6. Chervyakli uzatmalarni mustahkamlikka hisoblash
Download 71.24 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.1 Chervyakli uzatmalarni mustahkamlikka hisoblash
16-mavzu: Chervyakli uzatmalarni mustahkamlikka hisoblash. Tishlar mustahkamligini hisoblash. Chervyakli uzatmalarda ishlatiladigan materiallar va joiz kuchlanishlar. Chervyakli uzatmani qizishga hisoblash, sovutish va moylash. Globoid uzatmalar. Vint – gaykali uzatmalar.Reja : 16.1 Chervyakli uzatmalarni mustahkamlikka hisoblash 16.2 Chervyakli uzatmalarni eguvchi kuchlanish bo‘yicha hisoblash 16.3 Uzatmani qizishini tekshirish, sovitish va moylash 16.1 Chervyakli uzatmalarni mustahkamlikka hisoblash Chervyakli uzatmalarda sirpanish tezligini katta bo‘lganligi hamda bu tezlikning yo‘nalishi kontakt chizig‘iga nisbatan noqulay joylashganligi sababli chervyakli g‘ildirak tish sirtining eyilishi va yulinib chiqish xollari ko‘proq sodir bo‘ladi. Bu xollarni oldini olish uchun uzatma g‘ildirak materiallar, ya’ni chervyak va chervyakli g‘ildirak antifriksion materialdan tayyorlanadi, hamda kontakt kuchlanish bo‘yicha tekshiriladi, bunda quyidagi shart bajarilishi kerak. CHervyakli g‘ildirak gardishi chervyakka nisbatan yumshoq materialdan tayyorlangani uchun asosan shu g‘ildirak kontakt kuchlanish bo‘yicha tekshiriladi. Bunda silindrsimon va konusmon uzatmalardek Gers formulasidan foydalanamiz, ya’ni: (16.1) Arximed chervyagi uchun o‘q bo‘ylab o‘tgan tekislikda o‘ram kesim to‘g‘ri chiziq bo‘lgani uchun keltirilgan egrilik radiusi ρk ni aniqlashda chervyak o‘ramining sirti e’tiborga olinmaydi, chervyak g‘ildirakni esa odatdagi qiya tishli silindrik g‘ildirak deyish mumkin. SHuning uchun: bo‘ladi. Qiya tishli uzatmalardagi singari, chervyakli uzatmalarda hamda uzunlik birligiga to‘g‘ri keladigan kuch quydagicha ifodalanadi: (16.2) bu erda: - kontakt chizig‘ining minimal uzinligi; - g‘ildirak tish sirtining chervyak o‘rami sirtiga tegib turishi to‘la bo‘lmasligi natijasida kontakt chizig‘i uzunligini kichraytirish hisobiga oluvchi koeffitsient; - o‘q bo‘yicha olingan ko‘tarilish burchagi, =1000=1,75 rad. chervyak va chervyakli g‘ildirak uchun olingan materialning elastik moduli. po‘lat materiallar uchun bronza, cho‘yan materiallar uchun. larning qiymatlarini formulaga qo‘yib quyidagi ifodani olamiz: (16.3) Formulaga soddalashtirish uchun yuqoridagi qiymatlarni qo‘ysak, kontakt kuchlanishni hisobiy qiymatni aniqlash uchun quyidagi ifodani olamiz: (16.4) bu erda: - yuklanish koeffitsienti qiymat. Bu formula yordamida kontakt kuchlanishning hisobiy qiymati aniqlanadi. Uzatmani loyihalash uchun esa, formula o‘qlararo masofaga nisbatan echsak quyidagi ifodani olamiz: (16.5) bu erda: - etaklanuvchi g‘ildirakdagi burovchi moment, N.mm hisoblash. Aniqlangan qiymat standart bo‘yicha yaxlitlanadi. Download 71.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling