1. Transport-ishlab chiqarish tizimini shakllantirish tamoyillari
- rasm. Yetkazib berish jarayonining bosqichlari va boshqarilishi
Download 91.86 Kb.
|
6-mavzu. Logistika tizimida transport-ishlab chiqarish tizimini -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bunda tashib yetkazish bir necha transport turlari ishtirokida amalga oshiriladi
2.4- rasm. Yetkazib berish jarayonining bosqichlari va boshqarilishi
Yuk (yo’lovchi)ni yetkazish tizimi kirishida iste’molchilarning tashishga bo’lgan ehtiyoji asosida shakllantirilgan buyurtma va uni bajarish uchun yuborilgan harakatlanuvchi tarkiblar asosida material oqimlarning tegishli harakatlari shakllantiriladi, chiqishida esa tegishli manzillarga yetkazilgan yuk yoki yo’lovchilar va iste’molchilar ehtiyojining qondirilishi ko’rsatkichlari shakllanadi. Tizimdagi transformatsiya jarayoni uning kirishini chiqishga aylantiradi va bunda ma’lum natijaviy sifat ko’rsatkichlariga erishgan holda iste’molchining ehtiyojlari qondiriladi. Kirishni chiqishga transformatsiya qilish darajasidagi xarajatlarga ma’lum qo’shimcha qiymatlar qo’shilishi taqozo etiladi. Tizimning kirishini chiqishga aylantirishdagi transformatsiya jarayonida olinayotgan natijalarni doimo nazorat etish va tegishli boshqarishni amalga oshirish lozim. Buning uchun qayta bog’lanish zanjiri orqali olinadigan axborotlar zarur. Mazkur sxemadagi asosiy boshqariluvchi ob’ekt – tashilayotgan, ya’ni harakatlantirilayotgan moddiy oqimlar va ularga mos ravishda ro’yobga chiquvchi axborot va moliyaviy vositalar oqimlaridir. Bunday boshqaruv tizimi asosida iste’molchilarning transport xizmatiga bo’lgan ehtiyojini qondirish va uni amalga oshiruvchi transport jarayonining texnologik bosqichlarini amalga oshirish hisoblanadi. Transport xizmati bozorida tashish jarayonini boshqarish samaradorligini oshirish uchun yukni yetkazishning barcha elementlari orasida jiddiy muvofiqlashtirish ishlari amalga oshirilishi lozim. Bunday faoliyat asosida yetkazish jarayonini ta’minlovchi material va kerakli axborot, moliyaviy resurslar oqimlari harakatini ta’minlash kerak. Yuk va yo’lovchilarni tashishda texnologik jarayonni tashkil etuvchi elementlar sifatida harakatlanuvchi tarkibni yuk ortishga (yo’lovchi chiqarishga) qo’yish; yuk ortish (yo’lovchi chiqarish), yukni (yo’lovchilarni) tashish va yuk (yo’lovchilarni) tushirish kabi elementar jarayonlarni ko’rsatish mumkin. Ta’kidlash lozimki yuk va yo’lovchilarni belgilangan manzillarga yetkazib berish jarayonini tashkil etuvchi elementlar va iste’molchining tashishga bo’lgan ehtiyojlari ma’lum darajadagi noaniqlikka ega bo’ladi va ularni xarakterlovchi ko’rsatkichlar esa ehtimoliy qonuniyatlarga bo’ysunuvchi kattaliklar tarzida shakllanadi. Transport xizmati va uning asosiy qismiga tashish jarayonlarining umumiy holda ko’p kanalli va fazali cheklangan holatlar to’plamiga ega diskret turdagi yalpi xizmat ko’rsatish tizimida kechayotgan jarayonlar sifatida qarash mumkin. Yalpi xizmat ko’rsatish tizimi (YaXKT) turli diskret holatlarda bo’lishi mumkin. Tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishi ma’lum soniyalarda biron bir hodisaning yuz berishi oqibatida “sakrash” ko’rinishida amalga oshadi. Yuqorida keltirilgan yuk yetkazib berishning ierarxik tuzilmasida eng murakkab tashib yetkazish tizimlari – bu intermodal va mulьtimodal tizimlaridir. Bunda tashib yetkazish bir necha transport turlari ishtirokida amalga oshiriladi. Yuk yoki yo’lovchilar tashib yetkazishning mazkur tizimlari quyidagi tamoyillarga muvofiq ishlaydi: • transport faoliyatini belgilovchi huquqiy fazoning mavjudligi; • moliyaviy –iqtisodiy yo’nalishdagi masalalarni kompleks tarzda hal etish; • yuklarning harakatlanish jarayonidan xabardor bo’lish va bu jarayonni nazorat qilish; • samarali axborot ta’minoti va aloqani yo’lga qo’yish; • tashkiliy-texnologik nuqtai nazardan transport zanjirining barcha elementlari yagona birligi; • transport tizimi faoliyatining barcha ishtirokchilari orasida samarali aloqadorlik va kooperatsiyani ta’minlash; • turli transport tarmoqlarida infratuzilma (turli xizmat ko’rsatish) tizimini kompleks rivojlantirish. Yuqoridagi tamoyillarni amalga oshirish uchun alohida transport turlarining texnik-ekspluatatsion va texnologik xususiyatlarini, iqtisodiy ko’rsatkichlarini va ularning o’zaro aloqadorlikda faoliyat ko’rsatish imkoniyatlarini bilish lozim. Turli transport vositalarining o’zaro muvofiqlashgan holda faoliyat ko’rsatishi esa ularning transport-texnologik jarayonlarini o’zaro moslashtirish asosida ta’minlanadi. Transport-texnologik jarayonlarning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat (2.5-rasm): Download 91.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling