1. Turkiy tillar leksikasi haqida umumiy ma’lumot. Turkiy tillarda so‘z ma’nolarini kuchaytirshi usullari. Qarindoshlik leksikasi
Download 23.58 Kb.
|
R E J A
MAVZU: TURKIY TILLAR LEKSIKASI. R E J A. 1. Turkiy tillar leksikasi haqida umumiy ma’lumot. 2. Turkiy tillarda so‘z ma’nolarini kuchaytirshi usullari. 3. Qarindoshlik leksikasi 4. Qiyosiy leksikaning o‘rganilishi. Ma’lumki, qiyosiy-tarixiy metod qardosh tillarda bir-biriga teng bo‘lgan faktlarni solishtiradi va ularning tarixiy shakllarini shikllantiradi. Qiyosiy-tarixiy metod asosida qarindosh tillarning qiyosiy fonetikasi, qiyosiy marfologiyasi, so‘z yasalishi o‘rganilgan. Lekin qiyosiy leksika, semantika va sintaksis sohalarida (rajada) ko‘p tadqiqotlar olib borilmagan. Shuning uchun bu sohada qiyosiy-tarixiy metodning o‘ziga xos muammolari mavjud. Qayta tiklangan so‘z yoki uning biror qadimiy formasi qaysi davrga oidligi ma’lum emas. Tiklangan turlanishi va tuslanish sistemalarini o‘tmishdagi birorta tilga mansub deb bo‘lmaydi. Qiyosiy tarixiy metod asosidagi etimologiyalar, odatda, munozarali bo‘ladi. Ba’zi faktlar barcha qarindosh tillarda uchramaydi. Natijada o‘sha so‘zning qadimgi holatini taklab bo‘lmaydi. Turkiy tillar leksikasining tarixiy taraqqiyoti boshqa tillarda bo‘lgani kabi alohida so‘zlar tarixi bilan bog‘liq holda yuzaga chiqadi. Ya’ni: yangi so‘zning paydo bo‘lishi, ma’no taraqqiyoti (arxanzmga aylanib qolish, mustaqil ma’nosini yo‘qotib yordamchi so‘zga va yoki affiks holiga kelib qolishi) dagi o‘zgarishlar nazarda tutiladi. Turkiy tillar leksikasiga xos eng muhim xarakterli jihitlardan biri fonetik o‘zgarishga kam uchragan. (Ba’zi istisnolarni aytmaganda). Aksariat so‘zlar qadimgi yodgorliklarda qanday qo‘llangan bo‘lsa, hozirgi turkiy tillarda ham shunday qo‘llaniladi. Faol leksikaning ko‘p qismi ifodalagan tushunchalarni saqlab qolgan. Ammo so‘zdagi o‘zgarishlarning sabablarini ochib berishi eng ahamiyatli masala hisoblanadi. Negaki, leksika taraqqiyotidagi qonuniyatlar alohida olingan bir umumiy semantikaga bog‘liq so‘zlar guruhini tadqiq etish yo‘li bilan ochib beriladi. Bu yo‘nalishda A.M.Shcherbak (Turkiy tillardagi uy va yovvoyi hayvon nomlari), E.R.Tenishev, A.A.Yuldashev, L.A. Pokrovskaya, N.Z.Gadjieva, N.K.Dmitriev, I.Ismoilov v.b (O‘rta Osiyo va Qozog‘iston turkiy tillari leksikasidan tadqiqot) A.Xamitova (Turkiy tillarda so‘z ma’nosining analitik yo‘l bilan kuchaytirish), S.Ibrohimov (Farg‘ona shevalarining kasb-hunar leksikasi) kabilarning tadqiqotlari mavjud. Download 23.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling