Orqaning serbar muskuli Kurakni ko‘taruvchi muskul


KO‘KRAK-QORIN TO‘SIG‘I – DIAFRAGMA


Download 0.5 Mb.
bet10/15
Sana15.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1271222
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Orqaning yuza muskullari

KO‘KRAK-QORIN TO‘SIG‘I – DIAFRAGMA

Ko‘krak-qorin to‘sig‘i – diafragma (diaphragma) yupqa muskuldan tuzilgan bo‘lib, ko‘krak qafasi tomonga gumbaz hosil qilib joylashgan. Diafragmaning o‘rta (markaz) qismi (centrum tendineum) paydan tuzilgan. Chetlari muskul tolalaridan iborat bo‘lib, bel, qovurg‘a va to‘sh qismlari tafovut qilinadi.


Bel qismidagi (pars lumbalis) ikkita o‘ng va chap oyoqcha (crus dextrum et sinistrum) umurtqa pog‘onasi bilan aorta va uning orqasidan ductus thoracicus o‘tadigan uchburchak shaklli oraliq (hiatus aorticus) ni hosil qiladi. Bo‘shliq chetlari pay plastinkalari bilan qoplangani uchun diafragma harakati aortaga ta’sir etmaydi. Bundan tashqari, o‘ng va chap tomondagi oyoqchalar oralig‘idan nn. splanchnici, v. azygos, v. hemiazygos va simpatik nerv stvollari o‘tadi. Diafragmaning o‘ng va chap oyoqchalari aorta oldida o‘zaro qo‘shilib yuqoriga bir oz ko‘tarilgach, yana ajralib qizilo‘ngach va adashgan nervlar o‘tishi uchun teshik (hiatus esohpagius) hosil etadi. Teshik atrofini o‘ragan muskul tolalari qisqarib-ochilib, qizilo‘ngachdan ovqatning o‘tishini tartibga soladi.
Qovurg‘a (pars costalis) bilan bel qism (pars lumbalis) oralig‘idagi uchburchak yoriq (trigonum lumbocostale) ko‘krak bo‘shlig‘i fascia endothoracica va plevra bilan o‘ralgan qorin bo‘shlig‘i tomonidan fascia subperitonealis biriktiruvchi to‘qima parda orqali qoplangan. Ba’zan qorin bo‘shlig‘ida bosim haddan tashqari oshib ketganda, ichak yoki qorin charvisi ana shu teshiklar orqali ko‘krak bo‘shlig‘i tomoniga yo‘nalib, diafragma churrasi yuzaga kelishi mumkin. Qovurg‘a bo‘lagi (pars costalis) VII–XII




rasm. Diafragma.
1–aorta; 2–m. transversospinalis; 3–m. erector spinae; 4–m. latis simus dorsi; 5–m. serratus anterior; 6–centrum tendenium; 7–obliquus externus abdominis; 8–m. rectus abdominis; 9–pars sternalis diaphragmatis; 10–pars costalis diaphragmatis; 11–pars lumbalis diaphragmatis; 12–v. cava inferior; 13–m. trapezius; 14–esophagus.

qovurg‘alar tog‘ayidan boshlanib, diafragma pay tomoniga qarab yo‘naladi. To‘sh qismi (pars sternalis) xanjarsimon o‘siq qismidan boshlanib, diafragma markazi tomon yo‘naladi. Qovurg‘a-to‘sh qismi oralig‘ida joylashgan teshik (trigonum sternocostale)dan a. thoracica o‘tadi. Diafragma pay qismining o‘ng tomonida pastki kovak vena o‘tadigan teshik (foramen venae cavae) joylashgan.
F u n k s i a s i. Diafragma qisqarib gumbazi yassilanadi va ko‘krak qafasi kengayib, nafas olishga yordam beradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. phrenicus (CIIIV), VII–XII nn. intercostales, plexus solaris dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. pericardiacophrenica, a. phrenica superior, a. phrenica inferior, a. musculophrenica, aa. intercostales posteriores.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling