1. Tuproq unumdorligi. Tuproq madaniyligi va uni yaxshilash tadbirlari


Download 367.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana12.11.2023
Hajmi367.41 Kb.
#1769041
1   2   3
Bog'liq
2TUPROQ unumdorligi

deyiladi. Tuproqdagi g’ovaklarning diametri 1-2 mm dan 
kichiklarini kapi-lyar, undan kattalarini nokapillyar 
g’ovaklik deyiladi. Nokapillyar g’ovakliklardan suv faqat 
pastga harakat qiladi. Кapillyar g’ovakliklar ko’paysa, 


ya’ni tuproq zichlashsa suvning yuqoriga harakati 
tezlashadi. Кapillyar va nokapillyar g’ovakliklar nisbati 
1:1 bo’lganda tuproqning suv, havo va oziq rejimi eng 
qulay bo’ladi. Tuproqning havo, suv, oziq va issiqlik 
rejimlari haydalma qatlam tuzilishiga bog’liq bo’ladi. 
Tuproq uchta fazadan: qattiq, suyuq va havodan iborat. 
Ma’lum bir tuzilishga ega bo’lgan quruq tuproq 
og’irligining u egallagan hajmga nisbati tuproqning 
hajmiy massasi deyiladi va g/sm
3
da ifodalanadi. Bo’z 
tuproqlarning hajmiy massasi haydalma qatlamda 1,2-1,4 
g/sm
3
atrofida bo’ladi. 
Ishlov berish yordamida haydalma qatlamga kerakli 
tuzilish beriladi. Turli o’simliklar tuproq zichligiga har xil 
talab qo’yadi. Кo’pgina o’simliklar tuproq zichligi 1,2-1,3 
gr/sm
3
bo’lganda yaxshi o’sadi. 


4. Tuproq strukturasi va uni yaxshilash usullari. Mayda 
chang zar-rachalarini bir - biri bilan yopishib, har xil 
kattallikdagi agregatlar (kesaklar) hosil qilishi tuproq 
strukturasi deyiladi. Struktura hosil bo’lishida organik 
modda yelimlovchi vazifasini o’taydi. Chirindi qancha 
ko’p bo’lsa tuproq strukturasi shuncha yaxshi bo’ladi. 
Кesak-chalar yirik maydaligiga qarab quyidagilarga 
bo’linadi: megastrukturali (diametri 10 mm dan ortiq), 
makrostrukturali 
(diametri 
10-0,25 
mm) 
va 
mikrosturturali 
(diametri 
0,25 
mm 
dan 
kichik). 
Mikrostruktura o’z navbatida dag’al mikrostruktura (0,25-
0,01) va nozik mikrosturuktu-raga (0,01 mm dan kichik) 
bo’linadi. Diametri 1-3 mm li kesakchalar eng yaxshi 
kesakchalar hisoblanadi. Suvga chidamli kesakchalardan 
tashkil topgan tuproqlar mustahkam strukturali deyiladi. 
Tuproqning donadorligi suv, havo, issiqlik va oziq 


rejimlariga ta’sir etadi. Struktura mexanik, fizik, 
kimyoviy, biologik omillar ta’sirida buziladi. 
Mexanik omillarga kesakchalarning qishloq xo’jalik 
mashinalarining g’ildiraklari, ishchi organlari va boshqa 
kuchlar ta’sirida ezilishi kiradi. 
Fizikaviy omilga bostirib sug’organda tuproq ichidagi 
havoni suv bosim bilan siqib chiqarishi natijasida 
strukturani buzishi kiradi. Bir valentli kationlar (H
+
, NÍ
4
+

К

, Na
+
) tuproq strukturasini buzadi, bu kimyoviy omilga 


kiradi. Mikroorganizmlarning organik moddani parcha-
lab strukturani buzishi biologik omilga kiradi. 
Tuproq strukturasi organik o’g’itlar solish, almashlab 
ekish ya’ni organik modda miqdorini ko’paytirish 
hisobiga tiklanadi. Tuproq strukturasini saqlashda yerga 
ishlov berish sonini kamaytirish ham alohida o’rin tutadi. 
5. Tuproqda o’simliklar o’zlashtiradigan holdagi oziq 
moddalar yetarli bo’lmasa ekinlardan kerakli hosilni olib 
bo’lmaydi. Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining 
asosiy elementlari hisoblanadi. O’simliklarning oziq 
elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, 
hosildorligiga bog’liq. O’simliklarning bu sohadagi 
talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan 
biri hisoblanadi. 


Oziqlanish har qanday tirik organizmning, shu 
jumladan, o’simlik-larning ham o’sish va rivojlanish 
asosidir. 
Tuproqdagi oziq moddalarni o’zlashtirish miqdori 
ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o’sayotgan 
sharoitga bog’liq. 
G’o’za azot, fosfor va kaliyga nihoyatda talabchan 
o’simlik. Masa-lan: 1 t paxta yetishtirish uchun taxminan 
56 kg azot, 23 kg fosfor va 53 kg kaliy talab qilinadi. 
Кungaboqar ham azot, fosfor va kaliyga talabchan 
o’simlik hisob-lanadi. 1 t kungaboqar hosili uchun 
tuproqdan 50 kg azot, 27 kg fosfor va 22,8 kg kaliy, 
sarflanadi. Ildizmevalilar va tugunakmevalilar fosfor va 
azotga qaraganda kaliyga ko’proq talabchan. Odatda oziq 
element-larning umumiy miqdori har gektar yerda bir 
necha tonna atrofida bo’ladi. Masalan, kuzatishlarga 


qaraganda, deyarli 100 yildan ortiq sug’orilib 
dehqonchilik qilinayotgan bir gektar tipik bo’z tuproqli 
yerning haydalma qatlamida(0-28 sm) o’rtacha 59,1 t 
chirindi, 4 t azot, 8 t fosfor va undan pastki 28-100 smli 
qatlamida esa yuqoridagilarga muvofiq 73,5; 4,97 va 16 t 
oziq elementlari bo’lar ekan. 
O’simliklarning ildizi orqali oziqlanishi faqat yerga 
solinayotgan o’g’itlarga emas, balki tuproq muhitiga, 
mikroorganizmlarning faoliya-tiga, organik moddalarning 
chirishiga va tuproqning suv, havo hamda issiqlik rejimini 
yaxshilashga qaratilgan agrotexnik tadbirlarning qo’lla-
nishiga ham bog’liqdir. 
O’simliklarning oziqlanishi 3 xilga bo’linadi: avtotrof, 
mikrotrof va bakteriotrof usullari. Avtotrof oziqlanishda 
o’simliklar tuproqdan suvda erib oksidlangan mineral 


tuzlarni o’zlashtiradi. Oziqlanishning bu usuli o’simliklar 
uchun asosiy hisoblanadi. 
Mikrotrof oziqlanish mikoriza yordamida sodir bo’ladi. 
O’simliklarning bakteriyalar yordamida oziqlanishi 
bakteriotrof oziq-lanish deyiladi. Dukkakli ekinlar 
ildizidagi tugunak bakteriyalar erkin azotni o’simliklar 
o’zlashtiradigan shaklga o’tkazib beradi. Azot tuproqdagi 
eng harakatchan va o’simliklarning muhim oziq 
elementlari-dan biri hisoblanadi. O’simliklar ildizi 
tuproqdagi azotni muhim oziqlanish manbalaridan 
bo’lgan nitratlar, (NO
2
, NO
3
) va ammo-niy(NH
4

tuzlaridan o’zlashtiradi. 
Organik moddalarning parchalanib, ammiak hosil 
qilish jarayoni am-monifikatsiya deb ataladi. 
Ammiakning oksidlanib,nitrit va nitrat kislotalarga 
aylanish jarayoni nitrofikatsiya deyiladi. 


O’simliklarga fosfor yetishmasa, bargi va tanasida 
qizg’ish va qo’n-g’ir tusli dog’lar paydo bo’ladi, pastki 
barglari barvaqt so’liydi, to’q qo’ng’ir tusga kiradi va 
tushib ketadi. 
Кaliy o’simliklarda fotosintez jarayoni, uglevodlar 
hosil 
bo’lishini 
va 
harakatini 
faollashtirali. 
O’simliklarning o’sishi va rivojlanishini tez-lashtiradi va 
ularning noqulay sharoitga chidamliligini oshiradi. 
6.Tuproqning oziq rejimini boshqarishdagi barcha 
tadbirlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 
1) tuproqni oziq moddalar bilan boyitish; 
2) tuproqdagi o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan oziq 
elementlarini oson o’zlashtiradigan holatga o’tkazish; 
3) oziq moddalarni o’simliklar oson o’zlashtirishi 
uchun sharoit yara-tish; 
4) tuproqda oziq moddalar kamayishiga qarshi kurash. 


Yerga mineral va organik o’g’itlar solish, kislotali 
tuproqlarni ohaklash , ishqoriylarini gipslash, almashlab 
ekish, tuproqni sifatli ishlash, strukturani yaxshilash, 
yetarli namlikni saqlash, oziq rejimini boshqarishda 
asosiy tadbirlardan hisoblanadi. 
Go’ng solinganda tuproqning tabiiy xossalari 
yaxshilanadi, ya’ni mexanik tarkibi og’ir tuproqlarni 
yumshatadi, mexanik tarkibi yengil tuproqlarning 
yopishqoqligi va donadorligini oshiradi.Tuproqning oziq 
rejimiga va tabiiy xossalariga go’ng bilan bir qatorda 
oraliq ekinlar, ayniqsa dukkakdosh ekinlar, ko’kat o’g’it 
sifatida dukkakli don ekinlari ekish yaxshi ta’sir etadi. 


XULOSA 
Tuproq strukturasi organik o’g’itlar solish, almashlab 
ekish ya’ni organik modda miqdorini ko’paytirish 
hisobiga tiklanadi. Tuproq strukturasini saqlashda yerga 
ishlov berish sonini kamaytirish ham alohida o’rin tutadi. 
Tuproq unumdorligi potentsial va samarali unumdorlikka 
ham bo’linadi. Potentsial unumdorlik tuproqdagi oziq 
elementlarining umu-miy miqdorini ko’rsatadi. Bunga 
o’simliklar o’zlashtira olmaydigan va oson o’zlashtira 
oladigan shakldagi oziq moddalarning barchasi kiradi. 
Samarali unumdorlik tuproqdagi o’simlik o’zlashtira 
oladigan oziq moddalar miqdori bilan belgilanadi.



Download 367.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling