Mavzu. Podshipniklar. Dumalash podshipniklari va ularni hisoblash asoslari Reja
Download 308.17 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ng tomonida 5- yoki 6- raqamlar
- Dumalash podshipniklaridagi kuchlar va kinematikasi.
O‘ng tomondan uchinchi raqam radial sharchali podshipniklar uchun ( d 9 – ikkinchi raqam) podshipnikning tashqi diametr va eni bo‘yicha seriyasini ko‘rsatadi. 1- juda yengil. 2- yengil. 3- o‘rta. 4- og‘ir.
O‘ng tomondan to‘rtinchi raqam podshipnikning turini ko‘rsatadi. Turlarning belgilari 10.1-jadvalda berilgan. Belgilash lozim bo‘lgan radial sharikli podshipnik belgisida 0 raqami ko‘rsatilmagan. O‘ng tomonida 5- yoki 6- raqamlar podshipnikni tuzilishiga o‘zgartirishlar kiritilganligini bildiradi. Masalan: 7208 bunda 5- raqam yozilmagan, demak ichki diametri 40 mm bo‘lgan radial tirak podshipnik. Agarda 67208 bo‘lsa bunday holda podshipnik tashqi halqasida chiqiq bo‘ladi. Chaproqdagi keyingi raqam va harflar (agar bo‘lsa) podshipnikning tuzilish xususiyatlarini (podshipnikning darajasini, konussimon podshipnik kontakt burchagi, va x.k.) va aniqlik sinfini ifodalaydi. Podshipniklarning belgilanishini quyidagi misollarda ko‘ramiz: 17 – ichki diametri d =7 mm, 1- o‘ta yengil seriya, radial sharchali aniqligi -0 (normal); 203 – d =17 mm, 2- yengil seriyali, radial sharchali, aniqligi normal; 314 –d = 70mm, 3- o‘rta seriyali, radial sharchali, aniqligi normal; 5-7412 – d =60 mm, 4 - og‘ir seriya, 7- konussimon rolikli, aniqligi 5 –sinf ; 6-1320 – d =100 mm, o‘rta seriyali, sharchali sferik, 6 -sinf aniqlikda; 11207 - d =35 mm, 2-yengil seriya, 1- ikki qatorli, 1- podshipnikni valga mahkamlash uchun rezbali vtulka o‘rnatilgan, aniqligi normal. R- issiqqa chidamli materialdan. S- separator po‘lat materialdan. B- separator bronzadan. D- separator aluminiy qorishmasidan K- podshipnik konstruksiyasiga o‘zgartirish kiritilgan. Va xakazo Dumalash podshipniklaridagi kuchlar va kinematikasi. Radial kuchlar ta’sirida DP dumalash elementlari notekis, ya’ni yarmi yuklanishli yarmi yuklanishsiz bo‘ladi (25.2-rasm). Muvozanat shartidan foydalanib, ta’sir etuvchi kuchni sharchalar orasida taqsimlanishini aniqlash mumkin: Fr = F0 + 2F1 Cos γ+2F2 Cos (2γ)+ … +2Fn Cos(nγ), (25.1) bu yerda γ = 360 / z –sharchalar orasidagi burchak; z – sharchalar soni. Har bir sharchaga ta’sir etuvchi kuch quyidagicha aniqlash mumkin: F1= F0 Cos3/2γ, F2 = F0 Cos3/2γ … Fn = Cos3/2 nγ. (25.2) Topilgan qiymatlarni muvozanat shartiga qo‘yib Fr = F0 ( 1 + 2) ∑ Cos3/2nγ (25.3) ifodani olamiz. Bundan eng katta kuchni qiymatini aniqalaymiz: F0 = k Fr / z; k = z / ( 1 + 2 ) ∑ Cos3/2nγ. (25.4) 25.2-rasm.Dumalash elementiga ta’sir etuvchi eng katta yuklamani aniqlash sxemasi. Bunda kontakt kuchlanish o‘zga-ruvchan sikl bilan ta’sir qilishni erishish kerak. Ta’sir etuvchi kuchlar qiymatlari aniqlangach, podshipnik detallarini uvalanib ishdan chiqishiga asosiy sabablardan biri bo‘lgan kontakt kuchlanish- larni topish mumkin (bu yerda keltirilmaydi). DP yahshi ishlashi uchun ichki xalqani aylani-shini ta’minlash tavsiya etilidi. Download 308.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling