1. Turkistonda ma’muriy-hududiy davlat chegaralanishi
Download 1.12 Mb.
|
turkiston milliy hududiy chegaralanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Turkistonda ma’muriy-hududiy davlat chegaralanishi.
1.Turkistonda ma’muriy-hududiy davlat chegaralanishi. O’zbekiston SSRning tashkil topishi haqida ma’lumot bering .2.Sovet hokimiyatining 20-30-yillarda Oʻzbekistonda oʻtkazgan industrlashtirish va jamoalashtirish siyosati va uning oqibatlari haqida nimlar bilasiz. 3.50-80-yillarda Oʻzbekiston iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi turgʻunlik hamda uning asoratlari qanday oqibatlarga olib keldi. 1. Turkistonda ma’muriy-hududiy davlat chegaralanishi. Mustabid sovet rejimi tomonidan Turkiston xalqlarining "milliy davlatlarini tashkil qilish" niqobi ostida ularni ajratib tashlash maqsadida amalga oshirilgan siyosiy tadbir (1924—25). Turkiston mintaqasi azaldan turkiy xalqlarning yagona maskani va umumiy vatani boʻlgan. 1918—24 yillarda mavjud boʻlgan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va anʼanalari jihatidan bir-birlariga juda yaqin boʻlishgan. Turkistondagi turli davlatlarning har birida turkiy xalklar: oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirgʻizlar, shuningdek, tojik xalqi azaldan yashaganligi tarixan tarkib topgan hodisa edi. Turkiston mintaqasining xalqlari shu tuproqni, Turonzaminni qadimdan oʻzlarining asl Vatani deb bilganlar. Mustabid sovet rejimi va bolsheviklar uchun esa Turkiston oʻlkasini boʻlib tashlab, uni idora qilish qulay edi. Xususan, bu jarayon Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat 1924 yilda, asosan, magʻlubiyatga uchraganidan keyin oʻzining soʻnggi bosqichiga qadam qoʻydi. 1924 yil fevraliyun oylarida SSSRdagi markaziy organlar, Turkiston, Buxoro, Xorazm kommunistik partiyalari va RKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosi milliy chegaralanish masalalari yuzasidan zoʻr berib ish olib borishdi. O‘zbekistonni sanoatlashtirish eng boshdanoq Ittifoqni sanoatlashtirishning tarkibiy va ajralmas bir qismi deb belgilandi. Undagi bor resurslardan tez vaqt ichida bahramand bolish asosiy maqsad qilib qoyildi, Paxta ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligini qayta tiklash dasturida Markaz tomonidan kondalang qilib qo’yilgan vazifalarga muvofiq paxta bilan bog‘liq sohalarning rivojiga, ya'ni qishloq xo‘jalik mashinasozligi, irrigatsiya qurilishi, metall konstruktsiyalar, mineral og‘itlar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik xomashyosi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoatga qaratildi. . Mahalliy resurslar: mis, azot va boshqalarni ishlab chiqarishni tezlashtirish, ipakchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, qorako‘lchilik va boshqalarni ostirish sur'atlarini jadallashtirish mo‘ljallandi. Shuningdek, rangli metall, neft, toshko‘mir, tuz, grafit konlarini ochishga kirishildi. O‘zbekiston xalqi o‘z kuch-quvvati, idroki va mahoratini Vatan ravnaqi uchun safarbar qildi. Korxonalar yangi texnika asosida tiklandi, yangi sanoat sohalari (ip-gazlama, trikotaj, shohi va hokazo) barpo etildi, avval mavjud bo‘lgan sanoat korxonalari qayta qurilib kengaytirildi. Natijada sanoat yalpi mahsuloti ancha ko‘paydi, tannarxi hamaytirilib, sifati esa oshirildi. Uch yil mobaynida yirik sanoat korxonalarining soni 48 taga ko‘paydi, 1928-yilga kelib ular 166 taga etdi. Jumladan, Farg‘ona to’qimachilik kombinati (1926), Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi (1934), Quvasoy sement va ohak zavodi (1932), Toshkent to’qimachilik kombinati (1934), Chirchiq elektr kimyo kombinati (1937) va boshqalar qurildi. Respublika neft sanoatida ochilgan konlar soni 31 taga etdi. Iqtisodiyotni tiklash ishlari qishloq xo‘jaligida ayniqsa paxtachilikda qiyinchilik bilan o‘tdi. O‘zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish to‘g‘risida sovet hukumatining urushdan keyin qabul qilgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan asoslanmagan o‘nlab qarorlari izchillik bilan amalga oshirilmadi, shuning uchun ham kutilgan natijalarni bermadi. 1947-1948 yillarda paxta tayyorlashning davlat rejasi bajarilmadi. 1949 yildan boshlab ahvol birmuncha o‘zgardi. 1950 yili 2 mln. 222 ming tonna paxta yetkazib berildi, hosildorlik gektaridan 20,7 sentnerga yetdi. 1950 yildan paxtaning xarid narxi oshirilib, 1 tonnasiga 2200 so‘m ya’ni avvalgidan ikki baravar ko‘p haq to‘landi Lekin dehqonchilikning boshqa sohalarida ekin maydonining qisqartirilganligi oqibatida g‘alla va sabzavot tayyorlashda urushdan oldingi darajaga yetmadi.Iqtisodni rejali ravishda rivojlantirish bilan bir qatorda ba’zi ijtimoiy masalalarga ham e’tibor qilindi. Jumladan, ish haqi oshirildi, harbiy soliq, kartochka tizimi bekor qilindi. Pul islohoti o‘tkazildi, qisqartirilgan ish soati joriy etildi, kundalik iste’mol mahsulotlarining narxi arzonlashtirildi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling