Mavzu: Pichan presslagichlar


Download 1.69 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi1.69 Mb.
#1015312
Bog'liq
MUSTAQIL ISHIM 2(3)


Qishloq xo’jalik mashinalari
Mavzu: Pichan presslagichlar
Reja:
  • Porshenli pichan presslagich.
  • Porshenli yig’ishtirgich-presslagich mashinasi
  • Pichan presslash kamerasidagi tugunlab-bog’lovchi apparat.
  • Pichanni yig’ishtirib, rulonlab presslagich.
  • Pichanni preslab yig’ishtirishdan maqsad.

  • Tayanch iboralar: kardan, reduktor, shatun va porshen, val, tirak tish, baraban, gidrosilindr, klapan, transportyor.

O‘rilgan pichanni dalada 25-26% namlikkacha quritib, qatorga uyumlab, presslab yig’ishtirish texnologiyasi keng tarqalgan. Chunki bu usulda pichanni eng foydali qismi bo‘lgan guli va bargi kam to‘kilib, isrof bo‘lmaydi hamda presslangan pichanni transportlash va saqlash arzonga tushadi. Buning uchun porshenli hamda rulonlab presslagichlar ishlatiladi.
Presslash darajasi oz (100 kg/m3 gacha), o‘rta (100-200 kg/m3) va katta (200-300 kg/m3) bo‘ladi. Kam zichlikdagi presslashni pichan namligi 40% bo‘lganda boshlash mumkin. Shu sababli bu usul shimoliy hududlarda va botqoqsimon yerlardan o‘rilgan pichan uchun ishlatiladi. Presslab quritish pichanni sifatini kamaytirmaydi, balki oshiradi. Pichanning namligi 25% bo‘lganida o‘rta zichlikda, 20% bo‘lganda yuqori zichlikda presslash tavsiya etiladi.
Porshenli pichan presslagich.
Porshenli presslagichning prinsipial sxemasi 1- rasmda keltirilgan. O‘rilgan o‘tlarni ilgarilanma-qaytarma harakat qiluvchi porshen 3 zichlaydi. Presslash kamerasi a ga pichantiqqich 2, o‘zining tirsakli valda aylanishi hisobiga, pichanni belgilangan miqdorda kerakli vaqtda kiritib turadi. Tiqqich presslash kamerasidan chiqayotib qoldirgan pichanini porshen kameraning oxiriga surib, zichlaydi.
1- rasm. Porshenli pichan presslagichning prinsipial sxemasi:
a- presslash kamerasi; AB — krivoship; BC— shatun; 1- sozlanuvchi devor; 2 — tiqqich; 3 — porshen.
Porshenli yig’ishtirgich-presslagich mashinasi.
Porshenli yig’ishtirib-presslagichning umumiy ko‘rinishi 2- rasmda ko‘rsatilgan. Uning asosiy qismlari: kardan 1, reduktor 2, presslash
kamerasi 3, porshen va shatun 4, barabanli yig’ishtirgich 5 (qamrov kengligi 1,6 m), g’ildirak 6 lar, ko‘tarib- tushirish mexanizmi 7, tiqqich mexanizmi 9 va tugunlab- bog’lovchi apparat 10 dan iborat.
Qatorga uyumlangan pichanni yig’ishtirgich 5 ning xaskashlari ko‘tarib olib, qabul kamerasi 3 ga uzatadi. Tiqqich 9 pichanni to‘plab, presslash kamerasi ichiga tiqadi. Porshen presslash kamerasining ichiga kirayotib, u yerdagi pichan to‘plamini surib, zichlaydi. Porshen chetga chiqqan poyalarni pichoq bilan kesib, qabul kamerasida qoldiradi. Bir necha pichan to‘plami zichlanib, toy hosil bo‘ladi. Uni tugunlab-bog’lovchi mexanizm maxsus (yumshoq) simtemir yoki shpagat bilan toyni bog’lab qo‘yadi. Bog’langan toy yerga tushirib qoldiriladi.
2- rasm. Porshenli yig’ishtirgich-presslagichning umumiy ko‘rinishi:
a- old ko‘rinishi; b - orqadan ko‘rinishi;
1- kardan uzatmasi; 2- reduktor; 3- presslash kamerasi; 4 - shatun va porshen; 5 - tergich; 6-g’ildiraklar; 7- tergichni ko‘tarish mexanizmi;
8- tirkagich; 9 -tiqqich mexanizmi; 10- tugunlab-bog’lovchi mexanizm;
11 - toy zichligini o‘zgartirish tutqichi.
Pichan toylarini bog’lash uchun presslash kamerasiga ikkita tugunlab bog’lovchi apparat o‘rnatilgan (3- rasm). Unga shpagat (sim) o‘ralgan ikkita kasseta 4, ikkita igna 6, o‘lchovli gildirakcha 8, tugunlab bog’lovchi apparatni harakatga keltiradigan mufta 12, ikkita siquvchi pichoq 14, ikkita tugunlovchi ilgak 15 va shpagat yo‘naltirgichi 16 kiradi.
Tugunlab-bog’lovchi apparatning ish jarayoni quyidagicha kechadi: simtemirning bir uchi pichoq 14 ga qistirilgan bo‘lib, yo‘naltirgich 16 ning barmoqlariga ilingan holda presslash kamerasi va igna roliklari orqali o‘tkazilib, ikkinchi uchi bilan kasseta 4 ga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Porshen zichlayotgan toy uzunligining o‘sishi bilan, u o‘zidan oldin shakllantirilib tayyorlangan toyga tayanib, uni surib, asta-sekin chiqarib tashlaydi.
Pichan presslash kamerasidagi tugunlab-bog’lovchi apparat.
3- rasm. Pichan presslash kamerasidagi tugunlab-bog’lovchi apparat:
1 - presslash kamerasi; 2- porshen; 3 - shatun; 4 - kassetalar; 5 - shpagat (sim);
6 - igna; 7- toy zichligini sozlash tutqichi; 8 – o‘lchovli g’ildirak; 9 - barmoq; 10- ishga qo‘shish richagi; 11 - ilmoqli tish; 12- mufta; 13 - val; 14-pichoq; 15 - tugunlovchi ilgak; 16- yo‘naltirgich; 17-tirak tish.
Pichanni yig’ishtirib, rulonlab presslagich qatorlab uyumlangan pichanni yig’ib olib, silindr shaklida zichlangan rulonga aylantirib beradi. Shunda rulonning diametri 1,5 m, uzunligi 1,4 m bo‘lib, massasi 500 kg gacha yetadi.
Ishlayotgan mashinaning yig’ishtirgichi (4-rasm) yerdagi pichanni terib olib, uni transportyor 10 ga uzatadi. Transportyor bilan siljib ketayotgan pichan baraban 2 tagidan o‘tayotib, zichlanadi va tasmalardan hosil bo‘lgan sirtmoq 9 ga kirib boradi. Tasmalar sirtmoqdagi pichanni aylanma harakatga keltirib, asta- sekin rulonni shakllantiradi. Rulon diametri ma’lum miqdorga yetganida, uni shpagat bilan o‘raydigan avtomat ishga tushadi. Shu vaqtda haydovchiga signal beriladi va u agregatni qisqa vaqtga to‘xtatadi.
Pichanni yig’ishtirib, rulonlab presslagich.
Avtomatlashgan igna shpagatning bo‘sh uchini transportyor 10 ning ustiga tashlaydi va u pichanga qo‘shilib o‘rala boshlaydi. Igna avtomatik ravishda rulon uzunligi bo‘yicha siljib, uni shpagat bilan chandiqlab qo‘yadi. O‘ralmagan shpagat kesilib, rulondan ajratiladi. Shu vaqtda klapan 7 ilgak 8 dan chiqib ketadi va prujina 5 ta’sirida ko‘tarilib, rulonni yerga tushirib ketadi. Gidrosilindr 6 ta’sirida taranglatkich 3 dastlabki holatiga keladi. Presslaydigan tasmalar taranglashib, klapan 7 yopiladi, agregatni ishga tushirish to‘g’risidagi signal operatorga yetkaziladi. Tasma tarangligini prujina yordamida o‘zgartirib, presslash zichligini 100-200 kg/m3 qilib olish mumkin.
Pichanni presslab yig’ishtirishda o‘simliklarning foydali moddalarga boy bo‘lgan gul va barglari ko‘proq saqlanadi.
4- rasm. Rulonlab presslagich sxemasi:
1-yig’ishtirgich; 2 - baraban; 3- taranglatkich; 4- uzluksiz tasma; 5- prujina; 6- gidrosilindr; 7-klapan; 8- ilgak; 9- sirtmoq; 10- transportyor.
1. Shoumarova M.Sh., Abdillayev T.A., Musayev D.M. Qishloq xo‘jaligi mashinalari atamalarining ruscha-o‘zbekcha lug’ati. Toshkent, „Фан“, 1994.
2.Abdillayev T.A., Shoumarova M.Sh. G’alla kombayni va paxta terish mashinalari. Toshkent, 1999.
3. Shoumarova M.Sh., Abdillayev T.A. Qishloq xo‘jaligi mashinalari (o‘rim yig’im va tozalash mashinalari). Toshkent, „Mehnat“, 2000.
4. Mamatov F.M., Ergashev I.T., Temirov I.G’., Topo’latov B.U. “Qishloq Xo’jalik mashinalari” “Voris nashriyoti” 2014.
5. Mamatov F.M. “Qishloq Xo’jalik mashinalari” “Voris nashriyoti” 2014.
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling