Sanoq sonlarTurkiy bobotilda hisob tizimining rekonstruksiyasini birinchi o‘nlik birliklari misolida quyidagicha ko‘rish mumkin:
bi:r ( bir ) altï ( olti ) iki//äki ( ikki ) yä:ti ( yeti ) üch( uch ) säkiz (sakkiz ) tö:rt ( to‘rt ) toquz//toqïz ( to‘qqiz ) bä:sh< be:l ( besh ) o:n ( o‘n ). Sonlarning ushbu shakllari ayrim turkiy tillarda unlilar va undoshlardagi sodir bo‘lgan fonetik o‘zgarishlar natijasida biroz boshqacharoq, ammo tezda aniqlab olish mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarga uchragan. Chunonchi, tat. bir ( bir ) ~ bi:r. Cho‘ziq i: qisqarishi natijasida i ga aylangan; qozoq, qoraqalpoq tillaridagi bes sababi ä: cho‘ziq unlisi > ega, sh>s hodisasi sodir bo‘lgan. Turkiy bobotilning dastlabki rivojlanish bosqichida so‘z boshida jarangli undoshlarga qaraganda jarangsiz undoshlar ko‘p ishlatilganligi ma’lum. Demak, bir so‘zi ham, dastlab, pi:r tarzida qo‘llanilgan: bi:r Turkologlarning fikrlariga ko‘ra, bir~biri, birisi kabi shakllarning mavjudligi uning dastlabki formasi birä bo‘lganligi, mo‘g‘ul tilida bür:( barcha, hamma, har bir ) soʻzi bilan bogʻliqligi , shuningdek, birning qadimgi turkiy berü va tatarcha birgi soʻzi bilan aloqadorligi taxmin qilinadi. Bundan tashqari, hozirgi turkiy tillarda qoʻl bilan sanashning izlari borligi munosabati bilan bir soʻzining turkiy tillardagi qoʻldagi barmoq: bi:r~bar ( bor, mavjud va bar - barmoq) dagi aboʻlib , ikkinchi morfema maq buryat tilidagi -ban, moʻgʻulcha -bo:n qiyoslanadi. Xullas, bir soʻzining kelib chiqishi va xususiyatlari toʻgʻrisida koʻpgina fikrlar bildirilgan.10 Tilshunos V. Z. Pantilov bir so‘zining 1-shaxs birlikdagi kishilik olmoshi bilan aloqasi borligini ta’kidlab, bir tushunchasining inson ongida o‘zini ( menni ) anglashi natijasi, deb qaraydi. Bundan tashqari, kishilik olmoshi va bir sonining ko‘rsatish yuklamasiga aloqadorligini ham ta’kidlaydilar. bi bir>bi:r ( bir ) shaklini olgan, deyish mumkin.
Ikki so‘zining etimologiyasi haqida ham turkologlar turli fikrlar bildirganlar. Boshida unli kelgan ikki sonining turkiy tillarda to‘rtta variantda: ochiq ä, e, ö va yopiq i, ü mavjud bo‘lgan shakllari bor.. Ochiq variantlardagisi turkman, turk tillarida ekiz, ozarbayjon tilida äkiz tarzida ishlatiladi . Ikki sonining birlik shakli iki, dialektal shakli eki, oltoy va uyg‘ur tillaridagi ö va ü ning ikkilamchi e ~ö va i ~ ü sodir bo‘lgan. Ikki so‘zidagi k tovushi ikkilanish ma’nosiga ega: quloq, tirsak, dudoq. Shuningdek, oldik, qildik, yozsak so‘zlarining ham shunday ma’nosi bor. Bundan tashqari, bu so‘zning quyidagi paradigmasi ham keltiriladi: erik-i>erki>e:ki>eki. Turkiy bobotilda 4 soni tö:rt, keyinchalik dö:rt shaklida bo‘lgan. Chuvash tilidagi tevatturk. tö:rt Bundagi –eva-( ko‘k ) < turkiy kök ( ko‘k). I. Ramstedt va A. M. Samoylovich to‘rt sonini mo‘g‘ulcha dörben ( to‘rt ) so‘zi bilan bog‘laydi. Dönen so‘zi esa to‘rt yashar hayvonga nisbatan ishlatiladi.11 To‘rt so‘zi to‘rtinchi, ya’ni ko‘rsatish barmoq bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Sababi bu barmoqning vazifasi ko‘rsatish bo‘lib, bu so‘z tört ( turt) fe’lini anglatadi. To‘rtning qadimgi arxetipi –tevet chuv. tevat bo‘lib, bu so‘zning o‘zagi teve. Hozirgi turkiy tillarda teve//deve tuya ma’nosiga ega. Demak, tö:rt hosilasi: tevet>tö:rt. Dastlab, hozirgi besh soni pa:sh bo‘lib, keyinchalik, p>b hodisasi sodir bo‘lgan. Ko‘pchilik tillarga nisbatan olganda besh soni bilak so‘zi ma’nosi bilan bog‘liq: ozarb., uyg‘. biläk, tur., turkm., qum., qirg‘. bilek, boshq., tat. beläk, olt. belek. Ushbu so‘z bel o‘zagi va kichraytirish affiksi -äkdan iborat. L ~ sh mosligini nazarga oladigan bo‘lsak, ba:l>ba:sh. Demak, besh so‘zi bilak so‘zi bilan bog‘liq. Bunda qo‘lda beshta barmoq borligi nazarda tutiladi. Turkiy bobotilning keyingi davrida 6 soni altï~ alta shaklida bo‘lib, ikkinchisi dialektal formadir. Ba’zi olimlar uning asosini al ( olmoq ) tashkil qilib, al- istak mayli shakli altga kelib, alt-dï ( u olishni xohladi, istadi ) va pirovardida, altï (-td->t-): al +tï>altï>olti ( 6 ) shaklini olgan. Turkiy altï ~ alta va 3- shaxs birlik egalik formasi alt (past, quyi, pastdagi ); altï- uning pastidagi degan ma’noni anglatadi. Agar qadimda turkiy beshlik hisobining mavjudligini eslasak, undan beshdan keyin yangi hisobni boshqa qo‘ldagi pastki barmoqdan boshlash kerak edi. Turkiy tillardagi 7 sonining arxetipi, dastlab, yätä va keyinchalik, yatä~yäti bo‘lgan. G. Ramstedt turkiy yetti ( yäti ) so‘zidagi ye – yemoq, ti, ya’ni “ovqat yeyish uchun qo‘llaniladigan barmoq” bilan bog‘laydi. M. Xartmann va M. Ryasyanen yeti ( etmoq ), yetdi>yeti ( etishga tayyor ) ma’noga ega ekanligini ta’kidlaydi.12 Ya:ti sonidagi cho‘ziqlik yoqut va turkman tillari asosida izohlanadi. Ä unlisi uyg‘ur, ozarbayjon, qisman turkman tillarida cho‘ziqlikka ega. Yä:ti Sonidagi ä ning cho‘ziqligi ozarbayjon tilida yeddi ( 7 ) asosida izohlanadi, sababi ozarbayjon tilida cho‘ziq ä>e holatida. Sakkiz sonining arxetipi - säkiz M. Ryasyanen säkiz (8)ni sek(sakramoq): sekdiz ( sakrashga buyurmoq >sekkiz>sekiz tarzida shakllanganligini ta’kidlaydi. To‘qqiz soni turkiy bobotilda so‘z boshida t bo‘lib, janubiy tillarda jaranglilashgan. M .Ryasyanening fikricha, to‘qqiz fe’lning istak maylidagi tokï (taqirdat, taqillat), toqquz esa “taqillatishga buyurdi” bilan og‘liq. Chuvash tili boshqa turkiy tillardan farqli o‘laroq, unda ayrim sonlar i, ъ qo‘shiladi: vis ~ viz’i (5), ult ~ uldъ (6). Turkiy tillardagi undoshlar geminatsiyasi to‘g‘risida har xil fikrlar bor. Ikkilanish, aslida, undoshning miqdor jihatdan o‘zgarib, cho‘ziq tovushga o‘tishidir. A. M. Sherbak fikriga ko‘ra, interval holatda undoshlar jaranglilashuvi mavjud bo‘lgan mavjud bo‘lgan tillardagina geminantlar bo‘lishi mumkin. Geminantlarning o‘zak tarkibida uchrashi qarluq, o‘g‘uz tillarida ko‘proq, qipchoq guruhidagi va Sibir arealidagi turkiy tillarida bu hodisa kam uchraydi: o‘zb. ikki, sakkiz, to‘qqiz, o‘ttiz. Bundan tashqari, sonlar tarkibidagi undoshlardagi cho‘ziqlik ham geminatesiyaga olib kelishi mumkin. Bu holatning ijobiy tomoni shundaki, u omonimlarning vujudga kelishini bartaraf qiladi.
Qadimda o‘nlik sonlar quyidagicha nomlanadi: yïgʻirba( yigirma ), otïz ( o‘ttiz ), qïrq( qirq ), älligʻ ( ellik ), altpïl( oltmish ), yä:tpil ( yetmish ), säksän( sakson ), toqsan ( to‘qson ).13 Sariq uyg‘ur, shor, tofalar va uyg‘ur-uryanxay tillari materiallari yigirma sonining etimologiyasini aniqlashga imkon beradi: eko:n ~iko:n ( ikki o‘n ). Yegirma ~ yegirba so‘zi tarkibi bilan unga parallel forma bor: eko:n ~ iko:n; yedi ~ yeki ( ikki ), r ( erkak ) va mä~bä ( o‘n ): y-eki-er-mä-bä. Yigirma ( qadimgisi yigʻirbä ) yoqut, shor, tofalar tillarida quyidagi ko‘rinishda: yoq. sü:rbä, shor. chegirbe, tuv. che:rbi. Ushbu tillardagi altpïl( oltmish ) va yä:tpil ( yetmish ) boshqa turkiy tillarda altmïsh va yetmish tarzida. Boshqa turkiy tillar materiallari shuni ko‘rsatadiki, bu yerda qachonlardir lablangan portlovchi p bo‘lgan: qoz., no‘g‘. alpъs ( 60 ). Alt-pïl, ya:tpïl sonlari oxirida l chuvash tili faktlari asosida tiklanadi: utmъl ( 60 ), s’itmil ( 70 ). Sanashning ancha qadimgi izlari o‘nliklarni ifodalaydigan sonlar nomlari ko‘rinadi. O‘n soni birinchi o‘nlikning oxirini boldiradi, shuningdek, qo‘l barmoqlarida sanashning oxirini ko‘rsatadi. Demak, o:n soni negizida o‘ng tomon , o‘ng qo‘l ma’nosi yotadi. Dastlab, o:n ( 10 ) “ko‘p” degan ma’noni, so‘ngra hisob ( sanash ) oxiri 10 sifatida qayta anglanib, xuddi enasoy yodnomalaridagidek, ä:n, on, o:n tarziga ega bo‘lgan.
Quyidagi jadvalda aytganlarimizni yanada aniqroq ko‘rib o‘tamiz:
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
tuva
|
bir
|
iyi
|
us
|
dort
|
besh
|
aldu
|
chedi
|
ses
|
tos
|
ozarb.
|
bir
|
iki
|
us
|
dort
|
bash
|
aldu
|
yedi
|
sekkiz
|
dokuz
|
turk
|
bir
|
iki
|
us
|
dort
|
bash
|
altu
|
yedi
|
sekiz
|
dokuz
|
turkm.
|
bir
|
iki
|
us
|
dort
|
baash
|
altu
|
yedi
|
sekiz
|
dokuz
|
oltoy
|
bir
|
ekki
|
us
|
tort
|
bish
|
altu
|
yete
|
segiz
|
tog‘uz
|
qozoq
|
bir
|
eki
|
ush
|
tort
|
bes
|
altu
|
jeti
|
segiz
|
tog‘uz
|
q.qalp.
|
bir
|
eki
|
ush
|
tort
|
bes
|
altu
|
jeti
|
segiz
|
tog‘uz
|
qirg‘iz
|
bir
|
eki
|
ush
|
tort
|
bes
|
altu
|
jeti
|
segiz
|
tog‘uz
|
qo‘miq
|
bir
|
eki
|
ush
|
tort
|
bes
|
altu
|
jeti
|
segiz
|
tog‘uz
|
no‘g‘ay
|
bir
|
eki
|
ush
|
dort
|
bish
|
altu
|
jedi
|
segiz
|
tog‘iz
|
tatar
|
ber
|
iki
|
ush
|
durt
|
bish
|
altu
|
jedi
|
segiz
|
tog‘iz
|
o‘zbek
|
bir
|
ikki
|
uch
|
to‘rt
|
besh
|
olti
|
yetti
|
sakkiz
|
to‘qqiz
|
uyg‘ur
|
bir
|
aki
|
uch
|
toor
|
bash
|
alta
|
yetti
|
sakiz
|
tuqquz
|
xakas
|
pir
|
iki
|
us
|
tort
|
pis
|
altu
|
chedi
|
siges
|
tog‘iz
|
chuvash
|
per
|
ige
|
vis
|
tavada
|
pilek
|
ult
|
sich
|
sagar
|
tog‘ar
|
shor
|
pir
|
iygi
|
us
|
tort
|
pesh
|
altu
|
chetti
|
segiz
|
tog‘us
|
yoqut
|
biir
|
ikki
|
is
|
tuort
|
bies
|
alta
|
sette
|
ag‘is
|
tog‘us
|
Ko‘rinadiki, birliklar faqat chuvash, qisman yoqut, shor, xakas tillarini hisobga olmaganda, boshqa barcha hozirgi turkiy tillarda deyarli bir xil.
Do'stlaringiz bilan baham: |