1. Turizm sohasini rejalashtirishning tashkiliy mexanizmlari


Download 203.47 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi203.47 Kb.
#1522592
Bog'liq
Turizm industriyasida rejalashtirish va boshqarish


Turizm industriyasida rejalashtirish va boshqarish
Reja

1. Turizm sohasini rejalashtirishning tashkiliy mexanizmlari.


2. Turizm industriyasida mеnеjmеntning rivojlanish bosqichlari
3. Turizm industriyasidagi strategik maqsadlarga erishish muammolari
4. Turizm sanoatida mehmonxona xo’jaligini rivojlantirishda marketingning ahamiyatini
5. Mehmonxonalarda marketing munosabatlarini samarali amalga oshirishda tashkiliy strategiyalardan foydalanish
XULOSA.
ADABIYOTLAR.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda iqtisodiyotni rivojlantiruvchi tarmoqlarning biri sifatida turizm faoliyati alohida ahamiyatga ega. Butun jahon turizm tashkiloti ma`lumotlariga o’ra 2018 yil yakuniy o’rsatkichlariga o’ra xalqaro sayyohlar soni 1.4 mln. kishini tashkil qilgan. UNWTO tadqiqotlariga ko’ra butunjahon jami yalpi mahsulotining tarkibida turizmning ulushi 10% ni tashkil qiladi. Shuningdek dunyo eksportida turizmning ulushi 7% ni tashkil qiladi va 1.4 trln.$ ni tashkil qiladi.
Turizmni rivojlantirishda turistik resurslardan samarali foydalanish bilan birgalikda turizm industriyasi va infratuzilmasini takomillashtirish ham zarur bo’ladi. Joylashtirish vositalari bunda asosiy jihat o’rsatkichi hosoblanadi. Ma`lumki, keyingi o’n yillikda mehmondo’stlik sohasida juda katta o’zgarishlarga erishildi va bu soha jahondagi eng yirik va yuqori daromadli tarmoqlardan biriga aylandi. Xususan, mehmonxona xo’jaligi sohasiga umumiy investitsiyalarning 7 foizi, soliq tushumlarining 5 foizi va jahon bo’yicha sotiladigan xizmatlarning uchdan bir qismi to’g„ri keladi. Shularni hisobga olib, hozirgi kunda mehmondo’stlik sohasi mamlakat milliy iqtisodiyotini rivojlantirishning strategik yo’nalishlaridan birini o’zida namoyon etadi va uning iqtisodiy o’sishiga xizmat qiladi.
Darhaqiqat, mehmonxona xo’jaligining salohiyatini kengaytirish hamda jahon bozori va iste‟molchilarni milliy turizm mahsulotlariga jalb qilish milliy iqtisodiyotning zarur omillaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan ko’pgina mehmonxona xo’jaliklari yirik xo’jaligi uyushmalariga birlashib, davlatlararo to’siqlarni yengmoqda. Bu esa yangi iqtisodiy uyushmalar kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajasida markazlashuvi va xizmat ko’rsatishdagi jahon andozalarining respublikamizga tadbiq etishni ta`minlaydi.
Mazkur vazifalar turizm industriyasini rivojlantirish asosida ta`minlanadi. 1 UNWTO Barometr 2018 5 Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risidagi Farmoni qabul qilindi. 2 Farmonga asosan, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilib, uning III bandi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari deb nomlandi hamda unda turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilmoqda. Darhaqiqat, respublikamizda turizm sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonlari yanada davom qildirilmoqda. Chunki, qadimdan yuksak madaniyati va ilm-fani, me’moriy obidalari bilan ko’pchilikni hayratga solib kelgan yurtimiz istiqlol sharofati bilan zamonaviy sayyohlik markaziga aylandi. Chunki, sayyohlik iqtisodiyot tarmoqlarining rivoji, xorijiy valyutalarni keng jalb qilish, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish va xalqaro aloqalarni mustahkamlash ta`minlanadi. Bu esa turizm sohasidagi mehmonxonalarning faoliyatini samarali rivojlantirishga bog„liqdir. Shu boisdan ham, mintaqada mehmonxona xo’jaligini rivojlantirish uchun marketing, ya‟ni bozorni o’rganish muhim masala bo’lib qolmoqda.
Marketingni eng samarali amalga oshirish uchun marketing strategiyalaridan foydalanish lozim. Xususan, bu borada mehmonxonalarda marketing tadbirlari yordamida bozor faoliyatining keng va samarali tadqiq qilinishiga erishiladi. Natijada, turistlar oqimi ko’payadi, mehmonxonalarning iqtisodiy daromadliligi oshadi va aholining turmush farovonligi ta’minlanadi. Mazkur holatlar mehmonxona xo`jaligini rivojlantirishda marketing faoliyatining ahamiyatini dolzarbligini ko’rsatadi. Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Xorijiy mamlakatlarda mehmonxona faoliyatini rivojlantirishda marketingning ahamiyatini tadqiq qilish bo’yicha D. Landberg, A. Ansoff, R.Bolmostor, Orxan Turkay, V.Azar, V. Kristanov, 2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g„risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 6-son, 70-modda 6 A.Aleksandrova, N. Burgakov,V. Molchanov, I. Novajilova, E.Puzakova, I.Zorin, J.Kozirev va А.Коndratev kabilar tadqiqot ishlarini olib borishgan. O’zbekistonda mehmonxona xo‟jaligi faoliyatida marketingning ahamiyatini o’rganish bo’yicha respublika olimlaridan I.Tuxliyev, G„.Qudratov, M.Pardayev, N.Abdullayeva, A.Bekmurodov, F.Kamilova, R.Mirzayev, A.Saidov, N.Tuxliyev, N.Fayzibayeva, O.Xamidov, A.Soliyev, B.Safarov, M.Alyieva va S.Ro’ziyev kabilar tadqiqot izlanishlarini olib borganlar. Bitiruv malakaviy ishi obyekti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishi obyekti bo’lib mehmonxonalar, predmeti qilib mintaqada mehmonxona xo‟jaligini rivojlantirishda marketingning ahamiyatini o’rganish bilan bog„liq ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar olindi. Bitiruv malakaviy ishi maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi mintaqada mehmonxona xo‟jaligini rivojlantirishda marketingning ahamiyatini ko’rsatib berish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, bitiruv malakaviy ishining vazifalari quyidagilardan iborat: - mehmonxona rivojlantirishda marketingning tutgan o’rni va ahamiyatini yoritib berish; - marketingning mehmonxona xo‟jaligidagi ahamiyatini ochib berish; - mehmonxona xo‟jaligida marketingning faoliyat yo’nalishlarini izohlash; - mintaqada mehmonxonalar faoliyatini rivojlantirish omillari; - mehmonxonalarni rivojlantirishda innovatsion marketingning ahamiyatini yoritib berish; - mehmonxonalarda marketing munosabatlarini samarali amalga oshirishda tashkiliy strategiyalardan foydalanish yo’nalishlarini ko’rsatib berish; Bitiruv malakaviy ishining ilmiy-amaliy ahamiyati. Ushbu bitiruv malakaviy ishining ahamiyati shundaki, unda keltirilgan materiallardan mehmonxona xo‟jaligini rivojlantirishda marketingning ahamiyatini yoritib berishda, shuningdek, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida, “Turizm: nazariya va 7 amaliyot”, “Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish”, “Mehmonxona xo’jaligi menejmenti”, “Mehmonxona xo’jaligini boshqarish” va “Mehmonxona marketingi” kabi fanlarni o’qitishda keng foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishining nazariy-uslubiy asosi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari va asarlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, iqtisodiy adabiyotlar, internet saytlari va statistik ma`lumotlar, shuningdek mehmonxona xo‟jaligida marketing faoliyatiga bag„ishlangan manbalar xizmat qiladi. Bitiruv malakaviy ishi tarkibi. Ushbu ish kirish, 2 ta bob, 6 ta paragraf, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati qismlaridan iborat. Ishning I-bobi “Mehmonxona xo‟jaligini rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslari” deb nomlanib, unda mehmonxona xo‟jaligi rivojida marketingning tutgan o’rni va ahamiyati, marketing strategiyalarining mehmonxona xo‟jaligidagi ahamiyati hamda mehmonxona xo‟jaligida marketingning faoliyat yo’nalishlari yoritib berilgan. Ishning II-bobi “Mehmonxona xo‟jaligini rivojlantirishda marketingning ahamiyatini oshirish yo’nalishlari” deb nomlanib, unda mintaqada mehmonxonalar faoliyatini rivojlantirish omillari, mehmonxonalar faoliyati samaradorligini oshirishda innovatsion marketing faoliyatining ahamiyati, mehmonxonalarda marketing munosabatlarini samarali amalga oshirishda tashkiliy strategiyalardan foydalanish yo’nalishlari ko’rsatib berilgan. 8 I-BOB. MEHMONXONA XO‟JALIGINI RIVOJLANTIR

Turizmni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish bosqichlari


O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasidagi qonunlar Oliy Majlis tomonidan belgilab beriladi. O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustdagi «Turizm to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq mamlakatimizda turizmni boshqarish va rejalashtirish organlari tizimi yaratilgan va faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Turizm sohasida markaziy davlat ijroiya hoqimiyati organi «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi hisoblanadi.


«O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining kadrlar tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Turistlik faoliyatning davlat reestri ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarning hisob-kitobini olib boradi.
Turistlik xizmatlarga bo‘lgan talabni o‘rganish va bashorat qilish, talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, turizmni uning barcha bosqichlarida rivojlantirish uchun kompaniya qoshida Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot konsalting markazi tuzilgan.

Milliy, mintaqaviy va mahalliy darajalarda turizmni rejalashtirish jarayoni qo‘yidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi (13.1-chizma)6. Ko‘rsatilgan bosqichlarning har birini tavsiflaymiz:

1. Rejalashtirishning maqsadlari, yo‘nalishlari va vazifalarini belgilab olish. Turli ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga mos ravishda va turizmga yetishi mumkin bo‘lgan minimal salbiy ta’sirlarni hisobga olgan holda turizmni rivojlantirish zaruriyati, imkoniyati va yo‘llari baholanadi.

2. Tadqiqotni tayyorlash. Turizmni rivojlantirish sohasidagi istiqbollar ochib beriladi va mo‘ljallar belgilab olinadi, iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy muammolar, shuningdek, eng muhim institutsional elementlar (tashkil qilish va boshqarish, qonunchilik va me’yoriy hujjatlar, investitsiyalarni jalb etish va h.k.) ko‘rib chiqiladi. Rejani bajaruvchilarini tanlab olish, mahalliy hoqimiyat organlari va jamoatchilikni jalb qilish, tadqiqotni o‘tkazishni tashkil qilish amalga oshiriladi.


Rasm 13.1. Turizmni rejalashtirshning bosqichlari


3. Rejalashtirishning barcha elementlarini tadqiq etish. Bunda turizmning barcha jihatlari (geografiya, raqobatlashuvchi turistlik firmalar, turistlarning kelishidagi tendensiyalar, mavjud va potensial diqqatga sazovor joylar, joylashtirish, transport, ovqatlanish vositalari va h.k.) bo‘yicha miqdoriy va sifat omillari va ko‘rsatkichlari aniqlanadi, bevosita joyning o‘zida ob’ektlar tadqiq etiladi, hujjatlar o‘rganiladi, mahalliy hoqimiyat organlari va jamoatchilik vakillari bilan munozarali kengashlar o‘tkaziladi.

4. Analiz va sintez. Turizmning rejalashtirilayotgan turining barcha tashkil etuvchilarini tadqiq qilish natijasida olingan axborotni sifat va son jihatidan qayta ishlash amalga oshiriladi, shuningdek, ishlarning holatini yanada to‘liqroq tushunish uchun tahlilning turli komponentlari birlashtiriladi va integratsiya qilinadi. Turizm bozorining kon’yunkturasi va uni iqtisodiy ta’sirlar, turizmning institutsional elementlari va h.k.lar tahlil qilinadi.

Turizmni rivojlantirishning asosiy imkoniyatlari, unda muammolar va to‘sqinlik qiluvchi omillar aniqlanadi, turistlik biznes sifatini pasaytiruvchi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqiladi. O‘xshash turistlik mahsulotlar va bozorlarga ega mavjud va ehtimol qilingan potensial raqobatchilarning faoliyati hisobga olinadi.

5. Siyosat va rejani ishlab chiqish. Turizmni rivojlantirish siyosati va tegishli tizimiy reja ishlab chiqiladi. Birinchi navbatda rivojlantirishning sarf-harajatlar va foyda muvozanatda bo‘ladigan muqobil variantlari ko‘rib chiqiladi. Bunda quyidagi mezonlar qo‘llaniladi: rivojlantirish masalalarini hal qilishning ehtimol tutilgan murakkabligi, iqtisodiy foydalarni optimallashtirish, ijobiy ekologik va ijtimoiy-madaniy omillarni kuchaytirish, salbiylarining ta’sirini eng kam darajaga yetkazish, boshqa turistlik korxonalar bilan samarali raqobat qilish. Ko‘p variantli baholash asosida siyosatning so‘nggi yo‘nalishlari va reja tuzilishi aniqlab olinadi.


Rejalashtirishning ushbu bosqichida turizmni rivojlantirish va takomillashtrishning eng maqsadga muvofiq modellarini qabul qilish uchun mahalliy hoqimiyat organlari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan mustahkam aloqa bog‘lash zarur.

6. Boshqa tavsiyalar. Ko‘p variantli modellar tuziladi va ulardan eng maqsadga muvofiqlari tanlab olinadi.

7. Rejani bajarish va nazorat qilish. Rejaning so‘nggi varianti haqqoniy va bajarish mumkin bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan rejani amalga oshirish modellari ishlab chiqiladi.
Rejani amalga oshirish bo‘yicha ishlar davomida uni bajarish muddatlari va bo‘limlari bo‘yicha nazorat qilinadi. Bu yo‘l qo‘yilgan chekinishlarni aniqlash va ularni bartaraf qilish bo‘yicha tezkor choralar qabul qilishga imkon beradi.

13.2. Turizmni rivojlantirish rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ularning bajarilishini ta’minlash.

Rejalar va dasturlarni ishlab chiqishda birinchi navbatda ratsional rejalashtirish tamoyillarini qo‘llash zarur. Ular biror-bir ekologik yoki ijtimoiy muammolarsiz katta iqtisodiy foyda olishga imkon beradi. Bunda kompleks yondashuvga alohida e’tibor qaratish zarur. U iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va madaniy jihatlarning mutanosibligini nazarda tutadi va barcha bosqichlarda turizmning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.
Kompleks rejalar va tavsiyalar ko‘plab o‘zaro bog‘langan, har xil elementlarni o‘z ichiga olishi zarur. Ulardan asosiylari quyidagilardir:

turizmni rivojlantirishning iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlari hamda yo‘nalishlari;

umumiy bazaviy tahlil – mamlakat, mintaqa haqida tarixiy ma’lumotlar olish, ularning qisqacha geografik tavsifi, tabiiy halokatlarga moyilligi (vulqonlar, zilzilalar, bo‘ronlar va h.k.) iqlimiy sharoitlar, atrof-muhitning sifati, mintaqani umumiy rivojlantirish rejalari va dasturlari hamda ularning turizmga ta’siri, demografik, madaniy modellar, iqtisodiyotdagi mavjud sektorlarning modellarini rivojlantirish tendensiyalari (aholining daromadlari, uning bandligi va b.);

infrastruktura jihatidan tahlil va tavsiyalar – mintaqa yoki mamlakatga turli transport vositalari bilan kirish, o‘tkazish potensiali va turistlar uchun qulayliklar; turistlik zonalardagi kanalizatsiya, telekommunikatsiya; infrastrukturani takomillashtirish bo‘yicha mavjud va amalga oshirilayotgan rejalar va dasturlar; turizmning rivojlanishini to‘xtatib qo‘yadigan infrastruktura omillari, infrastrukturani takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar;

turistlik diqqatga sazovor joylar, ularni yaxshilash bo‘yicha faoliyat turlari – mavjud potensial diqqatga sazovor joylarni tadqiq etish va ularni toifalarga bo‘lgan holda (tabiiy, madaniy va boshq.) ro‘yxatini tayyorlash; diqqatga sazovor joylardan foydalanish nuqtai nazaridan ularni baholash; ularni saqlab qolish bo‘yicha tavsiyalar va chora-tadbirlar; sezilarli ijobiy va salbiy omillar (siyosiy beqarorlik, tabiiy haloqatlar, jinoyatchilik va boshqa.);

mavjud va rejalashtirilayotgan turistlik ob’ektlar va xizmatlarni baholash va ularni yaxshilash – turlar va sayohatlar tashkil qilish, joylashtirish vositalari, restoranlar, banklar, valyuta almashtirish punktlari, magazinlar bo‘yicha tavsiyalar;

turizmning tavsiya qilinadigan hajmlari va shakllari – mamlakat yoki mintaqa (tuman) doirasida turistlik o‘tkazish potensiallarini turistlarning qoniqqanligini hisobga olgan holda aniqlash, turizmning eng maqsadga muvofiq shakllari, hajmlari va ko‘lamini asoslab berish;

bozorni tahlil qilish va bashorat qilish – umumjahon, xalqaro, mintaqaviy va mahalliy modellar; turistlik kelishlarning modeli va tendensiyalari; mazkur mamlakat yoki mintaqaga kelayotgan turistlarning umumiy harakteristikasi; raqobatlashayotgan turistlik ob’ektlarning ta’siri; turistlik diqqatga sazovor joylardan, ob’ektlardan va xizmatlardan mahalliy aholining foydalanishi; bozor maqsadlariga erishish uchun joylashtirish vositalarini bashorat qilish;

tavsiya qilinadigan turizmni rivojlantirish va strukturaviy reja – iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy-madaniy omillarni qamrab oladigan strategik ko‘rsatma; turistlik diqqatga sazovor joylarning tiplari va joylashishi; turizmni rivojlantirish tumanlari (turistlik zonalar) va transport aloqalari; muddatlar bo‘yicha qurilish bosqichlari; turistlik-ekskursiya marshrutlarini ko‘rsatgan holda turlarning modellari va dasturlari;

iqtisodiy tahlil va tavsiyalar – turistlik harajatlarning mavjud va bashorat qilinayotgan hajmi va turlari; turizmning mamlakat (mintaqa) iqtisodiyotiga bashorat qilinayotgan ta’siri, xorijiy valyutadagi daromadlar; tushgan daromadlar; aholining bandligi; davlat daromadlariga qo‘shilgan ulush; turizmning mahalliy, mintaqaviy va milliy darajadagi iqtisodiy foydasini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar;

ekologik jihatlar va tavsiyalar – turizm bilan bog‘liq mavjud ekologik muammolar va ularni yumshatish bo‘yicha tavsiyalar; kelgusida ekologik salbiy oqibatlarni bartaraf etish va ijobiy ta’sirlarni kuchaytirish, turistlik tumanlarning umumiy ekologik sifatini kuchaytirish, atrof-muhitni saqlash, ekologik merosni asrash sohasidagi siyosat va dasturlarning zarur yo‘nalishlarini tanlab olish bo‘yicha chora-tadbirlar; aniq turistlik loyihalarning ekologik ta’sirini baholash;

ijtimoiy-madaniy jihatlar va tavsiyalar – turizm keltirib chiqargan ijobiy va salbiy ijtimoiy-madaniy ta’sirlar; salbiy ta’sirlarni yengillashtirish va ijobiylarini kuchaytirish; turizmga nisbatan ma’rifat dasturlari, turistlarga mahalliy madaniy an’analar va xulq-atvor qoidalarini tushuntirish to‘g‘risidagi axborot beruvchi materiallar; mahalliy aholining turizmning barcha jihatlarida ishtirok etishi;

institutsional jihatlar va tavsiyalar – davlat, tijorat va xususiy tuzilmalarning turizm sohasidagi o‘zaro hamkorligini baholash, turizmni samarali boshqarish va davlat idoralari, davlat sektori va xususiy sektor o‘rtasida faoliyatni muvofiqlashtirish uchun mavjud tuzilmalarga o‘zgartirish kiritish yoki yangilarini tuzish; turizm sohasida amaldagi qonun-qoidalarga baho berish, amaldagi tavsiyalarga o‘zgartirishlar kiritish yoki yangilarini qabul qilish; turizm sektoriga investitsiyalar keltirish uchun moliyaviy va inson resurslarini baholash; ta’lim va kasbiy tayyorgarlik dasturlari va boshqalar.

Rejalashtirish jarayonining muhim qirrasi strategiya va reja tavsiyalarini amalga oshirish uslublarini aniqlash hisoblanadi. Buning uchun avvaldan uni bajarish yo‘llari va usullarini ishlab chiqish zarur. Keyingi paytlarda maxsus tushuntiruvchi hujjatlar tobora keng tarqalmoqda. U rejani amalga oshirishdagi izchillik bo‘yicha rahbariy ko‘rsatma hisoblanadi.


Loyihani tegishli darajada (hukumat, mintaqaviy va mahalliy hoqimiyat organlari, firma) har tomonlama ko‘rib chiqqach va kelishib olingach, rejaning so‘nggi varianti qabul qilinadi va uning moliyaviy asosi tashkil qilinadi. U bajarilishi davomida o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Rejani amalga oshirishning uzviy tarkibiy qismi uning quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bajarilishini nazorat qilib borish hisoblanadi: turistlik kelishuvlar soni va xususiyati; turistlarning qoniqqanlik darajasi; turizmning ham umumiy, ham alohida aniq loyihalarga nisbatan iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy-madaniy ta’siri.

Rejadagi tadbirlarni bajarish muddatlariga qat’iy amal qilish muhim ahamiyatga ega. Bunda matematik uslublar va kompyuter texnikasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Uzluksiz boshqarish haqida hech qachon yoddan chiqarmaslik kerak. U quyidagilarni qamrab oladi:

bozorlardagi o‘zgarayotgan tendensiyalarga va mahsulotlarning evolyutsiyasiga moslashish;

ob’ektlar va xizmatlarning sifatini qo‘llab-quvvatlash va oshirish;

ijtimoiy va geografik jihatdan turizmning foydasini doimiy ravishda oshirib borish;

muammolar yuzaga kelishi bilan ularni hal qilib borish va h.k.

Shunday qilib, turizmning barqaror rivojlanishi uchun rejalarda ishlab chiqilgan tadbirlarni aniq bajarish va ushbu jarayonni samarali boshqarish talab etiladi.


13.3.Turizm indutriyasining rivojlanishini rejalashtirish mexanizmi
Turizm sohasi eng murakkab kompleks tizimdan iborat bo‘lib, u o‘z ta’sir kuchi ostiga iqtisodiyoning turli tarmoqlarini jalb qiladi. Shu bilan birga 1990-yilga qadar ko‘pgina davlatlar turizmni biror bir rejasiz rivojlantirib keldilar va unga jamiyatning umumiy iqtisodiy rivojlanishi deb qaraldi. Tajriba shuni ko‘rsatdiki, turizmni nazoratsiz, tasodifiy rivojlanishi ko‘pgina ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni vujudga keltirdi, bu o‘z navbatida atrof-muhitning tanazzuliga va milliy o‘zlikning yo‘qolishiga va turistlar oqimining kamayishiga, oqibatda iqtisodiy yo‘qotishga olib keldi.
Hozirgi paytda jahon bozorida ko‘pgina davlatlar iqtisodiyotining raqobatsizligi sharoitida ko‘pgina hukumatlar turizmni xattoki o‘zlarining yagona iqtisodiy rivojlanish imkoniyati deb qarashadi. Turizmga jamiyatni va iqtisodiyoni rivojlantiruvchi usul sifatida yondashish, uning aholi bandligini ta’minlovchi mukammal manba sifatida qaralmoqda. Shuningdek, daromadni ko‘paytirish va turli sabablarga ko‘ra tabiiy va madaniy yo‘qotishlarni tiklashga yordam beradi deb qaralmoqda. Bu bevosita O‘zbekiston Respublikasiga ham taalluqlidir.

Shu sababli, ayni vaqtda turizm industriyasi rivojiga ega hamma davlatlar shunday qarorga kelishdiki, turizmni rejalashtirish ular taraqqiyoti rivojlanishining asosini tashkil etadi

Ammo, turizmni rejalashtirishni o‘rganishni va tahlil qilishni boshlashdan oldin turizmni rejalashtirish nima ekanligini va u nima uchun kerakli ekanligini o‘zlashtirish lozim.

Turizmni rejalashtirish sohasidagi mashhur amerikalik mutaxassis va xalqaro maslahatchi Edvard Inskip bu tushunchani bir qator maqsad va vazifalarni amalga oshirishdagi kelajakni tashkil etish deb tavsiflaydi.

Turizmni rejalashtirishning zarurligi va muhimligi haqida birinchi marta 1989-yilda Gaagada Niderland xalqaro parlament tomonidan uning Xalqaro Parlament Ittifoqi (XPI) va Butunjahon turistlik tashkilotlari taklifi bilan o‘tkazilgan Xalqaro parlament konferensiyasida qabul qilingan mashhur Gaaga deklaratsiyasida bayonot qilindi.

Gaaga deklaratsiyasi birinchi navbatda turizm qishloq xo‘jaligi, , sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, ta’lim va shu kabi birinchi darajali tarmoqlar qatorida davlatning murakkab rivojlanish rejalarini tashkil etishi to‘g‘risida chora-tadbir qabul qilinishi zarurligini ma’lum qildi. Shunday qilib, turizm davlat tomonidan e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan boshqa ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlar singari rasmiy tarmoq sifatida qaralishi kerak.

Bu deklaratsiyada quyidagilar uchun samarali tadbirlar qabul qilinishi zarurligi ma’lum qilinadi «barqaror rivojlanish konsepsiyasiga asoslangan turizmni rivojlantirishning murakkab rejalashtirishiga yordamlashish, shuningdek turizm davlat hokimiyati tomonidan turizm industriyasi ishtirokida bosqichma-bosqich rejalashtirilishi kerakligi».

Hozirgi vaqtda xalqaro darajada turizm rivojlanishini rejalashtirish va nazorat qilish uning rivojlanish muvaffaqiyati uchun lozimligi qabul qilindi. Turizmni rejalashtirish yana shu dalil bilan tasdiqlanadiki, rasman birinchi darajali va turizm bo‘yicha dunyoda eng mashhur xalqaro, davlatlararo tashkilot hisoblangan Butunjahon turistlik tashkiloti (BTT) davlatlarga turizmni rivojlantirish mintaqaviy strategiyalarida, turizm siyosatida, o‘ziga xos mintaqalarni hisobga olgan holda turizmni rivojlantirishda, turistlik faoliyatining milliy iqtisodiyot va turizmni rejalashtirishning istiqbolini baholashda amaliy yordam ko‘rsatadi.

Shu bilan birga turizmni rejalashtirishda salbiy ta’sirlarning oldini olishga va jamiyatning maqsad va vazifalarini bajarishga qaratilgan holda aytib o‘tilganidek barqaror rivojlanish prinsiplariga mos holda olib boriladi.

Turizm milliy, mintaqaviy, mahalliy darajalarda, shu bilan birga «destinatsiya» rejasiga yoki «turizmni rivojlantirish mintaqalariga» muvofiq rejalashtiriladi.

Milliy va mintaqaviy darajalar (uzoq muddatli, va turizm rejalashtirish strategik darajasi), turizm rivojlanish siyosatining umumdavlat, mintaqaviy va respublika darajasida shakllanishini ko‘zda tutadi, mazkur rivojlanishning qonunchilik asoslari, turistlik faoliyatni muvofiqlashtirish ham milliy, ham xalqaro darajada, turizm rivojlaninishining boshqa zaruriy elementlarining ko‘rib chiqilishini talab qiladi.

Strategik turistlik rejalashtirishning birinchi galdagi funksiyasi, milliy turistlik siyosat yaratishdan iborat. Bunda ushbu siyosat, turistlik rivojlanishda va mamlakat aholisi hayotida muhim o‘rin egallaydi. Turizm siyosatining boshqarish tizimini yaratish milliy darajada turizmni rejalashtirilishining muhim omili hisoblanadi.

Milliy darajada xorijiy va mahalliy amaliyotdan kelib chiqqan holda boshqa muhim vazifalar qo‘yidagilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:

moddiy bazaning strategik rejalashtirilishida, turistlik ko‘rsatuv asosiy ob’ektlari aniqlanib, turistlik rivojlanish mintaqalari va asosiy transport arteriyalari (yo‘nalishlari) ko‘rsatiladi,

xavfsizlik, kadrlar tayyorlash va ko‘p davlatlarda sog‘liqni saqlash kabi yo‘nalishlarning milliy standartlarini yaratish.

Shu bilan birga turizmni rejalashtirishga rahbarlik qiluvchi davlat ijroiya hukumatining turli darajalari orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ham eslatib o‘tish lozim. Turizmni rivojlantirishning milliy va mintaqaviy dasturlari qanchalik muvaffakiyatli amalga oshirilsa, mahalliy shahar va tuman hokimiyatlari shunchalik ko‘proq jalb qilinadi.


Turizmni rejalashtirishning mahalliy darajasi o‘z ichiga turistlik ko‘rsatadigan ob’ekti mahalliy dasturlarni tuzishni va rivojlantirishning tafsilotlarini, diqqatga sazovor joylarni, xordiq chiqarish mintaqalarini, turli xildagi shahar turizmi, madaniyat, fan va boshqalarni qamrab oladi.

Uzoq muddatli va strategik rejalardan farqli o‘laroq, turizmni rejalashtirishning mahalliy darajasi aniq mintaqalar, ob’ektlar, xizmatlar yoki muassasaviy elementlar bilan bog‘liq tezkor savollarga javob berish va yechishga qaratilgan.

Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, turizm rivojining mahalliy darajasi mintaqaviy va milliy rivojlanishga asosan olib borilib va o‘z mazmuni jihatidan ularga zid bo‘lmasligi kerak.

Odatda mahalliy darajadagi turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq faoliyatga quyidagilar misol bo‘ladi:


rekratsion mintaqalarni funksiyaviy zonalashtirish, ularni rejalashtirish yechimini aniqlash, manzaralarni loyihalashtirish, alohida ob’ektlarni arxitektura-rejalashtirish tashkilotlarini joylashtirish va ularning prinsiplari;

mahalliy normativ-huquqiy aktlarni tuzish va ularga rioya qilish;

turizm rivojiga qiziquvchi barcha odamlar va tashkilotlarning bu jarayonga qatnashishiga yordamlashish;

joylardagi turistlik infrastrukturusini rejalashtirish, jumladan suv, issiqlik va elektroenergiyalaridagi talablarni hisobga olgan holda;

mahalliy aholi uchun barcha turistlik ob’ektlariga kirish mumkinligini ta’minlash;

rekratsion va maishiy xizmatlar bilan turistlarga qanday bo‘lsa mahalliy aholi uchun ham shunday ta’minlash;

kasbiy ta’lim, mahalliy turizm industriyasi uchun kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatishga va boshqa xizmatlarga yordamlashish;

turizm rivojini moliyalashtirish;

mahalliy diqqatga sazovor joylarning marketingi va turistlik dasturlarini oldinga siljitish;

soliq solish muammolari.

Qator davlatlar tajribasida mahalliy ma’muriyatning turizmni rejalashtirish jarayonida qatnashishi turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bilan belgilanadi. Masalan, mahalliy ma’muriyat turizmni rivojlantirish mintaqasini belgilashda, uning boshlangich ishtiroki katta bo‘ladi: mahalliy hokimiyat arxitektorlarni, muhandislarni, iqtisodchilarni, sotsiologlarni, ekologlarni va boshqa mutaxassislarni ishga yo‘llaydi. Dasturni amalga oshirish tadbirlari jarayonlarida ma’muriyat asta-sekinlik bilan faoliyatini kamaytiradi va moliyani tashkillashtirishda, mutaxassislarni va maslahatchilarni yo‘llashda, qurilishda, turizm infrastrukturasini va xizmatni boshqarishda yetakchilik faoliyatini xususiy sektordagi kompaniyalarga beradi.


Turizmni rejalashtirish g‘oyat mehnattalab va murakkab ish hisoblanadi, shuning uchun turizmdagi har qanday faoliyatni rejalashtirishda va amalga oshirishda turizm faoliyatining yo‘nalishiga va natijasiga haqiqiy ta’sir ko‘rsata olishga qodir bo‘lgan shaxslar va tashkilotlar qatnashishadi. Odatda ularga quyidagilar kiradi:

mahalliy aholi;

biznes sohasi (xatto ba’zan turizmga bog‘liq bo‘lmaganlari ham);

siyosiy va boshqa rasmiy shaxslar;

malakaviy birlashmalar va turizm sohasidagi ishchilarining jamoaviy tashkilotlari;

turizm qonunini ishlab chiqaruvi va rivojlanishi bilan bog‘liq rasmiy hukumat vakillari va har qanday darajadagi ma’muriyatlar.

Ushbu sanab o‘tilgan vakillar o‘ziga xos ulush bilan kelib, umumiy qaror qabul qilish stoliga o‘z bilimlarini va takliflarini qo‘yadilar. Yana bir bor ta’kidlab o‘tish lozimki, ularning ishtiroki asosan rejalashtirish jarayonining boshlang‘ich pog‘onasida umumiy qo‘llab-quvvatlash uchun muhim va bu jarayonning barqarorligini ta’minlaydi, shuningdek kelajakda turli sabablarga ko‘ra turizmni rejalashtirishning birinchi pog‘onasida qatnasha olmagan shaxslar va tashkilotlar tomonidan paydo bo‘ladigan muammolar ehtimolini kamaytiradi.
Turizmni rejalashtirish murakkab jarayon bo‘lib, o‘z ta’siri ostiga turli faoliyat sohalaridan ko‘p shaxslarni va tashkilotlarni jalb qiladi. Biroq, xalqaro tajriba ko‘rsatishicha, murakkab turizmni rejalashtirish dastlab amalga oshirilmasa, turistlik markazlarida vaqti-vaqti bilan muammolar (asosan ekologik va ijtimoiy xususiyatli) yuz beradi, bu birinchi navbatda turistlarga ayon bo‘ladi va raqobatning qattiq bosimi ostidagi zamonaviy turizm bozorida turistlar darhol o‘zlariga boshqa joyni tanlashadi.

Shu bilan birga turizmni rejalashtirish, xuddi boshqa turdagi ishni rejalashtirish kabi muvaffaqiyatga erishish maqsadini, muammoga yo‘l qo‘ymaslikni va uni bartaraf qilishni talab qiladi. Ma’lumki, murakkab rejalashtirish vaqt va uzoq davom etadigan muhokama va bahslarni talab qilishi mumkin, chunki turli siyosiy partiyalar, hokimiyat va ma’muriyat strukturalari hamda mahalliy aholi o‘zlarining shaxsiy maqsad va qiziqishlari bilan qatnashadilar.

Ammo rejalashtirishning umumiy mazmuni shundaki, uni rivojlanishning asosiy yo‘nalishi va turi qilib belgilash, ustunligini baholash taklif qilingan rivojlanish konsepsiyasidagi yetishmovchiliklarni aniqlash lozim, agar shunday qilinmasa yo‘l quyilgan xatolar juda qimmatga tushadi yoki ular hech qachon tuzalmaydigan holga keladi.

Shunday qilib, turizm puxta va mukammal rejalashtirilganda ko‘plab bevosita va bilvosita iqtisodiy foydalar keltirishi mumkin.


2.Turizm industriyasida mеnеjmеntning zarurligi


O‘zbеkistonda bozor iqtisodiyotining shakillanishi jahon bozorlarida turizm sohasidagi kеskin o‘zgarishlar davriga to‘g‘ri kеldi. Jahonda turizm iqtisodiyotning ahamiyatli tarmoqlaridan biriga aylandi. Turizm industriyasi millionga yaqin ishchi va xizmatchilarni ish joylari bilan ta’minlab, ular kasb mahoratining o‘sishiga imkoniyatlar yaratib bеrmoqda. Shuni aytib o‘tish kеrak-ki, bu sohada ish bilan ta’minlanish boshqa sohalarga qaraganda ikki barobar tеz o‘smoqda. Ichki va xalqaro turizm rivojlanishi tartibsiz ravishda sodir bo‘lmaydi. Bu boshqarilishi lozim bo‘lgan inson faoliyatining maxsus shaklidir. Turizm industriyasida mеnеjmеntning rivojlanishiga ijtimoiy-iqtisodiy, tеxnik va tеxnologik omillar ta’sir qiladi. Masalan, iqtisodiyot bеradigan daromadlarsiz turizmning ommaviyligiga erishib bo‘lmaydi, dеmak boshqarilish vositasi ham mavjud bo‘lmaydi.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning dam olish huquqlari bеlgilab qo‘yilgan, lekin bu huquqdan foydalanish uchun qator ijtimoiy yo‘nalishdagi muammolarni hal qilish lozim: transport, yo‘l, ovqatlanish va boshqalar shular jumlasidandir. Bu еrda boshqarilishi kеrak bo‘lgan turizm infratuzulmasi nazarda tutilmoqda.
Mеnеjmеnt sohasi bo‘yicha turizm tashkilotlari oldiga ikkita o‘zaro bog‘liq vazifa qo‘yiladi[1]:
-bozor munosabatlarini butunlay amaliyotga kiritish ya’ni turizm mеnеjmеntiga bozor iqtisodiyoti mazmunini singdirish;
-turizm sohasidagi “nou-xau” yangiliklarini yangi asr sharoitiga moslashtirish, ya’ni dunyodagi shu yo‘nalishda bo‘lgan o‘zgarishlarni maksimal ravishda hisobga olish.
Turizm industriyasi mеnеjmеnti kursining vazifasi turizm industriyasini boshqarish modеli hamda rivojlangan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda turizm sohasidagi muvaffaqiyatlarni tahliliy ravishda talabalarga tushuntirishdan iborat.
Turizm rivojlanishi jarayonida, bu tushunchaning turli talqinlari paydo bo‘ldi. Turizim tushunchasiga ta’rif bеrish uchun avval uning jarayon sifatiga bеlgilarini ajratib olish kеrak.
1. Joy o‘zgartirilishi. Bu еrda mulohaza oddiy muhitdan tashqarida bo‘lgan joyga safar haqida bormoqda (uydan ish joyigacha bo‘lgan safar bundan mustasno).
2. Boshqa bir joyga kеlib joylashish. Bu еrda asosiy shart joylashish joyi doimiy yoki uzoq muddatga mo‘ljallanmasligidan iborat (joylashish 12 oydan oshmasligi kеrak).
3. Ziyorat manzilgohidagi manbadan mеhnat to‘lovi. Safarning acosiy maqsadi, ziyorat manzilgohidagi manbadan to‘lanadigan mеhnat faoliyatini amalga oshirishdan iborat emas (bunday shaxslar sayyohlar emas, balki emigrantlar hisoblanadi).
Dеmak, turizm bu munosabatlar, aloqalar va voqea-hodisalar bilan birgalikda kishilarning safari va ularning doimiy yoki uzoq muddatga mo‘ljallanmagan joylashuvi va ularning mеhnat faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan majmuadan iborat. “Turizm” so‘zi “grand tour” (katta sayohat) iborasidan kеlib chiqqan bo‘lib, boshqa madaniyatlar bilan tanishuvga mo‘ljallangan safar tushuniladi. Turizm shu jumladan turkorxonalar va birinchi navbatda turizm tashkilotchilari va vositachilari faoliyatidan iborat. Shunday qilib, turizm iqtisodning boshqarilishi kеrak bo‘lgan va o‘z ichiga turizm tashkilotchilari va vositachilarining faoliyatini qamrab oluvchi tarmoqdir.
Mеnеjmеntning asosiy ta’lim maktablari va g‘oyalari
1. Ta’limotlar bo‘yicha yondashuv:
- ilmiy boshqaruv ta’limot maktabi;
- ma’muriy boshqaruv;
- insonlar orasidagi munosabat va xati-harakat haqidagi fanlar;
-boshqaruv fani yoki miqdoriy uslublar.
2. Jarayon yondashuvi-boshqaruvni uzluksiz boshqarish funksiyalarining yig‘indisi sifatida o‘rganadi.
3. Tahliliy yondashuv.
4. Vaziyat yondashuvi.
To‘rt ta’limot maktabining boshqaruv fikrining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi:
A. Ilmiy boshqaruv ta’limot maktabi:
a) vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi uslublarni aniqlashda ilmiy tahlildan foydalanish;
b) vazifalarni bajarish uchun eng mos kеladigan xizmatchilarni tanlash va ularni o‘rgatish;
v) o‘z vazifalarini samarali bajarishi uchun xizmatchilarni kеrakli rеsurslar bilan ta’minlash;
g) ish unumdorligini oshirishda moddiy rag`batlantirishdan tizimli yondashuv asosida va to‘g‘ri foydalanish;
d) rеjalashtirish va fikr yuritishni ish bajarishdan ajratish.
B. Mumtoz (klassik) boshqaruv ta’limot maktabi:
a) boshqaruv tamoyillarining rivojlanishi;
b) boshqaruv vazifalarini ta’riflash;
v) butun tashkilotni boshqarishga tizimli yondashuv.
D. Insonlar orasidagi munosabat ta’limot maktabi va xati-harakat haqidagi fanlar ta’limot maktabi:
a) shaxslararo munosabatlar uslubini qo‘llab qoniqish darajasi va unumdorlikni oshirish;
b) insonlar orasidagi munosabat fanlarini boshqaruv va tashkilot shakllanishida qo‘llash.
E. Ilmiy boshqaruv ta’limot maktabi:
a) modеllarni qo‘llab murakkab boshqaruv muammolarini anglash;
b) murakkab vaziyatlarda qaror qabul qiluvchi rahbarlarga yordam bеruvchi miqdoriy usullarni rivojlantirish.
Jarayon yondashuvi. Boshqaruv vazifalariga: rеjalash, tashkil qilish, motivatsiya va nazorat kiradi. A. Fayolning fikriga ko‘ra ular o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil faoliyat olib boradi.
Rеjalashtirish 3 savolga javob bеradi:
1. Hozirgi vaqtda biz qayеrdamiz (afzallik va kamchiliklarni aniqlash)?
2. Atrof-muhitga baho bеrib, qaysi yo‘nalishda harakat qilmoqdamiz (raqobatchilar, tеxnologiya va iqtisodiy vaziyat)?
3. Ko‘zlangan natijaga qanday erishmoqchimiz?
Tashqil qilish - ma’lum bir tuzilmani yaratish hisoblanadi. Tashkilotga kim kiradi va nima bilan shug`ullanishi kеrak?
Motivatsiya-tashkilot a’zolarining rеjani bajarishi va ular bajarayotgan ish topshirilgan (dеlеgirovaniе) majburiyatlarga mos kеlishi dеmak.
Rag‘batlantirish-inson ehtiyojlarini yaxshi ish orqali qondirishdan iborat.
Nazorat - tashkilot o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishini ta’minlovchi jarayon.
Boshqaruv nazoratining 3 qirrasi mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
- standartlar o‘rnatilishi, ma’lum vaqt oralig`ida bajarilishi kеrak bo‘lgan maqsadlarni yaqqol aniqlash;
- erishilgan natijani baholash va ko‘tilgan natija bilan solishtirish;
- to‘g‘rilash va aniqlik kiritiladigan jarayon, to‘g‘ri qaror qabul qilish va aloqa (kommunikatsiya, axborat almashinuvini talab etadi.
To‘g`ri qaror qabul qilish uchun mutanosib (adеkvat) axborot kеrak. Uni olish uchun ishonchli kommunikatsiya zarur bo‘ladi.
Turizmda tizimli boshqaruv
Tizimli yondashuv-odatda tashkilotning o‘zaro aloqalari ko‘rsatilgan blok-sxеma ko‘rinishida tasvirlanadi. Aniqrog‘i harakatlanuvchi tasvir-“lyubayl” yaratiladi. Agar rahbariyat tashkilotning bir qismini o‘zgartirsa, bu holat tashkilot funktsiyalariga ta’sir etadi. Tizim - butunlik yoki yaxlitlik, tarkibiy qismlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, har biri butunlik tavsifiga o‘z hissasini qo‘shadi. Masalan, tizimga mashina, kompyutеr, tеlеvizorlar misol bo‘la oladi.
Yondashuvning markazida vaziyat, ya’ni, muayyan vaqtda tashkilotga kuchli ta’sir o‘tkazadigan vaziyatlar to‘plami turadi.
Vaziyat o‘zgaruvchilari ichki va tashqiga bo‘linadi.
Turizmda vaziyatli boshqaruv
Ichki o‘zgaruvchilar odatda tashkilotda qo‘laniladigan qarorlarni boshqarish natijasi, unga tashkilotning quyidagi tavsifi kiradi: maqsad, rеsurslar, o‘lchamlar, mеhnat taqsimoti. Tashqi o‘zgaruvchilarga: raqobatchilar, ijtimoiy omillar, davlat tomonidan tartibga solishlar va h. k. kiradi.
Vaziyat yondashuvi mavjut uslub va g‘oyalarni muayyan vaziyatlarda qo‘llaydi. Vaziyat yondashuvi ichki va tashqi o‘zgaruvchilar asosini aniqlab tizimlar nazariyasini amaliyotda qo‘llanilishini kеngaytirdi.
Turizmning boshqaruv obyekti sifatida o‘ziga xosligi
Turizmda mеhnatni boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, u boshqa sohadagi ishchilar faoliyatidan farq qiladi. Turizmda mеnеjmеntning vazifasi, umumiy tеndеntsiya va uning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash hamda o‘ziga xos tomonlarini topishdan iborat. Turizm sohasining o‘ziga xos tomonlari turizm tashkilotlari va vositachilar taklif qilayotgan xizmatlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kеlib chiqadi. Ko‘pchilik turizm tashkilotlari uncha katta emas. Katta turizm tashkilotlari faqat aholi zich yashaydigan joylarda tuziladi, ular turizm industriyasi uchun oddiy holdir, lekin bu zavod singari faqat bir turdagi sеx kabi boshqaruv tuzilishiga ega emas.
Turizm industriyasida juda ko‘p turizm tashkilotlari va agеntlari yagona hududiy boshqaruv tizimiga mos kеlishi kеrak va bu bozorning uzoq muddatga mo‘ljallangan ishonchliligi va raqobatbardoshliligini ta’minlash maqsadlariga qaratilgan bo‘lishi kеrak. Turizm tashkilotlariga ikkiyoqlama mas’ulyat yuklatilgan bo‘lib, ular o‘z faoliyati davomida hududdagi taklifni muvofiqlashtiruvchi tashkilot vazifasini bajaradilar va butun hududning faoliyati uchun javobgardirlar.
Rivojlanish stratеgiyasi butun hududgagi kabi alohida turizm tashkiloti uchun ham ishlab chiqilishi lozim. Turizmning boshqaruv obyekti sifatida o‘ziga xosligi, noaniq va qiyin aniqlanadigan maqsadlardir.
Turistik firmalarda samarali boshqaruvni joriy qilish yo‘llari
Foydani ko‘paytirish, foyda olishga qaratilgan hususiy turistik tashkilotlari mеnеjmеntining asosiy maqsadi hisoblanadi. Turizm tashkilotlari mеnеjmеnti uchun bunday maqsadlar korxona, hudud darajasida mavjud emas. Turizm tashkilotining muvaffaqiyati nimalardan iborat va u qanday aniqlanadi?
Turizm boshqaruvining uchinchi o‘ziga xos xususiyati, uning hudud rivojlanishiga chеklangan ta’siridan iborat. Chunki, turizm tashkiloti davlat masalalari bilan shug‘ullanadi va buning uchun ko‘pincha davlat vositalaridan foydalanadi. Shu sababli unga davlat siyosatining ta’siri juda katta bo‘ladi.
Turizmning yana bir o‘ziga xosligi manfaatdor mijozlarning unga kuchli ta’sir o‘tkazishidan iborat. Turizm tashkilotlari aholi orasida turizm rivojlanishidan manfaatdor bo‘lgan krеditor, siyosiy tashkilot, hokimlik hamda ta’minotchilar bilan bеvosita aloqada bo‘ladi.
Mе’yorlar asosida boshqaruvga (turizm tashkiloti darajasida-korxona siyosatiga, hududiy darajada ergashtiruvchi timsolni ishlab chiqishni rеjalashtirish va muvofiqlashtirishga) katta ahamiyat bеriladi. Turizmning boshqaruv obyekti sifatida muhim xususiyati uning o‘ziga xos mahsuloti, ya’ni mahsulotning manbaidan ajralmasligidir. Turmahsulot xizmat ko‘rinishida bo‘lgani uchun, uning zaruriy sharti mijozning ishtirok etishi va uni omborga joylab bo‘lmasligidadir. Turmahsulotning tashqi ko‘rinishi uning o‘ziga xosligini tashkil qiladi. Turizm iqtisod, ekologiya, siyosat kabi sohalarga katta ta’sir o‘tkazadi va ular ham o‘z navbatida turizmga ta’sir etadi. Shuning uchun yil sayin turizmga talab ortib bormoqda.
XULOSA
O‘zbеkistonda bozor iqtisodiyotining shakillanishi jahon bozorlarida turizm sohasidagi kеskin o‘zgarishlar davriga to‘g‘ri kеldi. Jahonda turizm iqtisodiyotning ahamiyatli tarmoqlaridan biriga aylandi. Turizm industriyasi millionga yaqin ishchi va xizmatchilarni ish joylari bilan ta’minlab, ular kasb mahoratining o‘sishiga imkoniyatlar yaratib bеrmoqda. Shuni aytib o‘tish kеrakki, bu sohada ish bilan ta’minlanish boshqa sohalarga qaraganda ikki barobar tеz o‘smoqda. Ichki va xalqaro turizm rivojlanishi tartibsiz ravishda sodir b’lmaydi. Bu boshqarilishi kеrak bo‘lgan inson faoliyatining maxsus shaklidir.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning dam olish huquqlari bеlgilab qo‘yilgan, lekin bu huquqdan foydalanish uchun qator ijtimoiy yo‘nalishdagi muammolarni hal qilish kеrak: transport, yo‘l, ovqatlanish va boshqalar shular jumlasidandir. Bu еrda boshqarilishi lozim bo‘lgan turizm infratuzulmasi nazarda tutilmoqda.
Shuning uchun turizmda boshqaruvni joriy qilishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim. Boshqaruv nazoratining 3 qirrasi mavjud. Ular ichida alohida ahamiyat kasb etadiganlari quyidagilardir:
- standartlar o‘rnatilishi, ma’lum vaqt oralig`ida bajarilishi kеrak bo‘lgan maqsadlarni yaqqol aniqlashdan iborat;
- erishilgan natijani baholash va kutilgan natija bilan solishtirish;
- to‘g‘rilash va aniqlik kiritiladigan jarayon, to‘g‘ri qaror qabul qilish va aloqa (kommunikatsiya, axborot almashinuvi)ni talab etadi.
To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun mutanosib (adеkvat) axborot kеrak. Uni olish uchun ishonchli kommunikatsiya zarur bo‘ladi.
Turizm industriyasida juda ko‘p turizm tashkilotlari va agеntlari yagona hududiy boshqaruv tizimiga mos kеlishi kеrak va bu bozorning uzoq muddatga mo‘ljallangan ishonchliligi va raqobatbardoshliligini ta’minlash maqsadlariga qaratilgan bo‘lishi kеrak.
Rivojlanish stratеgiyasi butun hududgagi kabi alohida turizm tashkiloti uchun ham ishlab chiqilishi lozim. Turizmning boshqaruv obyekti sifatida o‘ziga xosligi noaniq va qiyin aniqlanadigan maqsadlardir.

MINTAQADA MEHMONXONA XO‟JALIGINI


RIVOJLANTIRISHDA MARKETINGNING AHAMIYATINI
OSHIRISH YO’NALISHLARI...........
2.1. Mintaqada mehmonxonalar faoliyatini rivojlantirish omillari Bugungi kunda mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga qaratilgan chora – tadbirlar tizimli tarzda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa bu borada qulay iqtisodiy va huquqiy muhit shakllantirishga harakat qilinmoqda. Turizm industriyasida muhim element hisoblangan mehmonxona xo‟jaligini rivojlantirishga qaratilgan harakatlar ham alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Asosan mehmonxonalar faoliyatini rivojlantirishning ikki yo‟nalishi farqlanadi: 1. Tashqi rivojlantiruvchi omillarini namoyon qilish. 2. Ichki rivojlantiruvch omillarini namoyon qilish. Tashqi rivojlantiruvchi omillardan asosiysi sifatida davlat tamonidan amalga oshiriladigan qulay huquqiy muhit hisoblanadi. Huquqiy sohada eng so‟ngi yangiliklardan biri sifatida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 5- yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–5611-son farmoni hamda “Turizm sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ gi PQ-4095- sonli qarori haqida eʼlon qilinganligi bu borada trivojlantiruvchi omillarni namoyon qildi. Joylashtirish vositalarini takomillashtirish maqsadida mazkur farmonda bir qancha jihatlar ajratilib o’rsatilgan. Farmoniga muvofiq: 24 1. Quyidagilar: a) mehmonxona qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi qurilish tugallangandan soʻng investorga mulk huquqi asosida sotilishi mumkin, moddiy madaniy meros obyektlarining hududi va muhofaza zonasi hamda qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yer uchastkalari bundan mustasno; 24 Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 5-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–5611-son farmoni www. lex.uz 36 b) 3 yulduzli toifa uchun 50 ta xonadan kam boʻlmagan va 4 yulduzli toifa uchun 100 ta xonadan kam boʻlmagan xonalar fondiga ega mehmonxona 2022 yil 1 yanvargacha foydalanishga topshirilgan taqdirda, mehmonxona toifasi tasdiqlangach yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlar xarajatlarining bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti (keyingi oʻrinlarda – Davlat byudjeti) mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda, investorlar xarajatlarining bir qismini Davlat byudjetidan moliyalashtirish miqdori qoʻshimcha ravishda tashkil etilayotgan xonalar soni 50 mingtaga yetguniga qadar kelgusi yil uchun Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash jarayonida ushbu miqdorni har yili indeksatsiya qilgan holda: 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 million soʻm; 4 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 million soʻmni tashkil qiladi. Shuningdek mazkur farmonda yana , dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan (mehmonxona brendlarining top-50 reytingiga koʻra) foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan tashkilotlar uchun royalti franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qisman moliyalashtirishi borasida belgilangan. Xususan quyidagi hajmda moliyalashtirilishi o’zda tutilgan. • dastlabki 50 ta 3 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 200 AQSH dollari ekvivalentida; • dastlabki 30 ta 4 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 400 AQSH dollari ekvivalentida. Bunda tashkilotlar uchun royaltini moliyalashtirishning umumiy hajmi koʻpi bilan 10 million AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻladi. Mazkur farmonda yana hosteller faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan jihatlari ham keltirilgan. Xususan, xostellarni mehmon uylari va xostellar reyestriga oʻrnatilgan tartibda kiritish talabini belgilagan holda xostellarning mehmonxona 37 xizmatini majburiy sertifikatsiyalash talabi bekor qilinadi. Hududida turizm infratuzilmasi obyektlari, shu jumladan, joylashtirish vositalari joylashgan yoki barpo etiladigan moddiy madaniy meros obyektlari oʻttiz yilga, biroq oʻn yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. Bunda ijarachilar besh yillik ijara haqiga teng miqdorni oʻzlari joylashgan moddiy madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilishga yoʻnaltirish hamda moddiy madaniy meros obyektlarini saqlash qoidalariga rioya qilish sharti bilan dastlabki besh yil uchun ijara haqi toʻlashdan ozod etiladi. Mazkur qonunda yana quyidagi jihatlar ham aks ettiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kichik tadbirkorlik subyektlariga turizm infratuzilmasi obyektlari, mehmonxonalar va sanitar-gigiyenik shoxobchalar barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya taqdim qilinishligi ham bayon qilinadi va shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi turizm loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 2019-2021 yillar davomida har yili 1 fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllabquvvatlash davlat jamgʻarmasiga 5 million AQSH dollari ekvivalentidagi pul mablagʻlarini oʻtkazib borilishligi keltiriladi. Yana shuningdek Tadbirkorlik subyektlariga namunaviy, shu jumladan, tarmoqli loyihalar asosida zamonaviy sanitar-gigiyenik shoxobchalarni qurish uchun 80-100 kvadrat metr oʻlchamda yer uchastkalarini elektron auksionga qoʻymasdan olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining iltimosnomasiga koʻra ustuvorlik huquqi taqdim etiladi. Qilinayotgan qulay huquqiy yangiliklar natijasi o‟laroq joylashtirish vositalari soni o’payotganligini o’rishimiz mumkin. Xususan, yurtimizda 2017 yilda 676 ta mehmonxona mavjud bo’lgan bo’lib, 17703 nomerlar (xonalar) va 34140 ta joylarga ega. 1 yulduzli mehmonxonalar 143 38 ta, 2 yulduzli mehmonxonalar 19 ta, 3 yulduzli mehmonxonalar 96 ta, 4 yulduzli mehmonxonalar 38 ta, 5 yulduzli mehmonxonalar 9 tani tashkil etgan. (2.1.1- rasm) 2.1.1-rasm. 2017 yilda mehmonxonalarning toifasi (yulduzlari) bo’yicha ulushi25 “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida“ gi Prezident qarori bilan 2019–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida mehmonxonalar qurilishining maqsadli parametrlari tasdiqlandi. Unga binoan 2019 yilda umumiy xonalar soni 4664 ta boʻlgan yana 212 ta yangi mehmonxonalar quriladi. Eng koʻp mehmonxonalar Toshkent (41 ta), Samarqand (30 ta) va Buxoroda (29 ta) bunyod etiladi. 2021 yilga qadar bosqichma bosqich ularning soni oshirib boriladi va shu davrga qadar umumiy xonalar soni 30 212 ta boʻlgan yangi 1508 ta mehmonxonaga asos solinadi. Shu tariqa 2021 yilga borib Oʻzbekistonda mehmonxonalar soni 2 394 taga yetadi. Ulardagi xonalar soni esa 50 044 tani tashkil etadi. Eslatib oʻtamiz, 2018 yil yakuniga koʻra yurtimizda 886 ta mehmonxona boʻlib, ularda 19 ming 832 ta xonalar bor. Xorazm viloyatiga to‟xtaladigan 25 www. stat.uz 39 bo‟lsak, Viloyatdagi mehmonxonalar soni va joylashtirish vositalari miqdori quyidagi jadvalda aks ettirilgan.(2.2.1 jadval) Xorazm viloyatidagi mehmonxonalar soni ( 2.2.1- jadval)26 Jadval ma`lumotlaridan korinib turibdiki, 2017 yilda mehmonxonalar soni 56 tani tashkil qilgan bo‟lsa, 2018 yilda mehmonxonalar soni 69 tani tashkil qilganligini o’rishimiz mumkin. Miqdor jihatidan va xonalar fondi jihatidan ham rivojlanayotganligini o’rishimiz mumkin. Bizga ma`lumki, yotar joy fondining rivojlanishi hudud turistik potensialining ortishiga olib keladi. Shunga mutanosib tarzda sayyohlar oqimi ham rivojlanayotganligini o’rishimiz mumkin hisoblanadi. Xususan quyidagi rasmda 2017 yilda Xorazm viloyatiga tashrif buyurgan sayyohlarning safar maqsadlari bo‟yicha taqsimlanishini o’rishimiz mumkin. 26 Xorazm viloyati turizm pasporti (2019 yil) № Turizm faoliyat turlari 1 Mehmonxonalar soni/ xonalar xoni/ o’rinlar soni 2017 2018 56/1278/2325 69/1356/2646 1.1 Xostellar Soni - 1/4/12 1.2 Mehmon uylari soni/xonalar soni 1/2/12 10/34/89 1.3 Motellar Soni - - 1.4 Kempinglar Soni 1/11/25 1/11/25 1.5 Sanatoriy va sog„lomlashtirish ob‟ektlari Soni 1 2 40 2.1.2 – rasm. 2017 yilda Xorazm viloyatiga kelgan shaxslarning safar maqsadlari bo‟yicha taqsimoti, kishi27 2017 yilda Xorazm viloyatiga kirib kelgan shaxslarning 72,1 foizi (63047 nafar) ta`til, bo‟sh vaqt va dam olish yuzasidan, 0,7 foizi (637 nafar) qarindoshlarini yo`qlash uchun, 0,1 foizi (100 nafar) ta`lim va kasbiy tayyorgarlik maqsadida, 3,7 foizi (3207 nafar) ziyorat qilish maqsadida, 0,2 foizi (162 nafar) boshqa shaxsiy maqsadida,23,2 foizi (20298 nafar ) ish yuzasidan kelgan. Bular asosan yuqorida ta`kidlab o‟tilganidek marketing tadbirlari asoiysini tashkil qiladi. Marketing tadbirlarini amalga oshirishda keng o’lamda kompleks tadbirlarda aks etadi 2.2 Mehmonxonalar faoliyati samaradorligini oshirishda innovatsion marketing faoliyatining ahamiyati Avvalo, innovatsiyalar mehmonxona faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsiya va innovatsion faoliyat an‟anaviy tarzda ilmiy-texnik taraqqiyot yoki 27 Xorazm viloyati statistika qo‟mitasi ma`lumotlari 41 yuqori texnologik qismi va ilmiy-tadqiqotlar hamda ishlanmalar natijalarining amaliyotga joriy etilishi bilan bog„liq jarayon sifatida talqin qilinadi. Biroq, “innovatsiya” tushunchasining ma`no va mazmuni keng qamrovli hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, mehmonxonalar sohasida innovatsion rivojlanishni belgilovchi omillar quyidagi guruhlarga bo’linadi: - bozorga oid kon‟yunktura va raqobat (ichki va tashqi bozorlar uchun); - muhit (fan-texnika rivojining rivojlanish darajasi, qonuniy va me‟yoriy asos, siyosiy va iqtisodiy barqarorlik); - kadrlar (olimlar, mutaxassislar, tadbirkorlar, menejerlar, siyosiy arboblar va davlat xizmatchilari); - resurslar (tabiiy, ishlab chiqaruvchi, moliyaviy, ilmiy-texnik, texnologik va infratuzilma). Mehmonxona xo‟jaligida innovatsion soha iqtisodiy munosabatlar tizimining bir qismi hisoblanadi. Bu moddiy mahsulotlarni yaratishda bevosita ishtirok etmaydigan, ammo xizmat ko’rsatishning mavjudligi va rivojlanishi uchun zarur alohida iste‟mol qiymatlarini yaratuvchi milliy xo’jalik sohalari hamda ijtimoiy faoliyat turlarining yig„indisidir. Shunday ekan, mehmonxona industriyasida innovatsiyalar jamiyat rivojlanishining asosiy qonunlarini amalga oshirishning zaruriy unsuri, uning rivojlanish va dinamiklik sharti hisoblanadi. Jamiyatda mehmonxonalarning rivojlanishi ular faoliyatining barcha jabhalariga dahldor bo’ladigan xilma xil innovatsiyalarni o’zlashtirish yo’li bilan ro’y beradi va mehmonxonalarda turizm xizmatlarini rivojlantirishda innovatsion marketing strategiyasining mazmuni va vazifalarini belgilab beradi. Mehmonxona servisida innovatsion faoliyat o’z navbatida quyidagi guruhlarga bo’linadi:28 - ekskursiya olib borish va o’tkazish. Har qanday ekskursiya insonga tabiat, jamiyat, tarixiy voqealar va tabiiy hodisalar haqida yangi bilimlar beradi. Ekskursovod bilan muloqot, uning tavsiyalari, fikr-mulohazalari ekskursantlarga 28 “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni yanada liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. 2017 yil 25 noyabr. Urganch davlat universiteti. -111-114 b. 42 tarbiyaviy ta`sir ko’rsatadi. O’rganilayotgan materialning o’zi ularning ongiga axloqiy va estetik ta`sir ko’rsatish orqali tarbiyalaydi. Shu tariqa ekskursiya ta`lim va tarbiya berish, uning dunyoqarashini shakllantirish funksiyalarini o’z zimmasiga oladi. - mehmonxonalarda innovatsion strategiyalar. Mehmonxona bilan bog„liq bo’lgan faoliyatning turli sohalardagi yangi texnologik o’zgarishlarga mehmonxonalarning o’z vaqtida moslashishi faoliyat natijalarida yangi ish metodlarini yaratish va takomillashtirish qobiliyati uning faoliyatni davom ettiirish uchun uning zarur shartidir. Shu boisdan ham, innovatsiyalarni joriy etish zaruriyati, raqobat kurashi va bozorning boshqa qator talablarini rag„batlantiradi. Ulardan foydalanishning yana bir muhim jihati iste‟molchilarning ruhiyatidagi o’zgarishlar, o’zgarib turadigan iste‟molchi talab istak va xohishlari, demografik, iqtisodiy va ijtimoiy tartiblarining o’zgarishi bilan izohlanadi. - mehmonxona xizmatlarini tashkil etishdagi axborot texnologiyalari. Chunki, mehmonxona faoliyati zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish uchun ideal ravishda moslashgan. Uning uchun qisqa muddatda transport vositalari va nomer fondi imkoniyatlari haqida ma`lumot beruvchi tizim talab qilinadi. Bu tez rezervlar yaratish, tuzatishlar kiritish va turistik xizmatlar vaqtida yordamchi vazifalarni hal etishini ta`minlaydi. Bunday avtomatlashtirish vositalari vaqt va ortiqcha xarajatlarni tejaydi. Jumladan, chipta, biletlar olish, hisob va yo’l ko’rsatkichlar tayyorlash, axborot ma`lumotnomasi va hisob-kitobni ta`minlash shular jumlasiga kiradi. Demak, mehmonxonaning innovatsion strategiyasini amalga oshirish turli xildagi rivojlanish dasturlarini bajarishni taqozo etadi. Umumiy holatda ushbu dasturlarning barchasi muhim ahamiyatga ega. Ammo, innovatsion rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi aniq loyihalarga ega bo’lgan majmuini ishga solish yo’li bilan bajariladi. Bularga quyidagi loyiha guruhlari kiradi: - mehmonxona xizmatlarini rivojlantirishning ko’ngilochar dasturiy loyihalar guruhi. Bunda asosan xorijiy turistlarga ko’rsatilayotgan turizm xizmatlarining 43 turlari va nomenklaturasini kengaytirish, ularning bo’sh vaqtlarini qoldirmaslik kabi masalalarni ko’rib chiqish lozim. Respublikada turistlarni har bir qolgan kunlari qo’shimcha daromad manbai hisoblanishini esdan chiqarmaslik lozim. - mehmonxona xizmatlarini ko’rsatish darajasini oshirishga qaratilgan investitsion loyihalar. Investitsion loyihalarda davlatning ulushi, chet ellik investorlarning ulushi va xususiy tarmoqning ulushi ham o’z hissasini qo’shadi. Mehmonxona xo’jaligida xizmatlarning sifati, darajasi, qulayligi va mosligi muhim masalalardan biri hisoblanishiga investitsion loyihalar bevosita va bilvosita o’z ta`sirini ko’rsatadi. - infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan loyihalar guruhi. Ma`lumki, mehmonxona infratuzilmasining rivojlanganligi, iste‟molchilar uchun mo’ljallangan obyektlarning har tomonlama maqbulligi, transport va mehmonxona xizmatlari, turizm logistikasi bilan bog„liq barcha xizmatlarning qulayligi, zamonaviy axborot texnologiyalarning joriy etilgani katta ahamiyatga ega hisoblanadi. - mehmonxonaning biznes obyektlarini ekologik xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan loyihalar guruhi va boshqalar. Xususan, O’zbekistonda turizmning nufuzi va salohiyatini yanada mustahkamlash, uning jozibadorligini oshirish, bunda xorijiy turistlarni o’ziga jalb qiladigan Farg„ona vodiysidagi so’lim va go’zal maskanlar, Toshkent va Jizzax viloyatlarining tog„ yonbag„ridagi ekologik toza maskanlaridan foydalangan holda, “Buyuk Ipak yo’li” brendini keng joriy etish mumkin. Shubhasiz, mehmonxonalarni innovatsion rivojlantirishning umumiy strategiyasini sanab o’tilgan tarkibiy qismlari o’zaro bir-biriga xos tarzda muvofiq bo’lmasada, ammo ular kompleks holda ishlab chiqilishi lozim. Bu o’rinda strategiyaning tegishli tarkibiy qismlarini shakllantirish vazifalarining barchasi yoki hatto bir qismini ham izchil tarzda hal etish yoki echish mumkin bo’lmaydi. Shuning uchun ham, ularni keng rivojlantirish bilan birgalikda imkoni boricha parallel ravishda hal qilish lozim bo’ladi. 44 Umuman olganda, mehmonxonalarni rivojlantirishda ular tomonidan qo’llanilayotgan innovatsion marketing strategiyasini qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir. Shundan kelib chiqib, mehmonxonaning innovatsion marketing strategiyasining tarkibiy tuzilishi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi hamda jamiyatning turli faoliyati bilan bog„liq ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan masalalarini oladi. 2.1.2-rasm. Mehmonxonalar faoliyatida innovatsion marketing strategiyasining tarkibiy qismlari 29 Mazkur rasmda yangi innovatsion texnologiyalarning qo’llanilishi, bozorlarning kashf etilishi va yangi mahsulotning yaratilishi keltirilgan. Hamda, innovatsion majmuani rivojlantirish faqat moliyaviy-investitsion kompleks bilan uzviy bog„lanishda amalga oshirilishi mumkin. Innovatsiyalarni moliyalashtirishning turli strategiyalari qo’llanilishining mumkinligi ko’rsatilgan majmualarni strategik rivojlantirishning umumiy tamoyillarini ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqadi. 29 Manba: www.iqtisodiyot.uz // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. 2016 yil, №2, mart-aprel. Innovatsion marketing strategiyasining tarkibiy qismlari Yangi turistik xizmatlarni yaratish va joriy etish Yangi intellektual marketing va bilimlardan foydalanish Investitision resurslani boshqarish Kontragentlar bilan ishlashda yangi moliyaviy bog‟lanmalarni shakllantirish va boshqarish Mehmonxona biznesining yangi texnologiyalarini yaratish va qo‟llash Yangi mukammal tashkiliy tuzilmalarni shakllantirish Turizm xizmatlarining yangi bozorlarini o‟zlashtirish Qarzga olingan investitsion mablag‟larni boshqarish 45 Darhaqiqat, mehmonxonalarda innovatsion majmuani rivojlantirishdan asosiy maqsad iste‟molchilarning hozirgi va kelgusidagi avlodlarini mazmunli dam olishi va erkin rivojlanishini ta`minlaydigan shart-sharoitlarni yaratishga qaratilganligi bilan belgilanadi. Mazkur holatlarda mehmonxonalarning quyidagi xususiy maqsadlarini ham ajratib ko’rsatish maqsadga molik: - mehmonxona xodimlari farovonligining asosi sifatidagi iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish. Ularni moddiy va ma`naviy jihatdan qo’llab-quvvatlab turish muhim omil hisoblanadi. - mehmonxona xodimlarining amaliy faolligini oshirish, ularning o’z imkoniyatlarini o’zlari amalga oshirishi hamda motivatsiyani kuchaytirish uchun etarli shart-sharoitlarni yaratish; - jahon bozorida milliy mehmonxonalarning raqobardoshligini oshirish. Bu jarayon ayniqsa hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan bir paytda jahon bozorini egallagan etakchi davlatlar bilan sog„lom raqobat olib borishda muhim ahamiyatga ega; - iste‟molchilarni hozirgi va kelgusidagi avlodlari uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish. Xalqaro terrorizm va ekstremizm, tobora avj olib borayotgan radikalizm, mahalliy urushlar turizmni rivojlantirishga to’siq bo’layotganligini ko’rish mumkin. Avvalo, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan bir paytda mehmonxona biznesini boshqarish bo’yicha innovatsion strategiyaning asosiy vazifalaridan biri ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish va ularning jahon darajalariga mos bo’lishi va raqobatbardoshligini ta`minlashdir. Bu esa turizm sohasida faoliyat olib borayotgan mehmonxonalarda to’g„ri marketing strategiyalarini ishlab chiqishni talab qiladi. Darhaqiqat, mehmondo’stlik industriyasi rivojlanishining asosiy omillaridan biri mazkur sohasiga innovatsion faoliyat yo’nalishlaridan biri axborot texnologiyalarining kirib kelishidir. Axborot texnologiyalari shu soha ichida va 46 tashqarisida tijorat maqsadida qo’llaniladigan barcha kommunikatsiya hamda axborot texnologiyalari majmui bo’lib, uning natijasi internet vositasi sanaladi. Internet va global axborot tarqatish texnologiyalari mehmondo’stlik industriyasining asosiy axborot texnologiyalari hisoblanadi. Hamda mehmonxonalar biznesida internetning qo’llanilishi innovatsion faoliyat turlaridan biri sanaladi hamda bu bir necha yo’nalishlarga ajratiladi. Ya‟ni, u o’z xizmatlarini bozorda o’tkazish uchun makondan mohirona foydalanish hisoblanadi. Chunki, internetda reklama tobora ommaviylashib bormoqda hamda mehmonxonalar veb-sahifalari va shaxsiy serverlar bilan faol kirib bormoqdalar. Uzoq mamlakatlar, ekzotik sayohatlar va turistik xizmatlarga narxlar haqida axborotlarni istalgan qidiruv tizimi orqali topish mumkin. Shu bilan birga, mehmonxonalarda innovatsion faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar yo’nalishlar hisoblanadi: - odatdagi xizmatlarni ko’rsatishda yangi texnika va texnologiyalardan keng foydalanish; - yangi xususiyatli yangi xizmatlarni joriy etish va tadbiq etish; - oldin foydalanilmagan yangi turistik resurslardan samarali foydalanish; - xizmat ko’rsatishda va iste‟molni tashkil etishda odatdagi turistik xizmatlarni o’zgartirish; - turistik xizmatning yangi bozorlarini aniqlash hamda ulardan keng foydalanish. Hamda, mehmonxonalarda joriy etiladigan innovatsiyalarni uning rivojlanishini taqozo qiluvchi tashkiliy, texnik, boshqaruv, marketing, ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy tizim sifatida tasniflanadi. Avvalo, mehmonxonalarda yangiliklarni joriy etish doimiy o’zgarib borayotgan bozor holati sharoitida uning mijozlari ehtiyojlarini to’laroq qoniqtirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Har bir ko’rsatilayotgan xizmatni doimiy o’zarishlar obyekti sifatida olib qarash kerak. Biroq, xizmatning xususiyatlarini 47 takomillashtirib, mahsulot mavjudlik davrini uzaytirishga intilish ham innovatsiyani yuzaga keltiradi. Umuman olganda, yuqoridagi dolzarb masalalarni yechish respublikamizdagi mehmonxonalar tarmog„ini modernizatsiyalash, uning rivojlanishini yangi bosqichga ko’tarish va xalqaro turizm bozorida uning mavqeini oshirish, jahonda turizm sohasi bo’yicha raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa mehmonxonalarda turizm xizmatlarini rivojlantirishda innovatsion marketing strategiyasini tanlash va qo’llash asosida ta`minlanadi

XULOSA VA TAKLIFLAR


Turizmning rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalaridagi
chuqur o’zgarishlar bilan bog„liq bo’ladi. Bu borada samarali turistik xizmatlar
bozorini shakllantirib, uni rivojlantirishning yangi siyosatini ishlab chiqish lozim.
Bu orqali turizm sohasidagi mehmonxonalarning iqtisodiyot rivojiga qo’shadigan
hissasini oshirish, tarixiy va madaniy qadriyatlarni keng targ„ib qilish va valyuta
zaxiralarini to’ldirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Mazkur vazifa mehmondo’stlik industriyasida marketing orqali amalga
oshiriladi. Marketingda muvofiq narxdagi mahsulotlarni ishlab chiqarib,
xaridorlarga ta`sir etish yo’li bilan yuqori darajada foyda olish amalga oshiriladi.
Shu sababli, mehmonxonalar ushbu sohaga katta ahamiyat berib, o’zlarining
iqtisodiy faoliyatini amalga oshirmoqdalar.
Avvalo, marketing asosida marketing strategiyasi ishlab chiqiladi. Chunki,
marketing strategiyasi xizmat ko’rsatish va iste‟molni birlashtiradi, xizmatlarni
ayirboshlashga katta imkoniyat yaratadi, bunda ayirboshlash xaridor, ya‟ni
iste‟molchini qanoatlantirishi lozim. Iste‟molchi xizmatni tanlash haqida bir
to’xtamga kelishdan oldin xizmatlarning nomenklaturasini yaxshi bilishi va o’zi
xarid qilayotgan xizmat haqida etarli ma`lumotga ega bo’lishi kerak.
Shuningdek, mehmonxona industriyasida bozoridagi tarkibiy o’zgarishlar,
ya‟ni raqobat shart-sharoitlari va mehmonlarning hatti-harakatlari mehmonxonalar
tomonidan yangi marketing usullarini izlab topishga majbur etmoqda. Bunday
sharoitlarda marketing o’z funksiyalarini kengaytirib, iste‟molchilar bilan
aloqalarga tobora ko’proq e‟tibor berib bormoqda. Chunki, mehmonlar bilan uzoq
muddatli munosabatlar yangi mijozlarni izlash va ularning mehmonxona
xizmatlariga qiziqtirish uchun ketadigan xarajatlardan arzon turadi.
56
Ushbu harakatlarni samarali hal qilish uchun marketingda uni amalga
oshirishga qaratilgan tadqiqotlarni o’z vaqtida o’tkazish, turizm sohasida
yaratilayotgan xizmatlarni o’z vaqtida to’g„ri ishlab chiqarish hamda xizmatlarni
sotuvini rag„batlantirib borish lozim. Bevosita ushbu harakatlar marketing
strategiyasi asosida hal qilinadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mintaqada mehmonxona xo‟jaligini
rivojlantirishda marketingning ahamiyatini oshirishda quyidagi chora-tadbirlarni
amalga oshirishga qaratilgan:
- bozor, talab, iste‟molchilar didi-hohishini o’rganish asosida bozorga chiqish
hamda ushbu talablarga javob beruvchi xizmatlarni ishlab chiqarish;
- xizmatlarni ishlab chiqaruvchida bozor munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy
samarasini oshirishi va ularning eng ma`qul darajasiga erishish, xizmatlar
turlanishini doimo kengaytirish, yangi bozorlarni faol qidirish va mavjud bo’lgan
bozorlarni kengaytirish;
- barcha mavjud bo’lgan vositalar yordamida hayotga marketing xizmatlar
rejasini uzluksiz tadbiq etish asosida iste‟molchilar va bozorga ta`sir etish, ya‟ni
ishlab chiqarilgan tovarni oldingi siljitishning asoslangan va samarali siyosatini
yaratish;
Biroq, marketing strategiyasi to’xtovsiz harakatda va rivojlanishda bo’lib,
faqat bugungi kunni ko’zda tutmasdan, balki kelajakka nazar tashlashni ham
mo’ljallaydi. Bunda mehmonxonaning ichki harakatlarini tashqi muhit sharoitlari
bilan to’liq muvofiqlashtirish zarur. Ushbu strategiya yuqori sifatli mehmonxona
xizmatlarini ko’rsatish, unga to’g„ri narx belgilash, mos ravishda iste‟molchiga
etkazish va maqsadli bozorga kirishini ta`minlashi lozim.
Mehmonxona xo‟jaligiida marketing strategiyalari uning faoliyat yo’nalishlari
bo’lgan mahsulot yoki xizmat, sotish, reklama va kommunikatsiya asosida amalga
oshirilib, innovatsion faoliyatni amalga oshirilishiga ham xizmat qiladi. Bunda
mehmonxonalarning infratuzilmani tashkil etish va rivojlantirish maqsadga
muvofiq.
57
Mehmonxonalarda turizm xizmatlarini rivojlantirishda innovatsion marketing,
tashkiliy va raqobatbardosh servis strategiyalari ishlab chiqiladi. Ayniqsa,
innovatsion marketing strategiyasi innovatsion faoliyat jadallashib, har tomonlama
qo’llab-quvvatlanishi va rag„batlantirilishi kerak. Bunda innovatsion jarayonlar va
ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlarning yo’nalishlari ham belgilab olinishi lozim.
Suuning uchun ham, mehmonxona xizmatining samarali sotilishini ta`minlash
uchun har tomonlama tadbirlarni o’tkazib, innovatsiya va sotish strategiyasini
shakllantirish lozim.
Umuman olganda, mehmondo’stlik industriyasini rivojlantirishda marketing
strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish uchun quyidagi yo’nalishlardagi
taklif va tavsiyalardan foydalanish lozim bo’ladi:
- to’liq ravishda global internet tarmoqlaridan foydalanishga o’tish va shu
asosda marketing faoliyatini keng rivojlantirish;
- zamonaviy dasturlardan keng foydalanib, mehmonxona xizmatlarining sifatli
ko’rsatilishini ta`minlash;
- marketing strategiyalaridan tashkiliy, innovatsiya va raqobatlashgan kabi
turlaridan kompleks va unumli foydalanib borish;
- marketingning qoidalari va tamoyillariga ko’proq amal qilgan holda
marketing strategiyalarini samarali amalga oshirib borish va h.k.
58
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari
1. O‟zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi. -T.: "O‟zbekiston", 2010
2. O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan
“Turizm to’g„risida”gi Qonuni.
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi
to’g„risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to’plami, 2017 y., 6-son, 70-modda
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevralda qabul qilingan
PF-5326-sonli “O’zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun
qulay sharoitlar yaratish bo’yicha qo’shimcha tashkiliy chora-tadbirlar
to’g„risida”gi Farmoni
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 mayda qabul qilingan
“2012-2016 yillarda O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatish sohasini
rivojlantirish dasturi to’g„risida”gi PQ-1754-sonli Qarori.
6. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: O’zbekiston, 1999.
7. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. – T.: O’zbekiston, 2017. – 29 b.
8. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta`minlash
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – T.: O’zbekiston, 2017. – 47 b.
9. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz. – T.: O’zbekiston, 2017. – 485 b.
10. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning
mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga
bag„ishlangan Vazirlar Mahkama-sining majlisidagi ma`ruzasi. // Xalq so’zi, 2016
yil 16 yanvar.
59
11. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning BMT
Jahon sayyohlik tashkiloti ijroiya kengashi 99-sessiyasining ochilish marosimidagi
nutqi. // Xalq so’zi, 2014 yil 3 oktyabr.
2. Ilmiy adabiyotlar
12. Clayron W.Barrows and anothers. Introduction to Management
Hospitality. - USA, 2012.
13. Marketing in Travel and Tourism. Third edition. Victor T. C. Middleton
with Jackie Clarke. Oxford Auckland. Boston Johannesburg. Melbourne. - New
Delhi. Victor T.C. Middleton, 2001.
14. Scott McCabe. Marketing Communications in Tourism and Hospitality
Concepts, Strategies and Cases. - USA, NEW YORK, 2012. – p. 56.
15. Simon Hudson. Tourism and Hospitality Marketing. A Global
Perspective. S.SAGE. Los Angeles. London. New Delhi. Singapore. 2008.
16. Кабушкин Н. И. Менеджмент туризма. Учебник. – М.: Новое знание.
2005. – 644 с.
17. Папирян Г.А. Международные экономические отношения:
Маркетинг в туризме. - М.: Финансы и статистика, 2001.-160 с.
18. Abdurakhmanov K., Eshtayev A. Management and Marketing of tourism:
Tutorial. - Kuala-Lumpur.:UCSI Publishing House, 2013.-277 p.
19. Jalolov J. Marketingni boshqarish strategiyalari. O’quv qo’llanma. -T.:
Fan va texnologiya, 2012. -13 b
20. Kamilova F.K., Ro’ziyev S.S. Turizm marketingi. O’quv qo’llanma – T.:
TDIU, 2007. – 119-120 b.
21. Mamatqulov X.M. Xizmat ko’rsatish sohasiga oid atamalar va iboralar
izohli lug„ati. - T.: Iqtisod- moliya, 2010. -59-60 b.
22. Tuxliyev I.S., Bektemirov A.B., Usmanova Z.I. Turizmda strategik
marketing. O’quv qo’llanma. - S.: SamISI, 2010.
23. Tuxliyev I.S., Pardayev M.Q. Turizmda xizmat ko’rsatishni rivojlantirish
- aholi bandligini oshirish manbai. - T., 2008. -18 b.
60
24. Tuxliyev I.S., Qudratov G„.H., Pardayev M.Q. Turizmni rejalashtirish.
Darslik. – T.: Iqtisodiyot-moliya, 2010. - 68 b.
25. Usmanova Z.I. Turizm marketingi. Ma`ruzalar kursi. - Samarqand, 2008.
– 6-127 b.
26. Eshtayev A.A. Turizm industriyasini boshqarishning marketing
strategiyasi. - T.: Fan, 2011.
27. Qosimova M.S., Yusupov M.A., Ergashxodjaeva Sh.D. Marketing.
Darslik. – T.: TDIU, 2010. – 9-14 b.
3. Qo’shimcha adabiyotlar
28. Kotler Ph., John T Bowen, James C Makens. Marketing for Hospitality
and Tourism. - Pearson,USA, 6 th Edition, 2014.
29. World Tourism Barometer (2014). Revival 23 may 2014 from
http://dtxtq4w60xqpm.cloudfront.net/ sites/all/files/
30. Александрова А.Ю. Международный туризм. Учебник. - М.: Аспект
Пресс, 2004.
31. Aliyeva M.T., Norchayev A.N. Turizm menejmenti. O’quv qo’llanma. -
T.: TDIU, 2007.
32. Ibragimov R.G. Marketing. O’quv qo’llanma. - T., 2002.
33. Ergashxodjayeva Sh.J., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing.
Darslik. – T.: TDIU, 2011.
34.Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi /i.f.d.
A.M.Sodiqovning umumiy taxriri ostida. – T.: IFMR, 2015. - 200 b.
35. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. 2016
yil, № 2, mart-aprel.
36. “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha
harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni yanada liberallashtirishning ustuvor
yo’nalishlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari.
2017 yil 25 noyabr. Urganch davlat universiteti. -111-114 b.
37. Safarov B.Sh. Milliy turistik xizmatlar bozorini innovatsion
61
rivojlantirishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish. Iqtisodiyot
fanlari bo’yicha doktorlik dissertatsiyasining avtoreferati. – Samarqand, 2016. – 23
b.
4. Internet-saytlari
38. www.wttc.org
39. www.lex.uz
40. http://conferences.neasmo.org.ua/ru/art/1445
41. www.iqtisodiyot.uz
42. www.ziyonet.uz
Download 203.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling