1. Turkiy tillarda sonning ma’no turlari. Tartib sonlar Miqdor son va ularning turlari. Hisob so‘zlar


Download 50.54 Kb.
bet1/11
Sana21.11.2023
Hajmi50.54 Kb.
#1792955
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Turkiy tillarda son so‘z turkumi


Turkiy tillarda son so‘z turkumi
MUNDARIJA:
I. KIRISH………………………………………………………………………2-4
II. ASOSIY QISM…………………………………………………………………..
1. Turkiy tillarda sonning ma’no turlari. Tartib sonlar…………………….5-9
2. Miqdor son va ularning turlari. …………………………………………10-23
3. Hisob so‘zlar ( numerativlar)…………………………………………..24

III. XULOSA……………………………………………………………………25
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………………….26


Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Otga bog‘lanib, uning miqdorini, sanog‘ini, tartibini; otga bog‘lanmagan holda mavhum miqdor tushunchasining nomini bildirgan so‘zlar turkumi sondir. Qadimdan turkiylarda qadimgi fin - ugorlarga nisbatan sanoq tizim ancha oldin rivojlangan edi. Fin – ugorlarda hali sonni ifodalash uchun maxsus so‘zlar bo‘lmagan, boshqa tillardan o‘zlashtirilgan paytda, turkiylarda birdan boshlab ming, o‘n minggacha sonlarni anglatadigan so‘zlar mavjud edi. Bunga qadimgi turkiy yozma yodgorliklar guvohlik beradi. To‘g‘ri, ularda son raqamlar bilan emas, balki so‘zlar orqali ifodalangan. Qadimdanoq turkiy tillarda sonlarning barcha turlari iste’molda bo‘gan. Sonlar harf bilan yoziladi ( besh, yetti ) yoki arab raqami ( 2,7,8 ) yoxud rim raqami ( V, VII, XXI ) bilan ko‘rsatiladi. Son quyidagi xususiyatlarga ega:1 1. Son boshqa so‘z turkumidan yasalmaydi. Son yasovchi qo‘shimchalar ham mavjud emas. Sonda so‘z yasalish hodisasi yo‘q.
2. Sonning ma’no turlari va modal shakllari maxsus affikslar qo‘shish bilan hosil qilinadi: üčtä, altav. 3. Son turlovchi affikslarni qabul qilmaydi, sifatlovchi olmaydi, o‘zi otning sifatlovchisi bo‘lib keladi. 4. Son miqdor tushunchasining nomini anglatganda va otlashganda kelishik, egalik affikslarini qabul qiladi, ot bajargan vazifada keladi: Sakkiz ikkiga teng bo‘linadi. 5. Son hisob so‘zlari - numerativlar bilan ham qo‘llanadi. Sonlar faqat predmet anglatuvchi so‘zlar bilan birikkan holdagina aniq miqdor tushunchasiga ega bo‘ladi, boshqa hollarda esa uning miqdoriy ma’nosi mavhum bo‘ladi, shunday bo‘lishiga qaramasdan ayrim olingan har qanday son ham fikran predmetlik tushunchasi bilan aloqador bo‘ladi, shuning uchun otga yaqin turadi, keng ma’nodagi otlar hisoblanadi. Ammo sonlar turk tilshunosligida sifatlarning bir turi ( qismi ) sifatli olinib, nisbiy sifatlar jumlasiga kiritiladi. Sonlar predmetlarning miqdorini bildiruvchi so‘zlar bo‘lib, gapda sifatlar kabi predmet nomlaridan oldin kelgani uchun turk tilshunosligida sayt sifati ( son sifatlari ) deb yuritiladi. Sonlar gap ichida aniqlovchi vazifasini bajaruvchi sifatlar kabi qo‘llanadi. Sonlar turk tilida besh turga bo‘linadi: sanoq sonlar, tartib sonlar, ulashtiruv sonlari , jamlik sonlari , kasr sonlar.2 Tartib sonlardan keyin keluvchi otlar ko‘plik qo‘shimchasini olishi mumkin: birinci sinflar, iiguncii sahislar va hok.
Sonlar qadimturkiy so‘zlar bo‘ganligi uchun sonlarning fonetik, semantik- grammatik xususiyatlari haqida aytiladigan barcha fikrlar hozirgi turkiy tillardagi barcha sonlar uchun umumiydir. Shunga ko‘ra sonlar hamma turkiy tillarda dastlab sanoq sonlar, tartib sonlarga, sanoq sonlar esa o‘z navbatida dona sonlar, jamlovchi sonlar, taqsim sonlar, chama sonlar va kasr sonlarga bo‘linadi. Kurs ishining maqsad va vazifalari: kurs ishimning yozishimdan maqsad shundan iboratki, mamlakatimiz rahbari “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida “ tarix fanining imkoniyatlaridan foydalanib,Aql – zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi”, - deb ta’kidlaydi. Shundan kelib chiqib shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu fan o‘qituvchilari oldida ushbu fan darslarining samaradorligini yana ham oshirish vazifasi ko‘ndalang turibdi. Bunda esa ushbu fan darslarida interfaol usullarni qo‘llash yaxshi samara berayotganligi o‘tkazilayotgan tajribalardan ham ko‘rinib turibdi. Endi biz bo‘lajak filologlar oldida ustozlarimizdan olgan saboqlarimizni kelajak ish faoliyatimizda keng qo‘llashimiz va o‘z o‘rnida yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishimiz hamda adabiyotshunoslik va shunga doir fan darslari samaradorligini yanada oshirishga o‘z hissamizni qo‘shishdek vazifalar turibdi. Mazkur kurs ishimni ushbu vazifalarni ado etish uchun tashlagan birinchi qadamim deb hisoblayman. Kurs ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, mazkur mavzu zamon shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda ta’lim sohasida ham islohotlar, yangiliklar qilishni taqozo etmoqda. Endi o‘quvchi va talabalarni an’anaviy ta’lim metodlari bilangina o‘qitish yetarli bo‘lmay qolmoqda. Shu bois ta’limga yangicha yondashish kunning dolzarb masalasiga aylandi. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: “ Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunga zamonning o‘zi ham yo‘l qo‘ymaydi”. Mazkur mavzu bo‘yicha tayyorlangan ishdan nafaqat, oliy o‘quv yurtida, balki shu fanga doir darslarining barcha o‘quv muassasalarda o‘qitilishida, xususan, maktab, litsey, kollejlarda ta’lim jarayonida keng ko‘lamda qo‘llash mumkin.

Download 50.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling