1. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar
Download 0.76 Mb.
|
mustaqil ish 1 ETQ-pc (4)
3.2. AvtotransformatorlarAvtotransformator – bu shunday transformatorki, unda chulg‘amlar orasida magnit bog‘lanishdan tashqari elektrik bog‘lanish ham mavjud. Oddiy transformatorning chulg‘amlarini avtotransformator sxemasi bo‘yicha yig‘ish mumkin. Buning uchun Ax klemmalarni (3.2,a-rasm) birlamchi tarmoqqa ulab, ax klemmalari esa yuklanish Zyuk klemmalariga ulansa, pasaytiruvchi transformator hosil bo‘ladi. Agar ax chiqish klemmalarini birlamchi tarmoqqa ulansa va Ax klemmalariga Zyuk ulansa, kuchaytiruvchi transformator hosil bo‘ladi.
Pasaytiruvchi transformator ishlashini batafsil ko‘raylik. Chulg‘am wax bir vaqtning o‘zida birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning tarkibiy qismlaridir. Bu chulg‘amdan I12 toki oqadi. Nuqta a uchun toklar tenglamasini yozamiz , (3.5) yoki , (3.6) ya’ni, wax o‘ramdan I2 va I1 toklarning algebraik yig‘indisiga teng bo‘lgan I12 toki oqadi. Agan avtotransformator transformatsiyalash koeffitsienti kA=wAx/wax, birga yaqin bo‘lsa, u holda I1 i I2 bir-biridan farqi kam bo‘ladi, ular algebraik yig‘indisi esa juda kichik qiymat hisoblanadi. Bu vaziyat wax o‘ramlarni kichik kesim yuzasiga ega bo‘lgan simdan yasash imkonini beradi. Birlamchi chulg‘amdan ikkilamchi chulg‘amga uzatilayotgan avtotransformatorning uzatish quvvati Suzat=U2I2 tushunchasini kiritamiz. Bundan tashqari, birlamchi chulg‘amdan ikkilamchi chulg‘amga magnit oqimi orqali o‘tkazilayotgan hisobiy quvvat degan miqdor ham qo‘llaniladi. Bu quvvatni hisobiy deyishlaridan maqsad, transformatorning og‘irligi va gabaritlari shu quvvatga bog‘liqdir. Transformatorlarda barcha uzatiluvchi quvvat elektromagnit quvvatidir, chunki ularda transformator chulg‘amlari orasida faqat magnit bog‘lanish mavjuddir. Avtotransformatorlarda esa, birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar orasida magnit bog‘lanishdan tashqari, elektrik bog‘lanish ham mavjuddir. Shu sababli hisobiy quvvat uzatiluvchi quvvatning bir qisminigina tashkil etadi, qolgan qismi bir chulg‘amdan ikkinchisiga uzatilishda magnit oqim ta’sirisiz o‘tadi. Buning isboti sifatida avtotransformatorning uzatiluvchi quvvatini tashkil etuvchilarga ajratamiz Suzat = U2I2 . Buning uchun (3.5)dan foydalanamiz. Bu ifodani uzatish quvvati ifodasiga qo‘ysak, quyidagini hosil qilamiz Suzat =U2I2=U2(I1+I12)=U2I1+U2I12=Se+Sxisob bunda Se=U2I1,—elektrik bog‘lanish natijasida avtotransformator birlamchi zanjiridan ikkilamchi zanjiriga uzatilayotgan elektr quvvati. Shunday qilib, avtotransformatorning Sxtsob = U2I12 hisobiy quvvati, uzatilayotgan quvvatning bir qisminigina tashkil etar ekan. Bu esa, avtotransformator ishlab chiqarish uchun magnit o‘zakni transformatorlardagiga nisbatan kichik kesim yuzasi tanlash imkonini berar ekan.
Avtotransformatorlar qo‘llashning eng maqsadga muvofiq rejimi transformatsiyalash koeffitsientining kA < 2 dir. Transformatsiyalash koeffitsienti katta bo‘lganda avtotransformator eng katta kamchiliklari quyidagilardan iborat: Avtotransformator pasaytiruvchi bo‘lganda q.t. toki kattaligidir. 3.2-rasmdagi a va x klemmalar qisqa tutashtirilganda U1 kuchlanish chulg‘amning juda kichik q.t. qarshiligiga ega bo‘lgan o‘ramlar soni Aa ga qo‘yilgan bo‘ladi. Bunda avtotransformator q.t.ning xavfli ta’siridan o‘z-o‘zini himoya qilaolmaydi. Shu sababli, q.t. toklari avtotransformator zanjiriga ulangan boshqa elektr qurilmalar hisobiga cheklanadi. YUK chulg‘ami va QK tomoni orasidagi elektrik bog‘lanish; bu barcha chulg‘amlarni kuchaytirilgan darajada elektr izolyasiyalashni talab etali. Avtotransformatorlar kuchlanishni pasaytiruvchi sxemalarda qo‘llanilganda QK tarmog‘i o‘tkazgichlari va zaminlovchi o‘tkazgichlar orasida, YUK tomonidagi faza va zamin orasidagi kuchlanishga yaqin bo‘lgan kuchlanish hosil bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatuvchi personalning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, YUK tarmog‘i kuchlanishini bevosita iste’molchiga ulangan QK zanjiri qiymatigacha pasaytirishda avtotransformatordan foydalanish mumkin emas. Avtotransformatorlar katta quvvatli elektr motorlarining ishga tushirish toklarini pasaytirish uchun o‘zgaruvchan tok elektr yuritmalarida qo‘llaniladi, shuningdek elektr metallurgik pechlarning ishlash rejimlarini boshqarish uchun ham ishlatiladi. Kichik quvvatli avtotransformatorlar radio, axborotlashtirish va avtomatika tizimlarida ham ishlatiladi. Texnikada o‘zgaruvchan transformatsiyalash koeffitsientiga ega bo‘lgan avtotransformatorlar keng qo‘llaniladi. Bunday vaziyatlarda ikkilamchi kuchlanish qiymatini o‘zgartirish uchun, avtotransformator o‘ramlar soni waxni o‘zgartiruvchi qurilma bilan jihozlanadi (3.2-rasm). Buni amalga oshirish uchun yoki qayta ulagichdan, yoki izolyasiyadan tozalangan chulg‘am o‘ramlarida sirpanuvchi kontakt (shchetkalar)dan foydalaniladi. Bunday transformatorlar kuchlanish rostlagichlari deyiladi va bir fazali va uch fazali bo‘lishi mumkin. Xulosa Xulosa qilib aytadigan bo’lsak payvandlash transformatori juda koplab ishlarni bajaradi. Payvandlash transformatri qisqa tutashuv rejimiga asoslanadi. Qisqa tutashuv rejimeda ishlagani ya’ni unda metalda elektr tokining musbat va manfiy qutblari natijasida metal eriydi va keyinchalik birlashtiriladi. Bir so’z bilan aytganda payvandlash transformatorining qisqa tutashuv rejimida ishlashi juda qiziqarli va murakkab. qanday kuyishi yo'qligini tekshirish uchun vizual tekshirishni amalga oshiring. Keyinchalik uning qanday simi borligini aniqlang. Unda bitta sim to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqoriga ko‘tarilib, ikkitasi undan pastda parallel bo‘ladimi (Y-ulanish), shu 3 simdan yuqorida ketma-ket 2 sim (X ulanishi) yoki bir-biriga parallel bo‘lgan 4 sim boshqa to‘rtta to‘plamning yonida X konfiguratsiyasini kutmoqdami. Agar u qaysi turdan foydalanishini bilmasangiz, bu nuqtada davom etish befoyda bo'ladi, chunki davom etishdan oldin quvvat manbaini ikki marta tekshiring. Ishlatilayotgan elektr quvvati jihozning nom yorlig'ida ko'rsatilgan talablarga ham javob berishiga ishonch hosil qiling. Transformatorlar payvandlashda elektr tarmog'idan o'zgaruvchan tokni past kuchlanishli, yuqori amperli oqimga o'zgartirish uchun ishlatiladi. Payvand choklari haqida gap ketganda qalinligi muhim bo'lganligi sababli, bu parametr qanday materiallarni bir-biriga payvand qilish mumkinligini ko'rsatadi qanchalik aloqa qilishini nazorat qiladi. Agar elektr toki zanjiridagi ikkita nuqta o'rtasida elektr toki yetarli darajada yuqori bo'lsa, elektronlar bir nuqtadan ikkinchisiga sakrab o'tadi va simning eritilishiga olib keladigan reaktsiyaga sabab bo'ladi. Ushbu jarayonni aniqroq boshqarish uchun biz amperni yuqoriga yoki pastga o'zgartirib, bir vaqtning o'zida voltlarni sozlash orqali tok kuchimizni o'zgartirishimiz mumkin - shuning uchun agar siz quvur yoki metall plitalar kabi qalinroq narsalarni qidirsangiz, lekin juda qalin emas, chunki u Avtomobil kuzov panellarini bajarayotganda qatlamlardan o'tish qiyinroq bo'ladi, deydi 1/4 dyuymli galvanizli po'lat plitalar chuqurligi 6 dyuymdan ortiq bo'lgan narsalarni ishlatishdan saqlaydi, chunki ular 3 dyuymdan yupqa chiqadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.S.Majidov ,,Elektr mashinalar va elektr yuritma” Toshkent 2005y 2.SH.A.SHaripov Y.K.Jo’rayev ,,Elektr qurilmalar asoslari’’ 2009y 3. http\\ilmiy.bmti.uz 4.www.Ziyonet.uz Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling