiladi, qovurg‘alarni pastga tortib, ko‘krak qafasini toraytiradi, nafas chiqarishga yordamlashadi. Oyoqlar bo‘sh turganda ularni tepaga ko‘taradi.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling