1 Turkiston o‘lkasıining ijtimoiy tuzilishi


Birinchi jahon urushi davrida Turkiston davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy hayot


Download 74.79 Kb.
bet13/15
Sana06.05.2023
Hajmi74.79 Kb.
#1434127
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1 jahon urushi davrida turkiston olkasida ijtimoiy iqtisodiy hayot

2.2. Birinchi jahon urushi davrida Turkiston davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy hayot
1910-1914-yillarda Turkiston o‘lkasida milliy o‘zlikni anglash jarayoni kuchaya boshladi. Mustamlaka ma’muriyati idoralari 1911-yilda Farg‘ona viloyatida «idora tartiblariga va jamoat osoyishtaligiga qarshi kurashdan guvohlik bemvchi» 833 ta, 1913-yilda 1220 ta «jinoiy ish» qayd etganlar. Sirdaryo viloyatida esa shunday ayblar bilan 1911-yilda 3487 kishi, 1913-yilda esa 5494 kishi javobgarlikka tortilgan. Bu raqamlar mahalliy xalq o‘rtasida mustamlakachilik zulmi va istibdodiga qarshi kurash muttasil o‘sib borganligini ko‘rsatadi.
1912-yili Toshkent yaqinidagi Troiskiy lagerida turgan sapyorlar qo‘zg‘aloni bostirilgach, general-gubemator uning mahalliy aholiga ta’siridan cho‘chib, viloyat harbiy gubematorlariga «Andijondagiga o‘xshash chiqishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun» keskin choralar ko‘rish zamrligini buyurgani ham o‘lkadagi ozodlik harakatida ko‘tarilish kayfiyatidan darak berar edi. Samsonov 1898-yilgi Andijon qo‘zg‘alonini eslagani va ana shunday ozodlik chiqishlarining bo‘lishidan cho‘chiganida katta asos bor edi. Maxfiy polisiya ayg‘oqchilari joylarda ishchilar harakatiga yangidan tashkil topayotgan sosial-demokratlar va eserlar bosh-qosh bo‘layotgani hamda mahalliy aholi o‘rtasidan etishib chiqqanjadidlar faoliyatining «zararli ta’siri» haqida axborotlar yuborgan. Siyosiy razvedka Turkiston o‘lkasida «Yosh sartlan», Buxoroda «Yosh buxoroliklar», Xivada «Yosh xivaliklar» deb atalgan tashkilotlardagi jadidlar rahbarlari bilan astoydil shug‘ullana boshladi.13
Turkistondagi rus maxfiy siyosiy razvedka va kontrrazvedkasi «Turkiston rayon muhofaza bo‘limi» (TRMB) deb bejiz atalmagan. U chindan ham o‘lkadagi rus mustamlaka tuzumining muhofazachisi - imperiya hukumatining Turkistondagi sergak qo‘riqchisi edi. Uning arxivida o‘lkaning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotining barcha sohalari keng qamrab olingan va hamma katta-kichik voqealar o‘z aksini topgan hujjatlar to‘plangan. Turkiston o‘lkasining 1914—1917-yillardagi ahvolini yoritishda TRMB materiallari tadqiqotchi uchun qimmatli manba bo‘lishi mumkin.
Mehnatkashlar ahvoli. Birinchi jahon urushi butun Rossiya imperiyasi, shuningdek, Turkiston oikasi aholisining ham ahvolini og‘irlashtirdi. 1914-yil 26 iyulda Turkiston o‘lkasi «favqulodda muhofaza holatida» deb e ‘ Ion qilinib, mirshablik nazorati kuchaytirildi. Har qanday tashviqot, targ‘ibot ta’qiqlanib, tartib buzganlarga Maxsus qo‘mita tomonidan 500 rublgacha jarima solish, yo o‘n oy muddatga qamash huquqi belgilandi. Ammo, shunga qaramay, yangidan paydo bo‘lgan sosial-demokratlar va eserlar tashkilotlarining yashirin faoliyati davom etib, korxonalarda ish tashlashlar to‘xtamadi. TRMB agenturasi 1914-yil iyulida Toshkent Bosh temir yo‘l ustaxonalarida ishchilaming urushdan noroziliklari va hukumatga qarshi kayfiyatlari haqida xabar berdi.14
Mavjud tuzumdan norozilik o‘zbek ishchi, hunarmandlari o‘rtasida ham kuchaydi. Hozirgi 0 ‘zbekiston hududida joylashgan 425 sanoat korxonasidan 220 tasi paxta tozalash, 76 tasi ko‘n-teri ishlab chiqarish, 32 tasi pilla quritish zavodlari bo‘lib, ularda 18 ming ishchi kuniga 12-14 soatdan og‘ir sharoitda mehnat qilgan. Temir yo‘l ishchilari safida tub joy aholidan ishchilar 4,5-5 mingni tashkil qilgan. Xuddi shu temir yo‘l sohasidagi qora ishda, qurilishlarda va malakali kasblardagi ishchilar inqilobiy firqalar ta’siri ostida o‘z haqhuquqlarini tanib, milliy o‘zligini anglay boshlagan edilar. Toshkent Bosh temir y o i ustaxonalaridagi kurash qozonida qaynagan o‘zbek ishchilari ularga yalovbardor boiishgan. Shulardan biri Qosim Eshmatov edi. Yetim qolgan bola qo‘shni rus temir yo‘lchisining yordamida ishga joylashadi va o‘zi kabi tengqurlari bilan inqilobiy kurashga tortiladi.
Kelajakda temir yo‘lchilaming quni-qo‘shnilari va hammahalladagilardan ko‘p kishi shu ustaxona ishchilari safidan joy oldi. Shu jarayon shohidi bo‘lgan N. Muhamedov Mirobod mahallasida yashagani, unda rus temir yoichilari ko‘p bo‘lib, ulaming bolalari bilan birga o‘sgani, otasi Niyoz Rizamuhamedov va akasi Abdusamad Niyozovlar Toshkent Bosh temir yo‘l ustaxonalarida ishlaganliklarini ham eslaydilar. Ustaxonada 1903-yildan beri ishlab kelgan aka-uka Haitboevlar qarindoshlari Yodgor va Olim Rahimovni va uning mahalladoshlarini o‘z ishxonalariga kirishlariga yordam berishgan. «Ustaxonadagi ish mobaynida, - deb eslaydi Yodgor Rahimov, - men va boshqa o‘zbek ishchilari rus ishchilarining ichki dunyosini o‘rgandik. Ular mamlakatdagi voqealar haqida bizga qaraganda ko‘proq narsalami bilisharkan. Kapitalistlar va pomeshchiklar manfaatini himoya qiluvchi jahon imperalistik urushi faqat ruslarga emas, balki o‘zbek xalqiga ham ko‘p uqubatlar keltirgan. Ishchilar o‘rtasida norozilik kuchaya boshladi».
Binokor ishchi Jamol Kamolov ana shu jarayonni shunday eslaydi: «Og‘ir mehnat sharoiti o‘zbek ishchilarining ongida ham ozodlik uchun kurashish kerak, chinakam kurash olib borish kerak degan tushunchani yuzaga keltirdi va mustahkamladi. 0 ‘zbek binokor ishchilari bilan sosial-demokratik tashkilot a ‘zolari o‘rtasida aloqa o‘matish va uni mustahkamlash borasida Mirzaahmad Mirhodiev katta rol o‘ynaganini ham aytib o‘tish lozim. Binokor ishchilardan Ochil Bobojonov va boshqalar ham sosial-demokratik tashkilot bilan yaqindan aloqa bogiab y o i-y o ‘riqlar olib turishdi. Bosh temir yo`li ustaxonalaridagi rus ishchilari biz bilan juda mustahkam aloqada edi. Majlis yoki boshqa biror yigilish o‘tkazish moijallansa, ular bizni M.Mirhodiev orqali ogoxlantirishardi. M.Mirhodiev majlis qaerda va qachon boiishini aytgach, O.Bobojonov, usta Bahrom Normuhamedov, Xonxo‘ja Ulug‘xo‘jaev, Akbarxo‘ja Qosimxo‘jaev va boshqalar bilan birga Bosh ustaxonaga kelar edik. Bunday majlislarda ko‘pincha rus ishchilaridan A.Pershin va N.Finkelshteyn, o‘zbek ishchilaridan O.Bobojonov va boshqalar chiqib so‘zlagani esimda».
Turkiston hunarmandlarining ahvoli ham og‘ir boigan. Rus sanoati mollarining raqobati ulami xonavayron qilib, ko‘pchiligini oxiri ishchilar safiga olib borib qo‘shgan. Oikadagi hunarmandlar soni 100 mingdan oshiq edi. Hunarmandchilik sanoati mahsulotining qiymati esa oikaning fabrika-zavod mahsulotlari qiymatining 22 foizini tashkil qilgan. Urush o‘lkaning qoloq qishloq xo‘jaligiga asoslangan iqtisodiyotiga ham katta zarar yetkazdi. Natijada o‘lka aholisining 90 foizini tashkil etgan dehqon va chorvadorlaming ahvoli ham mushkullashdi. 1916-yildan o‘lkaning asosiy ekini bo‘lgan paxtaning ekin maydoni ham, hosildorligi ham kamayib ketdi. Paxtaga ixtisoslashgan rus fabrikantlari, o‘z navbatida paxta narxini barqarorlashtirishga intilib, oxiri hukumat yordamida tayyorlangan paxtaning qat’iy narxda bo‘lishiga erishdilar. Ahvolni yaxshilash maqsadida Moskva shahrida paxtani qayta ishlash fabrikalarini xom ashyo bilan ta’minlovchi qo‘mita ham tashkil etildi. Me’yoriy narxlaming belgilanishi paxtakorlaming noroziligini kuchaytirdi.
Paxta topshirishdan ommaviy bosh tortish boshlanib ketdi. Natijada fabrikantlar ikki-yil mobaynida belgilangan narxlarga ma’lum darajada qo‘shimcha haq to‘lashga majbur bo‘ldilar.
Dehqonlardan olinadigan rasmiy soliqlaming hajmi ham kun sayin ortib bordi. Turkistonda yer solig‘i 1914-yilda 6859021 rubl bo‘lgan bo‘lsa, 1916-yilga kelib buraqam 14311771 rublni, ya’ni ikki barobami tashkil qildi1. 1915-yilda esa maxsus harbiy soliq solinib, u paxtakorlar uchun har pud paxtadan 2 rubl 50 tiyinni tashkil qildi. O‘sha 1915-yili soliqlaming umumiy miqdori 38329000 rublni tashkil qildi. Chor mustamlakachilari imperiya to‘qimachilik sanoati manfaatlarini himoya qilib, paxtaga, bozor iqtisodiyoti qonunlariga xilof ravishda, qatiy narx - pudiga 24 mbl belgiladi. Natijada paxtakorlar bir-yil ichida 60 million mbl zarar ko‘rdilar. Agar 1913-yilda paxta narxi 50 foiz oshirilgan boisa, boshqa zamr molar narxi 400-500 foizga ko‘tarildi. Non narxi esa 6 barobar oshdi.15
Chayqovchilik avj oldi. Sudxo‘rlik kuchaydi. Oziq-ovqat ta’minotining qiyinlashuvi sababli Turkistonda mehnatkashlaming noroziligi kuchaydi. Narx-navoning oshishi yirik yer egalari, kapitalistlar, savdogarlar va chayqovchilarga qo‘l keldi. Natijada ular katta foyda ko‘ra boshladilar.
Mustamlakachilar Turkistondan urush-yillari 59 million pud paxta, 8,5 million pud paxta yog‘i, 950 ming pud pilla, 2925 ming pud teri, 300 ming pud go‘sht, 229 ming pud sovun, 474 ming pud baliq olib ketishdi. Frontga aholidan 70 ming ot, 12 ming tuya, 38 ming kvadrat metr gilam-namatlar, 2400 ming mbl naqd pul yig‘ib oldilar.
Xuddi shu davrda guruch, go‘sht, qand, poyafzal va gazlama narxi bir necha marta ko‘tarilib, dehqonu hunarmand va ishchi ro‘zg‘orini mushkul holga soldi. Aynan shu sharoitda podshohning bu oilalami boquvchisiz qoldiradigan mardikorlikka safarbarlik haqidagi farmoni xalq sabr kosasini to‘ldirgan so‘nggi tomchi bo‘ldi.
Chor Rossiyasi qo‘mondonligi o‘zining Germaniya va Turkiyaga qarshi urushidagi no‘noqligi, uquvsizligi tufayli o‘rinsiz qurbonlar berib, Rossiyaning urushga taraddudi puxta bo‘lmaganini ko‘rsatdi. Buning ustiga og‘ir iqtisodiy ahvol, qurol-yarog‘ning yetishmasligi armiyaning kayfiyatiga yomon ta’sir ko‘rsatib, qismlarda inqilobiy firqalar faoliyati kuchaydi. Front orqasi ham armiya uchun tayanch bo‘lolmaydigan ahvolda edi. Bu yerda ham urushdan norozilik kuchayib, rus «ayollarining g‘alayonlari» ko‘payib ketayotgan edi. Do‘ppisi tor kelib qolgan qo‘mondonlik urush og‘irligini mustamlakalar yelkasiga ortib, ulami ayovsiz ezish siyosatiga o‘tdi. Oliy Bosh qo‘mondon shtabi «armiya ehtiyojlari uchun salmoqli miqdorda kuch ajratish»ni harbiy vazirlikdan zudlik bilan talab qildi. Bu kuchni harbiy vazirlik mustamlakalardan to‘plashga qaror qildi. Imperator Nikolay II imzo chekkan va 1916-yil 25 iyun kuni e’lon qilingan «Imperiyadagi rus bo‘lmagan erkak aholini harakatdagi armiya rayonida mudofaa inshootlari va harbiy aloqa yo‘llari qurish uchun olib boriladigan ishlarga, shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo‘lgan boshqa har qanday ishlarga jalb qilish haqida» farmonga ko‘ra Turkiston, Sibir va Kavkaz xalqlaridan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan erkaklami safarbor qilishni ko‘zlagan edi. Lekin farmonning bunday tarzda Turkiston o‘lkasiga mutlaqo tatbiq etib bo‘lmasligini tajribali podshoh amaldori, sobiq harbiy vazir A. N. Kuropatkin ham tushungan edi. U vazir yordamchisi general Frolovga Rossiyada ikki-yildan beri davom etib, nihoyasi ko‘rinmagan bu tadbimi, ya’ni urushga 19^43 yoshli aholini safarbar qilish masalasi hal bo‘lmagan holda uni chekka o‘lkalarga tadbiq etish noo‘rinligini ko‘rsatgani bejiz emas.16
Turkiston general-gubematoriga Farmonni tezlikda amalga oshirish buyurilib, Sirdaryo viloyati zimmasiga 87 ming, Samarqandga 88 ming, Farg‘onaga 50 ming mardikor yuborish vazifasi yuklatildi. Farg‘ona viloyati boshqalarga qaraganda ancha yengil majburiyat oldi - har besh xonadondan bir mardikor beradigan boidi. Bunday imtiyozning sababi shunda ediki, vodiy rus to‘qimachilik sanoati uchun boy xom ashyo makoni boiib, u bilan yirik rus sanoatchilari manfaati bogiiq edi. Farg‘onadan ko‘p ishchi kuchining safarbar qilinishi rus sanoatchilari uchun zarur paxta tolasining kamayib ketishi va mustamlakadan olinuvchi ustama foydaning pasayib ketishi demak edi. Paxta yakkahokimligi o‘z kuchini 1916-yil 2 iyuldagi Toshkentda b o iib o‘tgan oliy amaldorlar kengashida ham ko‘rsatdi. Gubematorlar va metropoliya vakillari kengashida Sankt-Peterburgda belgilab qo‘yilgan paxta tayyorlash rejasini bajarish uchun zarur ishchi oilalar miqdorini saqlab qolish masalasi birinchi o‘ringa qo‘yildi. Paxta ekini maydonlarining 50 foizini tashkil qilgan rayonlarda belgilangan mardikorlaming oltidan bir qismi, 25 foizini tashkil etgan joylarda 50 foizi olinadigan boidi.
Farg‘ona viloyatining paxta yetishtiruvchi Qo‘qon, Namangan, Andijon va Margilon uezdlarining 86 volostidan 54 tasida paxta uchun ajratilgan yer maydoni 5 0 va undan kо’p foizni tashkil etganligi hisobga olinsa, viloyatning paxta yetishtiruvchi volostlarining yarmidan ko‘pi uchun ancha qulay sharoitlar yaratilganligi maium boiadi. Bu volostlarda urush orti xizmatiga jalb qilinishi lozim boigan ishchilar soni, bir so‘z bilan aytganda, Turkistonning boshqa viloyatlariga nisbatan 6 barobar kamaytirildi va shu haqda qaror chiqarildi. Ammo farmon ijrosi mustamlaka tuzumining oliy bo‘ginidan tortib quyi pog‘onasigacha yaramas ekanligini ko‘rsatdi. Ellik-yil davomida chorizm istibdodining asosi bo‘sh ekanligini isbotladi. O‘lka ma’muriyati ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot talablariga javob berolmasligi, unga to‘g‘anoq b o iib qolganini ro‘y-rost namoyish qildi. Mardikorlar ro‘yxatini tuzishda quyi ma’muriyatning o‘zboshimchaligi va Farg‘ona viloyat harbiy gubematori general Aleksandr Gippiusning vazifasidan chetlatilishi ana shu fikmi yaqqol tasdiqlaydi. Oikada 40-yildan ziyod xizmati bilan quyi ma’murlikdan Samarqand harbiy gubematori lavozimiga ko‘tarilgan N.S.Likoshin ham ms hokimiyati vakillarining noqobilligini shunday ta’riflagan: «Norozilik harakati ko‘tarila bordi, goh u yer, goh bu yerda ur-yiqitlar va oidirishlar sodir boidi. Mahalliy amaldorlaming tushuntirishlari va ogohlantirishlari xalqqa ta’sir qilmadi. Ma’murlaming so‘zlariga xalqning mutlaqo ishonchi qolmadi». Podshoh farmoni e’lon qilinmasdan oldin Andijonda mustamlakachi ma’murlar xalqni aldab, sizlaming o‘g‘illaringizni frontga olmaymiz, shu bois armiyani qo‘llab, unga otlar va boshqa kerakli narsalar bilan yordam bersangiz bo‘ldi, deb aldagani va birovga ishongan aholi front uchun ko‘pdan ko‘p moddiy sarf-xarajatlar qilgani ham ma’lum bo‘ladi.
Farg‘onada 10-yildan beri gubernatorlik qilib kelayotgan general-leytenant A.Gippiusning esa «xalq ishonchini qozonish» va «podshoh amrini tinch y o i bilan bajarish» uchun qilgan barcha harakatlari zoe ketdi. Rossiya imperiyasi uchun bu boy mustamlakani saqlab qolishga uringan tadbirkor generalni markaz tushunishga qodir bo‘lmadi. Mustamlaka siyosatini nozik qoilash tarafdori
bo‘lgan A.Gippius maslaqdoshi general N.Likoshinga 8-iyulda yo‘llagan maktubida safarbarlik ishlari «hozircha osoyishta kechmoqda» deganida Farg‘onada chinakam ish boshlanmagan edi. Gippius 15-iyulda «Farg‘ona viloyat vedomosti»da podshoh farmoni bilan barobar aholiga o‘zining murojaatini ham e’lon qildi. Bu murojaat namoyish tarzida arab imlosida, o‘zbek tilida berildi. Unda gubemator mardikorlar davlat tomonidan to`la-to‘kis ta’minlanishi, odamlar o‘zlari o‘miga boshqa odam yollab yuborishlari ham mumkinligini aytgan. U Toshkentga quyidagicha iltimosnoma yubordi: 17
1) temir yoMni qo‘riqlash uchun ming askar va rus posyolkalarini har ehtimolga qarshi himoya qilish uchun bir drujina yuborish;
2) jabha, pristavlari ixtiyoriga 600 kazak jo‘natish;
3) viloyatni harbiy holatda deb e’lon qilish;
4) harbiy gubematorga bosh qo‘mondon huquqini berish.18
Safarbarlik to‘g‘risidagi farmonning e’lon qilinishi aholi o‘rtasida qonli voqealaming vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. 1916-yil 10-iyulga kelib, Eski MargMlon, Qo‘qon, Namangan, Andijon, Chust va boshqa joylarda katta g‘alayonlar sodir bo‘ldi. 11-iyuldan 15-iyulgacha Farg‘ona viloyatining turli joylarida safarbarlikka qarshi oshkora talablar bilan chiqishlar bo‘lib o‘tdi. Gippius joylarda aholining g‘alayonlari haqidagi xabarlarga asoslanib, general-gubematorga «xalq g‘alayoni nima sababdan kelib chiqishidan qat’i nazar, u o‘z taraqqiyoti davomida diniy va siyosiy zaminga ko‘chishi xavfi bor», deb uni ogohlantiradi. U 17-iyulda ro‘za tugab, 18 iyuldan hayit uch kun davom etilishini eslatgan holda, bu kunlar «to‘polon chiqishi uchun juda qulay» ekanligini uqtiradi. Gippius podshoh farmonini aynan Farg‘onada qo‘llab bo‘lmasligini yozadi. U mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib, podshoh farmoniga «o‘z bilganicha tuzatish va chekinishlar kiritajagini, bundan maqsad yirik tartibsizliklarga yo‘l qo‘ymaslikdir», degan mazmundagi telegrammaning bir nusxasini Toshkentga, ikkinchi nusxasini esa Peterburgga, Bosh shtabga yuboradi. Tajribali siyosatchi va tadbirkor general yon bosishlar, qisman chekinishlar va hatto Qur’oni Karimni ham ishlatish bilan qo‘zg‘alon chiqarmaslikka urinadi. Katta olomonning‘ ko‘z o‘ngida gubemator boshiga salla o‘rab, yelkasiga to‘n tashlab, Qur’ondan suralar o‘qiydi. Lekin, har qanday urinishlar tugal natijaga olib kelmasligiga ko‘zi yetgach, oxirgi chorani qo‘llaydi. Vaqtdan yutish maqsadida u 27-iyulda podshoh farmoni ijrosini to‘xtatib turish haqida ko‘rsatma beradi. Bunday dadil va qaltis ishni asoslab, gubemator zo‘ravonlik ishlatilsa, «isyonga doim moyil» va «hamisha g‘azovot ruhi ufurib turadigan» Farg‘onada aholi qisman tog‘larga chiqib ketishiga, qisman qaroqchilar to‘dasiga qo‘shilib ketishiga, asosan esa diniy va siyosiy shior ostida ochiqchasiga ko‘tarilib ketishiga urg‘u beradi. Gippius oliy qo‘mondonlikka Turkiston ms davlati uchun qudrat manbai bo`lib qolishi maqsadida shunday qilingani ma’qulligini aytadi1. Ammo markaz uning dalillarini qabul qilmay, hatto farmonni buzishda va musulmonlarga yon bosishda ayblab vazifasidan bo‘shatadi. Uning o ‘miga o‘taketgan shovinist, kaltadum polkovnik P.Ivanov tayinlanadi. U tabiiy ravishda tezlikbilan farmonni bajarish hamda ochiqdan-ochiq harbiy jazolar qo‘llashga kirishadi.19
1916-yil 4-iyulda birinchi b o iib Xo‘jand xalqi qo‘zg‘alon ko‘tardi. 7 ming kishilik olomon polisiya boshqarmasiga hujum qildi, lekin zudlik bilan qal’adan yetib kelgan chor askarlari hamda polisiyachilar ulami o‘qqa tutdilar. Ikki kishi o‘lib, bir odam yarador boidi. O‘sha kuni Xo‘jand tumaniga qarashli Ko‘stako‘z qishlog‘ida odamlar mingboshi hovlisiga bostirib kirib, uni do‘pposladilar. Xo‘jand bilan bir vaqtda Samarqand, Jizzax va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida ham g‘alayonlar boshlandi. Ayniqsa, 1905-1907-yillarda dehqonlar harakati ko‘tarilgan Dahbed volostida voqealar birmuncha jiddiy tus oldi. Bir necha ming kishilik dehqonlarga ilg‘or o‘zbek ziyolisi Usmon Abdurasulov boshchilik qildi. Ular mingboshi Haydar Qosimjonov va uning mirzasi Qobulovni toshbo‘ron qilishdi. Millatparvarlik tuyg‘usi kuchli bo‘lgan jadidlar vakili Usmon Abdurasulov mukammal qurollangan chor askarlari bilan olishuvda 30 ga yaqin maslakdoshlari bilan asir olindi. Qaynar volostiga qarashli Afg‘on qishlog‘ida olomon mardikorlar ro‘yxatini tuzgan ellikboshi va oqsoqollami kaltakladi. Qo‘zg‘alonni bostirishga shaxsan Qo‘qon tumani boshlig‘i yordamchisi podpolkovnik A.Kitaev yetib keldi. 10 kishi hibsga olinib, qamoqqa jo ‘natildi. Xuddi o‘sha 8 iyul kuni Naymanchada asosan ayollardan iborat olomon podpolkovnik Kitaevni toshbo‘ron qildilar. 9 iyuldagi axborotda Aravon bo‘lisida mingboshi, uning mirzasi va mirshabi o‘ldirilgani, Andijon shahrida esa madrasadan chiqqan talabalar to‘planishgani va askarlar bilan to‘qnashuvda ulardan 10 kishi yaralangani xabar qilingan. Naymanchadagi qo‘zg‘alonda mingboshi oidirilib, askarlar bilan to‘qnashuvda 316 kishi hibsga olingan.20
Qo‘qon tumanboshisi polkovnik K.Medinskiy Ganjiravon qishlog‘ida oqsoqolning uyini va mardikorlar ro‘yxatini yoqib yuborgan qo‘zg‘alonchilardan 139 kishini Qo‘qon turmasiga jo‘natdi’. Xuddi shu 9-iyul kuni Qo‘qon madrasasi talabalari mirshablar bilan to‘qnashib, ulardan 22 kishi yaralandi. 11-iyulda esa Choparguzar dahasida aholining polisiya bilan to‘qnashuvida 130 kishi qamoqqa olindi. K.Medinskiy Qo‘qon shahar noibi IV Davlat Dumasining sobiq a’zosi Solihjon Muhammadjonovni o‘z uyiga chaqirib, uni Davlat Dumasida Turkistonni idora etish haqidagi Nizomning 4-bandini oldirib tashlashga erishganlikda ayblab, yomon so‘zlar bilan haqoratlab, mana endi senga o‘sha 4-bandni ko‘rsatib qo‘yamiz, deb tazyiq o‘tkazdiki, bu ham qo‘zg‘alonning yangidan avj olishiga sabab bo‘ldi4. 12-15-iyul kunlari Fayziobod, Hazratsho, Rishton, Kundosh, Yaypan, Bachkir qishloqlarida aholining juda katta g‘alayonlari bo‘lib o‘tdi. Qisqasi, 1916-yilning iyulida Qo‘qon tumanining barcha qishloqlarini qamrab olgan qo‘zg‘alon butun vodiyga yoyildi. Mustamlaka ma’muriyati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining 17 joyida aholining harbiy qismlar bilan qonli to‘qnashuvi bo‘lib o‘tgan. 9-iyul kuni Andijonda ham odamlar qo‘zg‘aldi. Mahalliy amaldorlami do‘pposlagan ulkan olomon eski shahardan yangisiga - Skobelev nomli katta ko‘cha orqali yo‘l oldi. Andijonliklar 1898-yildagi voqealami unutmagan, intiqom o‘ti endi baralla alanga olgan edi. Ular Gultepa maydonida tumanboshi. Bijeziskiy bilan uchrashishadi. U kazaklar va polisiyachilar qurshovida turib, olomonning talablarini eshitib, kazaklarga ularni o‘qqa tutishni buyuradi. Natijada 3 kishi halok bo‘lib, 12 kishi yarador bo‘ladi.21
Andijon uezdi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi 1916-yil 27-sentyabrda Turkiston rayon muhofaza boiimi boshlig‘iga yo‘llagan xatida 9-16 iyul kunlaridagi qo‘zg‘alon tafsilotini bayon qilgan. 9-iyul kuni Andijon shahrining 2-qismida Gultepa maydonidagi «tuzemeslar olomoni» amalga oshirgan tartibsizliklami bostirish chog‘ida alohida Urol kazak yuzligidan Kuntaev boshiga tosh tegib jarohat ko‘rdi. «..tuzemeslar»dan 3 kishi o‘ldi, 8 kishi yarador bo‘ldi. Qo‘zg‘alon boshliqlaridan 22 kishi ushlandi, tergov organiga topshirildi. 10-iyulda Oltinko‘1 bo‘lisiga qarashli Dalvarzin qishlog‘ida qo‘zg‘alonchilar bo‘lis boshlig‘i Mulla Hakimbek Mulla Ro‘zibekov va uning hamrohlari (Temirboy Pamg‘ambarqulov, Karimjon Abduvahob Xo‘jaev)ni oidirdilar. Qo‘zg‘alon boshliklaridan 32 kishi ushlanib qamoqxonaga topshirildi.22
11-iyulda Maygir bo‘lisining Chuvama qishlog‘ida ko‘tarilgan qo‘zg‘alonda xalq Chuvama ellikboshisi Qipchoqboy Boymirzaevni o‘ldirdi. Qo‘zg‘alon rahbarlaridan 16 kishi hibsga olinib, tergovga berildi.
12-iyulda Baliqchi bo‘lisidagi Xolmurod-Qo‘rg‘oncha qishlogida qishloq oqsoqoli Eson Ali Rahimqulov o‘ldirilib, qo‘zg‘alon tashkilotchilaridan 2 kishi qamoqqa olingan. Xuddi shunday qo‘zg‘alon «tuzemeslar olomoni» tomonidan Yorboshi bo‘lisidagi Bekobod qishlog‘ida, Sultonobod jabhasidagi So‘fi qishloq, Norin bo‘lisidagi Cho‘ja qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi. Andijon tumanining Кара, Hindimozor, Qo‘tarma, Eylaton, Mirobod, Xo‘jaobod (Baliqchi bo‘lisidagi), Urmonbek qishloqlarida qo‘zg‘alonlar ham bo‘lib o‘tdi. Qo‘zg‘alon qatnashchilaridan talaygina qismi hibsga olindi.

XULOSA
Mazkur kurs ishini yozish davomida, tadqiq etilgan tarixiy manba va mavzuga oid ilmiy asarlar tahlili natijasida quyidagi xulosalarga kelindi.
Turkistonda tashkil qilingan Podsho tuzumining bosqinchilik siyosati, mustabidchilik, markaz va hudud orasidagi munosabatlarning egosеntristik illatlari, shuningdеk Rossiya tarixiy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyati, uning boshqa tarixiy davrlarda to‘plagan mustamlakachilik an’analari va tajribasi bilan bеlgilangan. Shunga ko‘ra o‘lkada harbiy zo‘ravonlikka, tashqi va ichki iqtisodiy zo‘rlash uslublariga, ilgarigi milliy davlatchilik mеxanizmlarini parchalash va milliy asosdagi hudud tabiiy tadrijining imkoniyatlarini buzishga, Rossiya davlatiligi asoslarini o‘rnatishga yo‘naltirilgan tizim tashkil qilindi. Kapitalizm va burjua islohotlarining erkin rivojlanishiga tayangan nеgiz modеlining sifat o‘zgarishlari mеtropoliyaning o‘zida mazkur jarayonlarning ijtimoiy qoloqligi sababli ilk davrlarda Turkistonda salbiy rol o‘ynagan.
Hukumat mustamlakachilik tizimini tashkil etish jarayonining nеgizida ilmiy adabiyotlarga tayanib quyidagi asosiy yo‘nalishlar mavjudligini ko‘rsatish mumkin;

  • O‘rta Osiyo xonliklari va bеvosita Rossiyaga qo‘shib olingan hududlarning Rossiya namunasida shakllantirildi;

  • tizimning barcha muhim majmualarini egallagan va nazorat qilgan Rossiya byurokratiyasi harbiy, fuqarolik hamda sud hukumatining markazlashtirilishi;

  • g‘azna uchun arzon va samarali bo‘lgan o‘lkaning tabiiy, moddiy hamda inson manbalaridan foydalanish tizimini tеzda joriy etish maqsadida dеvonning institustionalizastiya va rastionalizastiya qilinishi.

Shu bilan birga mahalliy jamiyat uchun Podsho tuzumining mustamlakachilik vazifalarini amalga oshirishda, joylarda ijtimoiy tayanch va “ayg‘oqchi” kadrlar zahirasini yaratishga xizmat qilgan ba’zi an’anaviy, ijtimoiy-huquqiy va ma’muriy institutlar hamda mе’yorlardan foydalanishga asoslangan vositali tayanchi mavjud edi. Tub aholining Podsho tuzumiga sodiq bo‘lgan kam sonli vakillaridan “saylov asosida” tuzilgan mazkur institutlari harbiylashtirilgan rus byurokratiyasidan
tashkil etilgan o‘lka, viloyat va uеzd tizimlari hamda davlat idoralari bilan muvofiqlashuvi va uyg‘unlashuvi juda qiyin kеchdi. Hatto, yuqori darajali markazlashtirish va Podsho amaldorlarining “xushyor” rahnamoligiga qaramay, ular “oqilona” tashkillashtirilmay qolavеrdi. Bu hol harbiy-ma’muriy tizimga juda mos kеlar edi. “Yuqorida” taxmin qilinganiga qaramay, ular yangi hukumat uchun kеng va ishonchli ijtimoiy nеgiz yaratishga imkon tug‘dirgan. Lеkin, ularning faoliyati Turkiston tub aholisining noroziligini uyg‘otdi hamda hukumat bilan o‘tkir siyosiy va ijtimoiy nizolar kеltirib chiqargan. Turkistondagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotni umumiy tartibda yo‘lga solinishiga doimiy ravishda boshqaruv tizimi, ma’muriy, mirshab va jazo vositalarining kеngaytirilishi, mustahkamlanishi hamda favqulodda va harbiy xususiyatdagi Podshoalar orqali erishilgan. Mustamlakachilik bosimi ostida qolgan mahalliy aholi esa o‘z g‘oyalarini o‘zgartirmadi va o‘zining tabiiy rivojlanish bag‘riga qaytish hamda milliy davlatchiligini tiklash yo‘lini izladi. Ammo, bu o‘z-o‘zidan bo‘lmasdi. Chunki, barcha muammolarni yеchishda zo‘ravonlikka asoslanish XIX asr oxiri – XX asrning boshlarida Podsho tizimiga xos xususiyatlardan biri edi.
Harbiy-ma’muriy, rasmiy-byurokratik tizimining ustunlarini mustahkamlovchi va Turkiston jamiyatining barcha hayotiy muhim sohalarida Rossiya amaldorlari apparatining hukmronligini tasdiqlovchi farmonlar, qarorlar va ko‘rsatmalarning turli vazirliklar hamda idoralar tomonidan tahrir qilingan 1886-yilgi qonun hujjatlari asosida boshqaruvning impеriyaga oid andozalarining kеngaytirilishi va mustahkamlanishi bu siyosiy yo‘nalishning amaliy ko‘rinishi edi. Shu bilan birga mеtropoliya va mustamlakachilikning turli madaniyatli asoslari, xo‘jalik darajasining oshirilishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashtirilishi hamda hudud iqtisodiyotining eksport-xomashyoga tayanishini rag‘batlantirish zaruriyati o‘z mablag‘larini sarflashga va sotuvning yangi bozorlarini kеngaytirishga erishmoqchi bo‘lgan, ancha kuch yig‘ib olgan Rossiya burjuaziyasi manfaatini ko‘zlab, umumiy bozor tizimiga xizmat kursatuvchi sohalarda hukumatning nazoratchilik vazifalarini qisman chеklanishiga olib kеldi. Mazkur vazifa va vakolatlarning ixtisoslashtirilgan vazirliklar, idoralar xamda ularning
Turkistondagi filiallariga topshirilishi haqiqiy mustamlakachilik siyosatini boshqarish mеxanizmini yanada moslashtirish imkonini bеrdi. Biroq iqtisodiyotni oqilona boshqarish tomon hеch qanday siljish bo‘lmagan.
Hukumat mustamlakachilik tizimining tadrijiy ma’muriy va sud vazifalarining bo‘linishida, impеriyaning yangi burjuaziyaga xos sud nizomlariga moslashtirilgan sud tеrgovchilari, prokuror nazorati, advokatura hamda oqlovchilar institutining yaratilishida ko‘rindi. Ular harbiy-ma’muriy tizimda o‘ziga xos posangi bo‘lib xizmat qildi, ayni paytda ularning faoliyati chеklangan edi. SHu bois, ular hududdagi rus aholisining yuqori va O‘rta qatlamlarigagina o‘z ta’sirini o‘tkazaoldi. Erkinlashtirilgan nizomlar asosidagi yangicha o‘z huquqdni tanish va mulk daxlsizligi huquqi ilgarigidеk butunlay Podsho amaldorlari tomonidan nazorat qilindi, “xalq” sudlari xizmatidan foydalanuvchi tub aholining ko‘pchiligiga esa mutlaqo daxl qilmadi.
“Tarix ulug‘ murabbiy, lekin biz insonlar uning o‘gitlariga amal qilmaydigan shogirdlarimiz” shunday tarixda ro‘y bergan voqea hodisalardan to‘g‘ri xulosa chiqarish bugungi kun tarixchisining eng muhim vazifalaridan biridir.


Download 74.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling