1. Turkiy tillarda sonning ma’no turlari. Tartib sonlar Miqdor son va ularning turlari. Hisob so‘zlar


Ming sonining turkiy tillarda ifodalanishi quyidagicha: o‘rx.en. biñ


Download 50.54 Kb.
bet9/11
Sana21.11.2023
Hajmi50.54 Kb.
#1792955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Turkiy tillarda son so‘z turkumi

Ming sonining turkiy tillarda ifodalanishi quyidagicha: o‘rx.en. biñ, tur. bin, q.balq., uyg‘., qirg‘. miñ, turkm. müñ, tuv., shor., xak. muñ, mun//mu:n.
Bobotilning dastlabki davridagi arxetipi piñ, keyinchalik biñ, bu bilan parallel ravishda miñ tarzida qo‘llanilgan. Bu sondagi bi ~ mi elementi o‘n ma’nosini bersa, oxiri ñ ko‘plik ko‘rsatkichidir. 16 O‘n ming qadimgi turkiy tilida tümän shaklida qo‘llangan. Demak, o‘nliklarni ifodalashda ko‘pchilik turkiy tillarda yangicha tizim paydo bo‘lgan. Ular “birinchi o‘nlik birliklari+o‘n” sxemasida hosil bolgan: shor. alt-on, chett-on, segiz-on, tog‘uz-on, xak. alt-on, chit-on, sigez-on, tog‘iz-on. Yoqut va oltoy tillarida bu tizim qirq sonidan boshlanadi: yoq. törtuon, olt. tört-on; tuva tilida esa “yigirma” sonidan boshlanadi: ishk-on ( 20 ), üch-on ( 30 ), türt-on( 40 ) kabi. Bu holat tofalar va sariq uyg‘urlar tilida ham kuzatiladi. Sanash tizimida chuvash tilida ham o‘zgarishlar bo‘ldi: s’ag‘ъr-vunna ( 80 ), tъg‘ъr-vunna ( 90 ). Yuqorida aytganlarimizni quyidagi jadvalda yanada yaqqolroq ko‘rishimiz mumkin:

o‘nliklar


tuva

yoqut

oltoy

xakas

chuvash

boshqa turkiy tillar




o‘n

on

Uon

uon

on

vunna on//un




yigirma

igeerbi

suurbe

dirme

sibirgi

Jirem

egerme




o‘ttiz

ujen

Otut

odus

otis

veter

otuz




qirq

dorten

tuortuon


torton

xirix

xerex

qiriq




ellik

bejen

bijuon

bejen

ilig

alla

elli




oltmish

aldan

altuon

altan

alton

utmel

altmish




yetmish

cheden

seteeuon


deton

chiton

jutmet

jetmish




sakson

sezen

agisuon

segizen

sagizon

sakarvunna

seksen




to‘qson

tozan

tog‘usuon


to‘g‘uzon


to‘g‘izon


texervunna


toksan





O‘nliklardan yuqori tub sonlar hamma turkiy tillarda deyarlik bir xil (100 - yuz//juz, 1000 – min//bin ) qo‘llansa, 1000000 - qirg‘iz . san, yoqut. moluyuon, oltoy, xakas tillarida saya shaklida qo‘llanadi.17


Bundan tashqari yirik raqamlarni ifodalash uchun tuman ( 1000 ), lak (100000), korur (10000000) so‘zlari ishlatilsa, butun songacha bo‘lgan miqdorni anglatish uchun gagauz, turk tillarida buchuk (yarim), ozarbayjon, gagauz, qo‘miq, turk, turkman tillarida yarim ( xakas, shor. cherish; ozarb., turk, turkman. yarpi; q.qalpoq. jarpi; tatar. yarti) va charak//chorak//sirek//chirek, rub (1/4), tobe (1/4) so‘zlaridan foydalaniladi. Tarkibli (murakkab) sonlarda, odatda, yirik sonlar oldin, kichik sonlar keyin keladi ( bir ming ikki yuz yigirma uch kabi ), lekin aksincha bo‘lishi ham mumkin: uch yigirma (13), dort ottuz (24) kabi. Murakkab sonlar balqar, qo‘miq tillarida yiyirma bla o‘n (30), eki yiyirma (40), boshqird tilida dort bish (20), eki ostik (60), uch otuz on yashi olsun ( yuzga kirsin ), ikki elli yasha ( yuz yasha ) kabi tizimlariga ham ega. Hozirgi turkiy tillarda murakkab sonlarning birikishida, odatda, bog‘lovchilar qo‘llanilmaydi. Murakkab sonlarning bog‘lovchilar bilan birikishini faqat chuvash tilidagina uchratish mumkin: ser te ikke ( yuz va ikki ), pin te vise ( ming va uch ) kabi. Bir so‘zi hamma turkiy tillarda ham ko‘p ma’nolilik xususiyatiga ega: qorachoy- balqar. bir sari tana bila, bir boz koynu kordum, o‘zb. bir o‘n kun bo‘laman, ozarbayjon. bir keledi, bir ketedi kabi.
Dona sonlar Sanoq sonning bu turi faqat o‘zbek tilida mavjud bo‘lib, son negizlariga -ta qo‘shimchasini qo‘shish orqali hosil qilinadi: bitta, ikkita, o‘nta, yuzta kabi. -ta aslida tojik- fors dona ma’nosidagi so‘z bo‘lib, tojik tilida ham shu ma’nodagi sonlar hosil qiladi. Masalan, yakta –bir dona, duta – ikki dona, seta - uch dona kabi. Tojik va o‘zbek tillari ta’sirida turkman va qirg‘iz tillariga ham o‘tib, -ta donalik son hosil qiladi, lekin bu umumturkiy hodisa emas.18 Yoqut tilida ham shu shakldagi (-ta) qo‘shimchasi mavjud bo‘lib, bu qo‘shimcha yoqut tilida dona son hosil qilmaydi, balki ravish hosil qiladi: birdaa, tuorttaa - to‘rt marta kabi.
Jamlovchi sonlar Jamlovchi sonlar ma’lum miqdordagi predmetlarning jamligini ko‘rsatadi va hozirgi turkiy tillarda o‘zbek tilidagi singari asosan uch xil qo‘shimchalar orqali shakllanadi: 1) –av// -ev// - ov//-oo//-uu//-yo//-ia: o‘zbek. ikkov, uchov, to‘rtov; oltoy. biruu, ekuu, uchuu; boshqird. birev, ikev, uchagu; qozoq. birev, ekev, ushev; q.balqar. ekev, altav; qirg‘iz. biroo, ekoo, uchoo; no‘g‘ay. ushoov, altav; tatar. ikav, altav, jidav, unav; turkman. bashav, altav; o‘zbek. ikkov, chov; yoqut. ixkie, altik kabi; -av// -ov qo‘shimchalari hamma turkiy tillarda birdan yettigacha qo‘shiladi, lekin tuva va uyg‘ur tillarida bir so‘zigagina qo‘shiladi: uyg‘ur. birav (bir), tuva. bire (bir) kabi; 2) –avla// -ala qo‘shimchalari o‘zbek, oltoy, tuva, shor tilida uchraydi: ikovla, uchovla; oltoy. ekile, to‘rtule; tuva. dertele, bejele;
3) -avlan// -alaan// -alan// -lan: o‘zbek. ikavlan, uchavlan; qorachoy. uchovlon, onovlan; tuva. ijlen, ujolon; turkm. ikilan, uchlan kabi.19
Bundan tashqari tuva tilida “dortelderzi keldi” - to‘rtalamiz keldik, “ dorteldirzenge belek berdivis” - biz to‘rtalangizga tortiq berdik kabi iboralarda – elderge shakli uchraydiki, bu boshqa turkiy tillarda mavjud emas. Turkiy tillarda bunday sonlarni hosil qiluvchi qo‘shimchalar ko‘p. Ular quyidagilar: -ag‘u//-ägü affiksi faqat qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda saqlangan: ikägü ( ikkov ), üchägü ( uchov ) abi. Boshqa turkiy tillarda u fonetik o‘zgarishlarga uchragan va quyidagi ariantlarga ega: -aw//-ew (-ew).-öw: esk.o‘zb., tat. ikäw ( ikkov ). üchäw( uchov ), qoz. yekesh ( ikkov ), altash ( oltov ), besew ( beshov ), no‘g‘. üshew ( uchov ), turkm. üchöw( uchov ); -ag‘u//-ägü affiksiga jamlovchi ko‘plikni ifodalaydigan affikslarning birikuvidan tashkil topgan: esk.o‘zb. uchovlon, q.balq. o‘nowlon ( o‘novlon), uyg‘. ikkilän( ikkovlon ), xak. altalan ( oltovlon ). Jamlovchi ko‘plikni ifodalash uchun boshqa usullar, chunonchi, egalik affikslari ishlatilishi mumkin: ozarb. altïmïz (timiz ), ikimiz ( ikkimiz ), chuv. iksimer ( ikkimiz ), iksir ( biz ikkimiz ), tat. ikibiz ( ikkimiz) kabi. Taqsim sonlar Taqsim sonlar mavhum miqdor ma’nosini anglatib, asosan predmetlarni kattadan kichikka qarab guruhlashtirish ma’nosini anglatadi. Taqsim sonlar deyarli barcha hozirgi turkiy tillarda analitik va sintetik yo‘l bilan hosil qilinadi. O‘zbek tilida sonning bu ma’nosi asosan -ovlon ( to‘rtovlon, beshovlon), -ala ( ikkala, uchala) qo‘shimchalari va juft sonlar orqali, hosil qilinadi: bitta- bitta, o‘nta- o‘nta, yuzta- yuzta kabi. Boshqa turkiy tillarda:
1) chiqish kelishigi qo‘shimchasi orqali: no‘g‘ay. tortten, qozoq. ushten, qoraqalpoq. ekiden, boshqird. bishtan, qirg‘iz. ekiden, shor. peshten; 2) xakas tilida -ardan//-erden: torterden, otuzardan; 3) no‘g‘ay –lar//-ler: jetiler, altular, onlar;
4) –arlar//-erler: shorlar//-sherlar; no‘g‘ay. onarlar, qo‘miq. ekisherler, xakas. izerler ( beshovlon); 5) –imler: q.qalpoq. birimler; 6) lu//-nu, -tu//-du: yoqut. altalu, uustu kabi.20 Taqsim sonlarning analitik shakli hamma turkiy tillarda bir xil.
Taqsim sonlarni hosil qilishda turkiy tillarda – ar//är ba’zan -shar// -shär affikslariqo‘llaniladi: tur. birer ( bittadan ), ikisher ( ikkitadan ), tat. yoshär (chtadan ), °ltïshar ( oltitadan ), no‘g‘. onar ( o‘ntadan ), altïsar( oltitadan ), chuv.iksher ( ikkitadan ) va hokazo. -shar//-shär affiksi besher sonining morfologik jihatdan noto‘g‘ri ajratilishi natijasi deb hisoblanadi: besher > be-sher ( beshtadan ). –ar//-är ning kelib chiqishini V. Bang to‘g‘ri izihlagan.21 U ushbu affiksni qadimgi jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -g‘aruning ko‘rinishidan yo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ar//-är bilan bog‘laydi. Taqsim sonlar hosil qilishda chiqish kelishigi qo‘shimchasidan ham foydalaniladi: olt. yekiden ( ikkitadan ), tuv. birden birewden ( bittadan), turkm. ikiden ( ikkitadan ), qoz. yekiden yoki yekewden.
O‘zbek tilida chiqish kelishigi qo‘shimchasi -ta affiksi bilan hosil qilingan dona sondan keyin qo‘shiladi: bittadan//birtadan, ikkitadan kabi. Yoqut tilida taqsim sonlarni hosil qilishda -lï affiksi ishtirok etadi: ikkili ( ikkitadan ), altalï ( oltitadan ). Buning kelib chiqishi ma’lum emas.22 Chama sonlar Hozirgi turkiy tillarda sonning noaniq, chama shakli sintetik va analitik yo‘llar bilan shakllanadi. Sintetik yo‘l bilan: 1) -cha qo‘shimchasi: uyg‘ur. oncha, qirg‘iz. yuzcha, xakas. chegirbeche, shor. segische, yoqut. uoncha; 2) –lar//-ler: tatar. ushler; 3) –tacha: o‘zbek. o‘ntacha4) –larja: ozarbayjon. iyirmilarja; 5) –lag‘an//-lagan: tatar. yuzlagan, menlagan, boshqird. bishtagan, qozoq. yuzlegen, q.qalpoq. altilagan va oshqalar. Analitik yo‘l bilan: ozarb. otuza gadar, qozoq. on shamali, tuva. on shaa, o‘zbek. o‘n chog‘li; shor. iygibe, usre- ikkitadan, uchtadan; juft sonlar ikki- uch, besh-o‘n, o‘ttiz-qirq kabi.23 Chama sonlar ba’zi adabiyotlarda taxmin sonlar deb ham yuritiladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, taxmin sonlarni hosi qilishdal -cha /-chä eng asosiy qo‘shimcha: qirg‘. beshche ( beshcha ), o‘zb. o‘ntacha, xak. chüsche (tacha ), ozarb. onlarcha ( o‘nlarcha ). Ko‘pchilik turkologlar –cha affiksini -ha:q//chä:k (cha:k-lïgʻ ) ko‘makchisi ( taxminan ) bilan bog‘laydilar: esk.tur. besh iñche chang ïgʻ ( besh ming chog‘lik ), o‘zb. dial. o‘n choqlъ ( o‘n chog‘lik ). Miqdorni taxminiy anglatish qiyoslash bilan bog‘liqdir. Xakas tilida chüsche (yuztacha ) < yü:zchä, dastlab, yuzcha ma’nosini bildirishi mumkin. Shuning uchun barcha turkiy tillarda keng tarqalgan -cha affiksi qiyoslashda ishlatiladi: tat. tatarsha ( tatarcha ) ~ tatarlardek, ozarb. adäj ( odatcha ), tur. chojukcha ( boladek ). Qiyoslashning chaqlïgʻ ko‘makchisi bilan ifodalanishi juz’iy hodisa bo‘lib, barcha turkiy tillar uchun xos emas. Taxmin sonlarni hosil qilishda ishtirok etgan sonlar fe’lning o‘zagi bo‘lib, ular o‘z navbatida , sifatdosh va ravishdosh hosil qilishi ham mumkin: tat. yözlägʻän( yuzcha ), qoz. otïzdagʻan ( o‘ttizcha ) kabi. Fe’lning ushbu tipidan ravishdosh -ïp hosil qilinishi ham mumkin: tat. uñlap ( o‘ntacha ), o‘zb. üzläp ( yuzcha ), boshq. meñläp ( mingcha ) .24 Ba’zan taxmin sonlarni hosil qilishda -tay//-tay, -day//-day o‘xshatish affikslari qo‘llanilishi mumkin: qoz. jüzdey ( yuzcha ), qir. otïzday ( o‘ttizcha ). Shuningdek, taxmin sonlar turkiy tillarda sintetik usul bilan, ya’ni ikki miqdor sonni, son va ko‘makchini qo‘shish yoki son oldidan bir so‘zini keltirish orqali ham hosil qilinadi: qoz. jъуъrma shaqtъ (yigirmatacha ), o‘zb. bir qancha, bir necha, turkm. bäsh-altï ( 5-6 ) kabi.
Kasr sonlar Kasr sonlar analitik shaklda hosil bo‘lib, tarkibidagi sonlardan biri chiqish kelishigida, ikkinchisi egalik affiksini olgan sonlar qo‘shimchasidan hosil bo‘ladi: ikkidan bir, to‘rtdan bir, ozarb. dordda bir, yuzda on iki, boshqird. bishten os, q.qalpoq. to‘rtdan bir, qo‘miq. ekiden biri, no‘g‘ay. altidan eki, turkman. ondan bir kabi. Ayrim turkiy tillarda kasr sonlar izofali birikmadan hosil bo‘ladi: oltoy. beshning uch ulushi, qozoq. ushtin biri, qo‘miq. segizni altisi, uyg‘ur. bashning ikkisi kabi.Chuvash va yoqut tillari kasr sonlarni hosil qilishda o‘ziga xos xos xususiyatga ega: chuvash. vise pillekmesh (2/5), ikki vissemet (2/3), yoqut. xoos tuort gimmit bira (1/4), bies gimmet usa (1/4), oltoy. tortinchi ulu (1/4) kabi.25
Turkiy tillarda kasr sonlar turli usullar bilan hosil qilinadi. Ularni hosil qilishda o‘rin kelishigi shakllari ishtirok etishi mumkin: ozarb. dörtdä bir ( yoki ), shuningdek, chiqish kelishigi shakli bilan hosil qilinadi: qum. ekiden bir, tat. yoshtan iki kabi. Ayrim turkiy tillarda , ko‘pincha, izofali konstruksiya qatnashadi: uyg‘. bäshniñ ikisi, üshtin biri kabi. 26 Bir qator turkiy tillarda kasr sonning ikkinchi komponenti shakli sifatida miqdor sonlarning birikmalaridan foydalaniladi. Bunday birikmalarning ikkinchi qismida -lïq//-lik yoki kichraytirish affikslari bo‘lishi mumkin: olt. eki altïlïk, tuv. bir onchuq singari. Chuvash tilida kasr sonning ikkinchi komponenti tartib son shakliga aylanadi: ikki vis’s’imish kabi.
Demak, turkiy tillarda sonlar rang-barangligi bilan ajralib turadi. Bu turkumdagi so‘zlarning ayrim turkiy tillarda qadimiy variantlari saqlagan bo‘lsa, ba’zilarida son so‘z turkumida biroz o‘zgarishlar sodir bo‘lganligini ko‘rish mumkin.




  1. Download 50.54 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling