1. Turkiy tillarda sonning ma’no turlari. Tartib sonlar Miqdor son va ularning turlari. Hisob so‘zlar


- z ko‘rsatkichi kishilik olmoshlari tarkibida ko‘plikni ifodalaydi, chunki qadimgi turkiy bi , si


Download 50.54 Kb.
bet3/11
Sana21.11.2023
Hajmi50.54 Kb.
#1792955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Turkiy tillarda son so‘z turkumi

- z ko‘rsatkichi kishilik olmoshlari tarkibida ko‘plikni ifodalaydi, chunki qadimgi turkiy bi , si o‘zagiga qo‘shilgandir: biz, siz. Bu olmoshlar keyinchalik hurmat ma'nosini ifodalab, ikkinchi shaxs birlikda qo‘llanila boshlagach, ko‘plik uchun -lar shaklini qo‘shganlar. Ba'zi tilshunoslar –z ko‘rsatkichi ikkilik son shakli deb hisoblaydilar. Masalan, turk tilida ikiz (egiz), go‘z (ko‘z), goguz (ko‘kraq), tiz (tizza), omuz (elka), tatar tilida myogez (shox) kabi. -x - k ko‘rsatkichi qadimgi turkiy bobotil davrida ko‘plik ma'nosida mahsuldor qo‘llanilgan. Hozirgi turkiy tillarda -k` ko‘rsatkichi ba'zi so‘zlardagina saqlanib qolgan: yokut tilida talax, kumax, qo‘miq tilida talak, ko‘mak, shor tilida kumaq, boshqa turkiy tillarda tol, qum. Dastlab talak so‘zi tollar, kumak so‘zi qumlar ma'nosida ishlatilgan. - L ko‘rsatkichi jamlov ko‘plik ma'nosini ifodalovchi jamlovchi affiks -la, -len tarkibida saqlangan. Qiyoslang: o‘zbek tilida ikavle, ikevlen; oltoy tilida yekile, uchule, uyg‘ur tilida ikkilen, hakas tilida altalan (oltovlon). - M ko‘rsatkichi jamlov, jamlov-ayiruv ma'nosini ifodalashga xizmat qilgan va hozirgi turkiy tillarda bu shakl tartib sonlarni ifodalovchi -shchi, -imchi, -lamchi, -lemchi affikslari tarkibida saqlangan. Masalan, ozarbajon tilida birimji, ikimji, uchumji, beshlemchi kabi. Bu so‘zlar dastlab ikkilik va jamlik ma'nosini ifodalagan27. -N ko‘rsatkichi jamlik ma'nosini ifodalovchi olmoshlar tarkibida keladi: kadimgi turkiy tilda barsh (qamma), ko‘miq tilida barsh (qamma). Kаdimgi turkiy tillarda ko‘plik formasi -an ko‘llanilgan: oglan (o‘g‘illar), yeren (erlar), kfqsh (qizlar) kabi. Bundan tashqari, jamlik ko‘plikni ifodalovchi -len, -gun affikslari tarkibida kelgan. O‘zbek tilida ikegun, uchegun kabi28. –R ko‘rsatkichi jamlov ko‘plikni ifodalab, turkiy tillarning barchasida ishlatiluvchi -lar va chuvash tilidagi ko‘plik shakli -sar tarkibida keladi. Masalan, tuva tilida adshar - otlaring, hakas tilida kimener - kelmanglar, oltoy tilida adagar - otanglar, dolngar -yo‘linglar, chuvash tilida xarinzar -xurinsar - qayinlar. -S ko‘rsatkichi turkiy tillarda juda kam qo‘llaniladi, uni chuvash tilida ko‘plikni ifodalovchi –ser,- zar, -sem tarkibida ko‘ramiz: yo‘ldashsem - o‘rtoqdar, purziser - hammamiz.

Download 50.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling