1. Turkiy tillarda sonning ma’no turlari. Tartib sonlar Miqdor son va ularning turlari. Hisob so‘zlar


Ikkinchi o‘nlik sonlari. Yegirma ~ yegirba


Download 50.54 Kb.
bet7/11
Sana21.11.2023
Hajmi50.54 Kb.
#1792955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Turkiy tillarda son so‘z turkumi

Ikkinchi o‘nlik sonlari. Yegirma ~ yegirba so‘zi tarkibida xuddi sariq uyg‘ur, shor, tofalar tillaridagidek, eko:n ~iko:n ( ikki o‘n ) yoki edi ( ikki ), r ( erkak ): y-eki-er-tä-bä Bu yerdagi tä~bä elementiga o‘n ma’nosini berish taxminiydir.
Sariq uyg‘ur, tuva, tofalar, shor va uyg‘ur-uryanxay tillari materiallari o‘ttiz sonining üch:on shaklida ekanligini ko‘rsatadi. A. N. Samoylovich o‘ttizning quyidagicha ekanligini ta’kidlaydi: otuz M. Ryasyanen otuzni oltur ( o‘tirmoq ) fe’li bilan yaqinlashtiraadi. V. A. Gordlevskiy otuzni oxirgi son deb hisoblaydi. Demak, o‘ttiz sonining muayyan etimologiyasi mavjud emas.
Turkiy bobotil davrida qirq soni qïrïq tarzida bo‘lgan. Bobotilning dastlabki davrida arxetip sifatida tö:rto:n shakliga ega edi. Keyinchalik, u dö:rto:n shaklini olgan. M Ryasyanen fikricha, qïrïq siniq, buzuqni, boshqacha aytganda, hisob oxirini anglatgan14.
Qïrq ( 40 ) soni: qum., q.balq., boshq., qirg‘., q.qalp., no‘g‘.qïrq, tur., turkm. kïrk, qar. kïrk//kïrx, ozarb. kïrx, shor. qïrïx, xak. xïrïx, uyg‘. qiriq, chuv. xäräx, olt. törtön, tuv. dörton, tof. dörtön//dörtän tarzida.
Ellik sonining turkiy tillardagi ko‘rinishlari quyidagicha: urx. älig, q.uyg‘., shor. elig, xak. iled, qirg‘. elü, qoz. yelu, q.qalp. yeliü, olt. iliñ, uyg‘. ellik//ällik, ozarb. älli, turkm., qum., q.balq., no‘g‘. elli, tat., boshq. ille, chuv. al/alä, tuv. bedon, tof. beszon//bechzon, yoq. biäsion. Ellikning arxetipi älligʻ//yelli, boshqacha arxetipi bobotilning oldingi davri uchun bä:shoin hisoblanadi. M. Ryasyanen ta’biricha, älligʻdagi äl- qo‘l+ lig (sifat)dan iborat. Shunday qilib, ushbu sonning nomlanish formalari: pä:sh ~ bä:sh va älligʻ ~ illig kabi bo‘lib, qo‘l bilan bog‘liq.

Download 50.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling