1. Turizm investitsiyasi loyihalarining xususiyatlari Turizm industriyasida xorijiy investitsiyalarning usullari va shakllari


Download 50.22 Kb.
bet1/3
Sana18.03.2023
Hajmi50.22 Kb.
#1281909
  1   2   3
Bog'liq
11-MAVZU. TURIZMDA INVESTITSION LOYIHALARNING samaradorligi



MAVZU. TURIZMDA INVESTITSION LOYIHALARNING
SAMARADORLIGINI BAHOLASH


1. Turizm investitsiyasi loyihalarining xususiyatlari
2. Turizm industriyasida xorijiy investitsiyalarning usullari va shakllari
3. Turizm loyihalarining rivojlantirilishi
4. Turizm rivojlanishida xorijiy investitsiyalar roli


1. Turizm investitsiyasi loyihalarining xususiyatlari

Investitsiya loyihasi asosining tushunchasidan kelib chiqqan holda turizm investitsiyasi loyihasi quyidagi shaklda izohlanadi. Mavjud va kelgusidagi turizm talabining bir qismini qarshilash uchun, kirishuvchan va jamiyat foydasiga, iqtisodiy tamoyilga mos qilib tayyorlangan va formula qilingan iqtisodga turizm bilan bog’liq maxsulot va xizmat taklif qilish maqsadini tashigan loyihalarga «Turizm investitsiyasi loyihasi» deyiladi. Turizm investitsiyasi loyihasi asosiga, turizm sohasining xususiyati ichida quyidagi izohlashni keltiramiz. Turizm investitsiyasi loyihasi mavjud turizm potentsialini baholantirish, mahalliy va xorijiy turist talabini qarshilash, yangi tayyorgarlik imkoniyatlarni yaratish, mamlakatga valyuta kirishini ro’yobga chiqarib milliy rivojlanishga yordamchi bo’lish, tijoriy joyda foyda olish kabi maqsadlardan bir nechtasini ro’yobga chiqarish yuzasidan, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarib sotish uchun turizm bo’limlarining qurilish va ishlatilishiga qaratilgan loyiha ishlarining yig’indisidir1.


Turizm sektorida investitsiya loyihalari, bevosita turizm muassasasi va korxonalari, boshqa iqtisodiy korxonalardan farqli bo’lgan ma’lum xususiyatlar tashiydilar. Investitsiya beruvchi shaxs yoki korxonalar bilan loyiha tuzuvchi va baholantiruvchi mutaxassislar sektorning bosh xususiyatlarini yaqindan tanishlari, investitsiya qarorlarining olinishidan ratsional harakat qilib qolmasdan, eng mos qarorlarga erishishda asosiy unsurni hosil qiladi. Turizm sektorining tuzilishida mavjud bo’lgan dalillarning ko’pchiligi yuqori saviyalarda foyda olishlikning ro’yobga chiqishiga monelik qilmoqdadir. Turizm investitsiyalari ichida tunash korxonalari barqoror sarmoya miqdorining boshqa industriyalarga qaraganda juda ko’p ajratiladigan investitsiyalardir. Turizm investitsiyalaridagi bu barqaror sarmoya qalinligi, barqaror baholar ko’pligi, xususan sarmoyaning rentabelligi jihatidan va sarmoya aylanish tezligi jihatidan ahamiyatli bir omildir.
Investitsiya - bir muddat ichida ishlab chiqarilgan maxsulot va xizmatlarning xususiy sektor va davlat sektori tomonidan tugatilmagan va eksport qilinmagan shaklidir. Turizm investitsiyalarining xususiyatlari sababli barqaror sarmoya investitsiyasining tushunchasini mikroiqtisodiy darajada ham ko’rib chiqish kerak bo’ladi.
Bu paytda barqaror sarmoya tovarlari, inshoot investitsiyalari, asbob-uskuna, yer va bino olinishi 3 bo’limdan iborat. Faqat, turizm sektori investitsiyalari ham inshoot, usukuna va yer vositalarini o’z ichiga olmoqda. Bu dalil qarshisida, turizm investitsiyasi quyidagi shaklda ifodalanadi. “Turistlarning tunash, ovqatlanish, xordiq chiqarish va tamosha qilish ehtiyojlarini qarshilashga to’g’ri kelgan muassasa, bino va uskunalarning hammasiga ajratilgan mablag’larga turizm investitsiyasi” deyiladi. Bu tushuncha bilan, asosan yuqori tuzilish investitsiyalari qilib nomlantirilgan tunash korxonalari (mexmonxona, motel, ob’ekt, kemping, dam olish joyi, pansionat, aport-mexmonxona) nazarda tutiladi. Investitsiya loyihasi asosining tushunchasidan harakat bilan turizm investitsiya loyihasi quyidagi shaklda izohlanadi. Mavjud va kelgusidagi turizm talabining bir qismini qarshilash uchun, kirishuvchan va jamiyat foydasiga, iqtisodiy tamoyilga mos qilib tayyorlangan va formula qilingan iqtisodga turizm bilan bog’liq maxsulot va xizmat taklif qilish maqsadini tashigan loyihalarga “Turizm investitsiya loyihasi” deyiladi. Turizm investitsiyasi loyihasi asosiga, turizm sohasining xususiyati ichida quyidagi izohlashni keltiramiz. Turizmda investitsiya loyihasi mavjud turizm potentsialini baholantirish, mahalliy va xorijiy turist talabini qarshilash, yangi tayyorgarlik imkoniyatlarni yaratish, mamlakatga valyuta kirishini ro’yobga chiqarib milliy rivojlanishga yordamchi bo’lish, tijoriy joyda foyda olish kabi maqsadlardan bir nechtasini ro’yobga chiqarish yuzasidan, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarib sotish uchun turizm bo’limlarining qurilish va ishlatilishiga qaratilgan loyiha ishlarining yig’indisidir.
Turizm sektorida investitsiya loyihalari, bevosita turizm muassasasi va korxonalari boshqa iqtisodiy korxonalardan farqli bo’lgan ma’lum xususiyatlar mavjud. Investitsiya qiluvchi shaxs yoki korxonalar bilan loyiha tuzuvchi va baholantiruvchi mutaxassislar sektorning bosh xususiyatlarini yaqindan tanishlari, investitsiya qarorlarining olinishidan ratsional harakat qilib qolmasdan, eng mos qarorlarga erishishda asosiy unsurni hosil qiladi. Turizm sektorining tuzilishida mavjud bo’lgan dalillarning ko’pchiligi yuqori saviyalarda foyda olishlikning ro’yobga chiqishiga monelik qilmoqdadir. Turizmda investitsiyalari ichida tunash korxonalari barqaror sarmoya miqdorining boshqa industriyalarga qaraganda juda ko’p ajratiladigan investitsiyalardir. Turizmga ajratilgan investitsiyalardagi bu barqaror sarmoya, barqaror baholar kupligi, xususan sarmoyaning rentabelligi jihatidan va sarmoya aylanish tezligi jihatidan ahamiyatli bir omildir. Barqaror xarajatlarning yuqori bo’lishi turistik korxonalarda, xususan investitsiya qilingandan keyin boshqarish jarayonida barqaror xarajatlar asosiy xarajatlarning 70-80% nisbatigacha ko’tariladi. Buning asosiy sababi, energetika, ta’mirlash, personal, amortizatsiya, foiz va shunga o’xshash xarajatlarning to’liqligidan mustaqil bo’lib davomiylik ko’rsatishi kerak. Barqaror xarajatlarning yuqori bo’lishi, rentabellik jihatdan ahamiyatli bir rahamdir va foydaga o’tish nuqtasining ijro va hajmi, foydalanish miqdori munosabatini og’irlashtirmoqda. Turizm investitsiyasi jihatidan eng ahamiyatli xususiyat va kritik omil bu aloqadir. Quyi tuzilish muassasalari (yo’l, suv, elektr - energiya, kanalizatsiya, telefon va h.k) butunlay bo’lmagan joylarga qilingan turizm investitsiyasining foydali bo’lishi imkonsizdir.
2. Turizm industriyasida xorijiy investitsiyalarning usullari va shakllari

Katta miqdorda xorijiy yordam olayotgan mamlakatlar industrial-sanoat taraqqiyotida istalgan sur’atlarga tezda erishmoqdalar (urushdan keyingi yevropa va YAponiya). Ammo investorlar (asosan - AQSH, yevropa ittifoqi, YAponiya) bu mamlakatlar ichidan ular egallab turgan harbiy-siyosiy yoki energetik-xom-ashyo jihatdan muhim va hal qiluvchi pozitsiyalarga qarab alohida strategik mavqega ega bo’lgan davlatlarni tanlab oladilar. Bunday davlatlarga moliyalashtirish o’ta saxiylik bilan, uzoq muddatga va foizlar nuqtai nazaridan imtiyozli shartlarda amalga oshiriladi. Ammo buning salbiy tomoni ham borki, bu investorlarning o’z shartlarini qo’yishlari va ularning bajarilishini talab qilishlaridan, ularga qaramlik yuzaga kelishidan va hokazolardan iborat. Investitsiyalashning usul va shakllari turlicha bo’lishi mumkin. Masalan:


1. Turkiya va maxsus konsortsium (AQSH q 12 Farbiy yevropa mamlakatlari q 3 ta xalqaro moliyaviy tashkilot), hamkorlar (investorlar) soni ko’payganda birinchidan, mamlakatning har bir investorga shaxsan qaramligi kamayadi, ikkinchidan, kerakli miqdorda xorijiy yordam tushumi (inqirozlar davrida iqtisodiy yordamning dinamik va barqaror bo’lishi) kafolatlanadi.
2. YAponiya, o’zaro yordam va hamkorlik maqsadlarida faoliyat ko’rsatgan holda, investitsiyalashni aktsiyalarni sotib olish va uzoq muddatli qarzlar berish orqali amalga oshiradi. Bu yul bilan u o’zini mamlakatning bozori va iqtisodini egallab oluvchi emas, balki integratsiya tarafdori qilib ko’rsatadi. Ammo ayni paytda u kuplab kompaniyalar aktsiyalarining nazorat paketiga egadir va ularning faoliyatini nazorat qilib boradi.
3. Farbiy yevropa investorlarining ana’anaviy usullari xorijiy kompaniyalarning mutlaq sohiblari bo’lib olishga qaratilgan.
Iqtisodiy taraqqiyotni eng samarali tashqi moliyalashtirish davlatlararo asosda xalqaro moliyaviy tashkilotlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
Investitsiyalar:
- beg’araz yordam;
- kreditlar;
- subsidiyalar;
- qo’shma korxonalar;
- aktsiyalarni sotib olish va hokazo.
Investorlar uchun asosiy shartlar:
1) erkin konvertlanadigan valyutadagi foyda;
2) Ichki va tashqi siyosiy vaziyatning barqarorligi.
Investitsiyalashni sekinlashtiruvchi omillar quyidagilardir: xom-ashyo zaxiralarining cheklanganligi; ishchi kuchi sifatining pastligi; mexnat unumdorligining pastligi; valyutaning konvertirlanmasligi; ichki bozorning torligi va aholi to’lov qobiliyatining pastligi.
Xozirgi paytda xorijiy investorlar tog’-kon sanoati va tijorat maqsadidagi transport vositalarini ishlab chiqarishga katta qiziqish bilan qaramoqdalar. Jahon bankining bergan bahosiga ko’ra, 1994-96 yillarda moliyalashtirish ehtiyojlarining 600-700 mln. AQSH dollari miqdorida bo’lishi mo’ljallanmoqda. Bunday investitsiyalar uchun asos kuchaytirilib, islohotlar jadallashtirilsa, bevosita xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi 1997 yilga kelib yiliga 200-250 mln AQSH dollari darajasida bo’lishi mumkin.
Demak, shundan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston xorijiy investorlarni o’zining tabiiy resurslari va iqtisodiy salohiyati bilan o’ziga jalb qilmoqda.
Ammo investitsiyalashning huquqiy bazasini ta’minlash va qulay muhit yaratish uchun mumkin bo’lgan barcha shart-sharoitlarni yaratish lozim. Barcha to’siqlarni, shu jumladan katta ahamiyatga ega bo’lgan byurokratik to’siqlarni oxirigacha bartaraf qilish zarur. SHuningdek, axborot bazasi bilan bog’liq katta muammo mavjud. O’zbekiston uzoq vaqtgacha axborot vakuumida qolib keldi. Bugun ham ahvol deyarli o’zgarmagan. Uzoq vaqtgacha statik kuzatishlar o’tkazilmagan va tabiiy va mexnat resurslarining, iqtisodiyotning turli sohalarining holati tahlil qilinmagan va hokazo.
Bugungi kunda jahon axborot asri bo’sag’asida turgan bir paytda, O’zbekistonga ma’lumotlar banklar, turli kompyuter va telekommunikatsiya tarmoqlari suv bilan havodek zarurdir, chunki biz rivojlangan kommunikatsiya tarmog’ining xorijiy investorlarni qiziqtiruvchi asosiy omil ekanligiga ishonch xosil qilib ulgurdik.



Download 50.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling