1. Turkiy tillarda sonning ma’no turlari. Tartib sonlar Miqdor son va ularning turlari. Hisob so‘zlar


Download 50.54 Kb.
bet5/11
Sana21.11.2023
Hajmi50.54 Kb.
#1792955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Turkiy tillarda son so‘z turkumi

Miqdor son va uning turlari.

Miqdor sonlar narsa – buyumni sanash, donalash, taqsimlash yoki taxminlab ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Miqdor sonlar quyidagi xususiyatlari bilan tartib sonlardan farqlanadi: miqdor sonlar o‘ziga xos morfologik ko‘rsatkichlarga ega; tartib sonlar -(i)nči / nči qo‘shimchasi orqali yasaladi;
- miqdor sonlar hisob so‘zlari ( numerativlar) bilan birga qo‘llanadi; tartib sonlar numerativlar bilan qo‘llanmaydi; - miqdor sonlar juftlashib keladi, tartib sonlar juft holda kelmaydi; - miqdor sonlar birikma holda ( üčdän bir) ishlatiladi; tartib sonlar birikma holda qo‘llanmaydi; - miqdor sonlar -lar affiksini olib, taxminiy miqdorni bildiradi, tartib sonlar -lar affiksini olib otlashadi: Birinčilärgä mukäfät berilädi. Sonlar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: sodda son va qošma son.8
Sodda sonlar bir o‘zakdan iborat bo‘ladi: bir, beš, sakkiz.
Qo‘shma son ikki va undan ortiq sonlardan iborat bo‘ladi: on tört, on beš.
Aslida ikki o‘zakdan tuzilgan altmiš, (alti-miš), sakson ( sakkiz on), toqson ( toqqiz on ) sonlari hozirgi kunda bir o‘zak sifatida qaraladi.
Son so‘z turkumiga doir so‘zlar turkiy tillarda fin- ugor tillariga nisbatan ancha qadimiydir. Sonlarni hosil qilishda Chuvash tilida undoshlar geminatsiyasi kuzatiladi: ike yan “ikki kishi”, ikke “ ikki” Chuvash tilidagi sonlar boshqa tillardan farq qiladi. Chuvash tilida sonlar to‘rt guruhga ajratiladi: miqdor son, jamlovchi son, taqsim son hamda kasr son. Ba’zi miqdor sonlar ikki shaklga ega bo‘ladi - to‘la va qisqa. To‘la shakl qisqa shakldan oxirgi bo‘g‘indagi undoshning cho‘zilishi bilan farq qiladi, yozuvda esa ikkilamchi harf bilan belgilanadi. Agar miqdor sonlar sanalayotgan narsa- predmetning nomi bilan birga kelsa, qisqa shaklda qo‘llanadi. Jamlovchi sonlar miqdor sonlarning to‘liq shakli, ya’ni III shaxsga tegishli bo‘gan qo‘shimchalarni qo‘shish bilan yasaladi. Ular berilgan miqdordagi narsa- predmet guruhini ajratib ko‘rsatishda ishlatiladi.9 Masalan, ikkete “ulardan ikkitasi”, vissete “ulardan uchtasi” va shu kabilar. Jamlovchi sonlarga qo‘shiladigan -te qo‘shimchasi berilgan sondagi barcha narsa- predmetlar guruhini bildiradi, masalan, ikketete “ikkala”, vissetete “uchala” va h.k. Taqsim yoki ajratish sonlari narsa-predmetning miqdorini ifodalab, har bir taqsimot qatnashchisining ulushini bildiradi. U miqdor sonlarning qisqa shakliga -šer va -šar affikslarini qo‘shish orqali yuzaga keladi: ikter, višer. Kasr sonlar Chuvash tilida rivojlanmagan, ular miqdor sonlar yoki tartib sonlar orqali yoziladi, masalan, sura “yarim”, čerek“chorak”. Sonlar qadimturkiy so‘zlar bo‘lganligi uchun sonlarning fonetik, semantik- grammatik xususiyatlari haqida aytiladigan barcha fikrlar hozirgi turkey tillardagi barcha sonlar uchun umumiydir. Shunga ko‘ra sonlar hamma turkiy tillarda dastlab sanoq sonlar, tartib sonlarga, sanoq sonlar esa o‘z navbatida dona sonlar, jamlovchi sonlar, taqsim sonlar, chama sonlar va kasr sonlarga bo‘linadi. Tartib sonlar haqida yuqorida gaplashdik, hozir sanoq va uning turlarini ko‘rib chiqamiz.

Download 50.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling