1. Turistlar oqimi statistikasi Turistik daromadlar va xarajatlar statistikasi Turizmda statistik hisoblar usullari


Turistik daromadlar va xarajatlar statistikasi


Download 106 Kb.
bet2/4
Sana15.06.2023
Hajmi106 Kb.
#1482092
1   2   3   4
Bog'liq
X.T Mustaqil ish

2. Turistik daromadlar va xarajatlar statistikasi
Turistik daromadlar va xarajatlar statistikasi turizmni baholash qiymati mazmuniga ega bo’lib, uni milliy iqtisodiyotga ta’sirini o’rganishda, jumladan mamlakatning to’lov balansi, shuningdek turizm industriyasi o’zining sektorlariga xarakteristika berishda zarurdir. Turistik xarajatlar – tashrif buyuruvchi yoki uning nomidan boshqa shaxsni tayyorlash va safar chog’ida, shuningdek belgilangan joyda bo’lish chog’idagi iste’mol qilingan xarajatlarning umumiy summasidir. Turistik xarajatlar kontseptsiyasi asosiga bir qator tamoillar qo’yilgan. BTT tavsiyasiga muvofiq tashrif buyuruvchilar, turistlar va ekskursiyalarning iqtisodiy ahamiyatli xarajatlarigina hisobga olinadi. Taщrif buyuruvchilar xarajatlari ularning ehtiyojlarini qondirish uchun olgan xizmatlar va tovarlar qiymati bilan aniqlanadi. Ularga xilma-xil tashish bo’yicha xizmatlar, joylashtirish va uzoq foydalanishgacha uncha katta bo’lmagan narsalar, joriy turistik iste’mol tovarlari va suvenirlar kiradi. Biroq bu holda ulardan bahramand bo’luvchilar boshqa shaxslar- sayohatchilar bo’lmasalar ham qilingan xarajatlar turistik xarajatlarga kiritiladi. Turistik xarajatlar hajmini tovar va xizmatlarga amaldagi narxlarni pasaytirish chegirib tashlash, choy puli va boshqalarni hisobga olgan holda to’lov shaklidan qat’iy nazar-naqd pulmi, yo’l cheklarimi, kredit kartochkalari va boshqa usullar bilan birga belgilash tavsiya qilinadi.
Turistik xarajatlar tarkibi. Turizm statistikasi bosh muommolaridan biri turistik xarajatlar tarkibini tartibga solish bo’lib hisoblanadi. Bu tashrif buyuruvchi qilgan xrajatlar vaqti (tayyorlanishda, safar chog’ida yoki oxirida), shuningdek turizm tipi bilan shartlangan. Tegishli ravishda ichki turistik xarajatlar ajralib turadi. Bu rezidentlarni o’z mamlakati va xalqaro miqyos bo’ylab qiladigan sayohatlari bilan bog’liq. Uning ahamiyatini tushunish uchun tashrif buyuruvchini o’z joyidan ko’zda tutilgan mamlakatga yo’naltirilgan xarakati iqtisodiy tabiatni bilish muhimdir. Chiqish turistik oqim xalqaro turistik xarajatlar kategoriyasiga mansub, kirish xarajatlar esa xalqaro turizmda tushadiganga. BTT materiallarida xalqaro turistik xarajatlar doimiy-yashovchilarning u yoki bu mamlakatga xorijga sayohati vaqtida qilgan xarajatlariga qarab aniqlanadi. Boshqlar qatorida unga xalqaro tashish bo’yicha chet el kompaniyalari xizmatlari, shuningdek chetdan sotib olingan tovarlar va xizmatlar uchun oldindan haq to’lash qo’shiladi. Joriy hisob-kitoblarda juft sifatda xalqaro turizmdan tushgan ko’rsatkichlardan foydalaniladi. U xorijlik tashrif buyuruvchining boradigan mamlakatdagi barcha xarajatlari summasi sifatida hisoblanadi. Har ikala ko’rsatkich ham yagona usulda qo’rilgan bo’lib, faqat pul vositalarining chegaralari osha harakati bilan bog’liq sarflarnigina aks ettiradi.

Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling