3.1.Nivelir, nivelirlash reykalari va ularning tuzilishi
Nivelirlar aniqligi bo‘yicha uch xilga bo‘linadi: yuqori aniqlikda N-0,5-I, II sinf nivelirlash, aniq N-3, N-3K, N-3KL-III va IV sinf nivelirlash va texnikaviy N-10, N-10K-texnik nivelirlash uchun qo‘llaniladi.
Nivelir shifri yonidagi son 1 km ikkilangan yo‘lni nivelirlash aniqligini, xarflar esa K-kompensatorli, L-limbli ekanligini ko‘rsatadi. Konstruksiyasiga ko‘ra nivelirlar ko‘rish o‘qi, adilak yordamida gorizontal xolga keltiriladigan va gorizontal ko‘rish chizig’i, o‘zi o‘rnatiladigan (kompensatorli) nivelirlarga bo‘linadi.
Texnik nivelirlashda ko‘pincha aniq N-3 va N-3K nivelirlar qo‘lla-niladi. N-3 nivelirning umumiy ko‘rinishi 3.1-rasmda keltirilgan.
3.1-rasm. N3 nivelirning tuzilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |