1. Traktor va avtomobillarniig yurish qismning ko’rsatkichlari. Yurish qismining asosiy elementlari va ularning vazifasi. Rul boshqarmasi


- rasm. Burish mexanizmlari sxemalari


Download 294.5 Kb.
bet4/5
Sana04.02.2023
Hajmi294.5 Kb.
#1161380
1   2   3   4   5
Bog'liq
Traktor va avtomobillar mexanizmlarini hisoblash asoslari

5- rasm. Burish mexanizmlari sxemalari:
a — qo’shishni boshqarish muftasi; b — ajratishni boshqarnsh muftasi; 1 — yetakchi val; 2 — yetekchi baraban; 3 — yetakchi baraban diski; 4— yetaklanuvchi baraban; 5 —yetaklanuvchi barabav diskn; 6 —oxirgi uzatma yetakchi vali; 7 — shpilka; 8—prujina; 9 — siqish diski, v—burilish planetar kexaiizmi;. 1 — val (vodilo) ning tormoz shkivi; 2 — val; 3 — quyosh shesternya tormoz shkivi; 4 — bosh uzatma yetaklanuvchi shesternyasi; 5 — planetar mexanizm korpusi; 6—tishli gardish (toj); 7 — vodilo;8—satellit o’qi; 9 — satellvt; 10 — quyosh shesternya; 11 — quyosh shestervya tormozining lentasi; 12— val (vodilo) tormozining lentasi; 13 — richag; 14 — tortqi; 15 — tormoz lenta prujinasi; 16 — quyosh shesternyasi tormoz richagi; 17 — vodilo tormozi pedali.

Avtomobil g’ildiraklarining turg’unligi shkvorenning ko’ndalang bo’ylama qiyaliklari bilan erilishiladi.


Oxirgi uzatma yetakchi vali 6 ga o’rnatilgan baraban 4 muftaning yetaklanuvchi qismi bo’ladi. Baraban 4 ichki sirtiga friksion ustqo’ymali disklar 5 ning tashqi tishlari kirib turadigan kanavkalar ishlangan. Val 1 ga val bilan birga aylanadigan (valning o’qi bo’ylab siljiy oladigan) siqish diski 9 o’rnatilgan. Disk 9 ga baraban teshiklari orqali o’tadigan shpilkalar 7 burab qo’yilgan. Shpilkalarga bir tomoni disk 9 ga, ikkinchi tomoni shpilkalar 7 ga mahkamlangan shaybalarga tiralgan prujinalar 8 qo’yilgan. Prujinalar disklar 3 va 5 ni siqadi va berk holatda bo’lgan mufta talab kilingan ishqalanish momentini hosil qiladi. Bunda bosh uzatmadan burovchi moment mufta vositasida oxirgi uzatmaga beriladi — traktor to’g’riga yuradi
Traktorni burish uchun transmissiyadan tegishli gusenisani ajratish kerak, ya’ni boshqarish muftasidan birini ajratish kerak. Mufta ajratilganda (18-rasm, b) disk 9 strelka V yo’nalishida siljiydi, prujinalar 8 siqiladi, disklar 3 va 5 bo’shatiladi va yetaklanuvchi baraban hamda yetakchi yulduzchaning aylanishi to’xtaydi. Bu vaqtda ikkinchi mufta tishlashgan holda bo’lib, natijada traktor ajratilgan gusenisa atrofida burilada.
Planetar burish mexanizmi o’ng va chap gusenisani boshqaruvchi simmetrik joylashgan ikkita bir xildagi planetar qurilmasidan iborat bo’ladi.
Mexanizm orqa ko’prik korpusiga podshipniklarda o’rnatilgan si-lindrik korpus 5 ga (18-rasm, v) yig’ilgan. Tashqi tomonidan korpuye 5 ga bosh uzatma yetaklanuvchi shesternyasi 4 mahkamlangan, ichki tomoniga ikkita tishli gardish 6 (tojsimon) yasalgan. O’qlar 8 ga mahkamlangan vodilo 7 ga tojsimon 6 va bir vaqtda markaziy shesternya 10 bilan tishlashgan satellitlar 9 erkin kiydirilgan. Shesternya 10 gupchagi orqa ko’prik korpusi to’siqlariga joylashgan podshipniklarga tayanadi va unda qo’zg’almas tormoz shkivi 3 joylashgan. Vodilo 7 tormoz shkivi 1 va oxirgi uzatma yetakchi shesternyasi joylashgan val 2 ga mahkamlangan. Planetar mexanizmning ishlashi orqa ko’prik korpusi yon bo’linmasiga joylashgan tormoz vositasida boshqariladi.
Traktor to’g’riga yurganida pedal 17 va richag 16 bo’shatiladi, bu vaqtda val 2 tormoz shkivlari bo’shatilgan bo’lib, prujina 15 vositasida tormoz tasmalari 11 bilan tortilgan shkivlar 3 markaziy shesternya bilan birgalikda qo’zg’almas holda turadi. Bosh uzatma shesternyasi korpusi 5 ni aylantiradi, u o’z tojlari 6 bilan satellitlar 9 ni qo’zg’almas shesternya 10 da dumalashga majbur qilib aylantiradi. -
Vodilo 7 satellitlar 9 o’qlari 8 ga ilashgan holda val 2 ni aylantiradi va ulardan oxirgi uzatma orqali. gusenisaning yetakchi yulduzchasi aylantiriladi.
Traktorni biror tomonga burish uchun kerakli richag 16 ni o’ziga tortiladi, lenta 11 tormoz shkivi 3 ni bo’shatadi va markaziy shesternya ajratiladi. Bunda satellitlar shesternya 10 ni vodilo 7 ning aylanish yo’nalishiga teskari tomonga aylantiradi, vodiloga kuch berilmaydi va u o’z o’qi bilan birgalikda to’xtaydi, gusenisa transmissiyadan ajraladi, bu vaqtda ikkinchi gusenisa aylanishini davom ettiradi va traktorni buradi. Keskin burish uchun richag 16 ni tortgandan keyin pedal 17 ni bosish kerak. Bunda tortqi 14 richag 13 ni burib, tormoz lentasi 12 ni tormoz shkivi 1 ga qarab tortadi va val 2 tormozlanadi.
Friksion muftali va planetar mexanizmli boshqarish mexanizmlarini burish uchun bir xil miqdorda quvvat sarflaydi va bir xilda to’g’ri yurishni ta’minlaydi, biroq planetar mexanizm ancha afzal hisoblanadi. Uning afzalligi shundaki, puxtaligi yuqori va yaxshi rostlanadi boshqarish richagiga kam kuch sarflanadi. Planetar mexanizmining ixchamligi friksion muftaga qaraganida traktorning orqa ko’prigini va butun traktorni ancha ixcham yasashga imkon beradi. Buning og’ir ishlarda (texnika ekinlarini ekish uchun yerni haydash, yerni ag’darmasdan yumshatish, bog’ va tokzorlarni yumshatish) yer haydash agregatining to’g’ri chiziqli harakati turg’unligini saklashda ahamiyati muhim.
Traktor to’g’riga yurganida planetar burish mexanizmi qo’shimcha uzatma soniga ega bo’ladi, bu esa bosh uzatma va uzatmalar qutisining uzatmalari sonini kamaytirishga, binobarin, nagruzkani kamaytirishga va detallar puxtaligini oshirishga imkon beradi. Planetar mexanizm friksion boshqarish muftasiga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Planetar mexanizm ixcham va yengil bopqarish uchun kam kuch talab qilinadi. Barcha qismlari moy vannasida ishlashi va shesternyalari doimiy tishlashgan holda turganligi sababli kam yeyiladi. Boshqarish muftasi singari yeyiladigan nakladkalari yo’q. Planetar mexanizmi orqali uzatish sonini kamaytirish ham mumkin, bu oxirgi uzatma shesternyalarini ixchamlashtirishga imkon beradi.

4. Tormoz sistemasi traktor (avtomobil)ni tormozlaydigaa qurilmalar to’plamidan iborat. Tormozlashning sifatli bo’lishi mashinadan yuqori ekspluatasion ko’rsatkichlarga erishishi uchun katta ahamiyatga ega. Tormoz sistemasiga bo’ladigan talablar: tez-ishlash, g’ildiraklarga tormoz kuchlari to’g’ri taqsirnlanishi, mashinaning ravon tormozlanishi va tormozlanganda turg’un bo’lishi, tormoz mexanizmining rostlanishining yuqori stabiSlikka ega bo’lishi, issiqlikning yaxshi chetlanishini ta'minlashi lozim. , Tormoz sistemasilari quyidagi turlarda bo’lishi mumkin:


1. Mashina tezligini rostlash va uni samarali to’xtatishga mo’ljallangan ish tormoz sistemasi.
2. Tayanch tekislikka nisbatan mashinani qo’zg’atmay tutib turish uchun xizmat qiladigan turish tormoz sistemasi.
3. Harakat tezligini bir me'yorda yoki uni rostlash uchun uzoq vaqt turib turishga mo’ljalllangan yordamchi tormoz sistemasi.
Tormozlar friksion tipida bo’lib, ularning diskli, barabanli va shkivli xillari bo’ladi. Tormozlar o’rnatilish joyiga qarab: g’ildirakda va transmissiyada bo’iadi. Tormoz sistemasi tormoz mexanizmi va tormoz yuritmasidan iborat. Tormoz yuritmasi tormozlash jarayonida tormozlash mexanizmlari va boshqarish mexanizmlariga energiya uzatish uchun xizmat qiladi. Tormoz yuritmalari ishlash negiziga ko’ra mexanikaviy, pnevmatik, gidropnevmatik va elektr tormoz yuritmalariga bo’linadi.






Download 294.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling