1. Turizm sohasining xalqaro tashkilotlari


BTTga a‟zo 157 ta mamlakatlar ro’yxati tuzilgan


Download 127.21 Kb.
bet7/8
Sana28.10.2023
Hajmi127.21 Kb.
#1731904
1   2   3   4   5   6   7   8
BTTga a‟zo 157 ta mamlakatlar ro’yxati tuzilgan. Batafsil ma’lumotga ega bo’lish uchun Butunjahon turistik tashkilotining saytiga tashrif buyuring.
2. Xalqaro tashkilotlarning O’zbekiston turizmini rivojlantirishdagi o’rni
Xalqaro turistik tashkilotlar va ularning O’zbekiston turizmini rivojlantirishdagi o’rnini aniqlashda strategik ahamiyatga ega bo’lgan jarayonlarga 1993-yilda «O’zbekturizm» Milliy kompaniyasi Butunjahon turizm tashkilotiga (BTT) haqiqiy a’zo bo’lganini ta’kidlash lozim. Bu jarayon, o’z navbatida, O’zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim omil bo’lib xizmat qildi. 1994-yilda BMT ning YUNESKO tashkiloti hamda O’zbekiston hukumatining tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo’lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo’yicha Samarqand Deklaratsiyasi qabul qilindi.
2014-yilda BTT Ijroiya kengashi 99-sessiyasining aynan Samarqand shahrida bo’lib o’tishi ham xalqaro turistik tashkilotlar oldidagi O’zbekiston turizmining nufuzini belgilaydi.
YUNESKO tashkiloti O’zbekistonning ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ni amalga oshirishiga bevosita yordam ko’rsatish maqsadida bir qator oliy o’quv yurtlarida YUNESKO kafedralari, shuningdek, YUNESKO maktablari tashkil etgan. YUNESKO doirasida Abu Rayhon Beruniy (1973), Abu Ali ibn Sino (1980) tavalludining ming yillik, Mirzo Ulug’bekning 600 yillik (1994), Amir Temurning 660 yillik (1996) tantanalari nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi bosh qarorgohida Amir Temur haftaligi o’tkazilib, «Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab- yashnashi» mavzusida ilmiy konferensiya va ko’rgazma tashkil etildi. Bu tadbirda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov va Fransiya Prezidenti J.Shirak ishtirok etdilar (1996-yil
20–26-aprel). Toshkent shahrining 2000 yilligi (1980), Xiva (1997),
Buxoro (1997), Termiz (2002) shaharlarining 2500 yilligi,
Shahrisabz shahrining 2700 yilligi (2002), Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yilligi, Imom Buxoriynning 1225 yilligi (1998), «Alpomish» xalq dostoni yaratilganligining 1000 yilligi (1999), «Avesto» kitobi yaratilganligining 2700 yilligi (2001) nishonlandi.
YUNESKO rahnamoligida Samarqand shahrida «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali, Boysun tumanida folklor festivali o’tkazib kelinmoqda.
O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov insoniy ideallarni e’zozlagani, madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlashdagi, ilmiy merosni o’rganishdagi xizmatlari uchun YUNESKO ning Abu Ali ibn Sino nomidagi oltin medali bilan mukofotlangan (1998).
YUNESKOning ―Jahon merosi‖ ro’yxatidan O’zbekistonning 31 ta tarixiy yodgorliklari joy olgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat (2.1-jadval). 2.1-jadval
YUNESKO “Jahon merosi” ro’yxatidagi O’zbekistonning tarixiy yodgorliklari





Download 127.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling