1. Turkiy tillarda sonning ma’no turlari. Tartib sonlar Miqdor son va ularning turlari. Hisob so‘zlar
Download 50.54 Kb.
|
Turkiy tillarda son so‘z turkumi
- Bu sahifa navigatsiya:
- -nchaï//-nchi
- -inch
- –(ï)nchï//-(i)nchi
- -daqï //-däki
- Ch ko‘rsatkichi va -Sh ko‘rsatkichi ham jamlov ko‘plikni ifoda etadi. Xullas, turkiy tillarda ko‘plikni ifodalovchi -lar, -ler, -sar, -sem affikslarining xarakteri haqida fikr bildirilgan bo‘lsa ham, jamlov-ko‘plikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar haqida yetarli darajada mulohaza yuritilmagan.Qirg‘iz tilida narsalarning birdan ortiqligini ifodalashning leksik usuli namunasi sifatida mol,yilqi kush,qurol so‘zlari keltirilib, ular jamlik ma’nosini ifodalanishi ta’kidlanadi.29 Turkiy tillarda egalik kategoriyasi. Egalik kategoriyasi qarashlilik ma'nosini ifoda etadi. Egalik kategoriyasining shakllari uch shaxsda va birlik hamda ko‘plik songa tegishlidir.
Birlik sonda 1-shaxs: -m, -mm, -im 2-shaxs: -n, -sh, -in, -g‘, -gg‘, -ig 3-shaxs: -g, -i, -sm, -si Ko‘plik sonda 1-shaxs: -bp, -biz, -gbp, -mbiz 2-shaxs: -np, -niz, -shiz, -iniz, -g‘gz, -ig‘iz 3-shaxs: -m, -i, -sm, -si Egalik kategoriyasinikg shakllari qaratqich kelishigi shakli bilan chambarchas bog‘liq. Egalik shakli bilan qo‘llangan so‘z oldida juda ko‘p hollarda qaratqdch kelishigidagi so‘z keladi. Ular belgili yoki belgisiz holatda bo‘lishi mumkin. Masalan: (mening) uyim, (sening) uying, (uning) uyi; kitobxonlar uyi. Shuning uchun ba'zi tadqiqotchilar egalik kategoriyasini qaratqich kelishigi bilan bog‘liq xolda o‘rganadilar. Ularning fikricha, dastlab turkiy tillarda prefiks va qaratqich kelishigining yo‘qligi egalik shakllarini keltirib chiqargan30. Egalik shakllari kishilik olmoshlari asosida shakllangan. Masalan: men-m, sen-ng, biz-miz, siz-ngiz kabi. Shuning uchun ham egalik affikslari bir vaqtning o‘zida shaxs va son ma'nolarini ifodalaydi. Masalan, uyim so‘zidagi -im birinchi shaxs birlik sonni ifoda etadi. Ko‘pchilik turkiy tillarda tartib sonlar -nchaï//-nchi affiksi yordamida hosil qilinadi: tur.,turkm. birinji ( birinchi), uyg‘., o‘zb., q.tur., q.balq., qirg‘., qum. birinchi, shor. pirinchi, xak. pirinji, qoz, no‘g‘. birinshi, tat. birinshi; tur., turkm. ikinji, uyg‘., qum., q.turk, shor., qar., qirg‘. ikkinchi, qoz., no‘g‘. yekinshi, tat. ikinshi kabi.5 Ushbu affiksning ancha qisqartirilgan shakli -inch ham uchraydi: q.turk. birinch (birinchi), üchünch(uchinchi), törtünch(to‘rtinchi) kabi. Ushbu affiks ( - ( ï)nchï//-(i)nchi) ning kelib chiqishi haqida turli taxminlar bor. Uni -(ï)nch yordamida fe’ldan yasalgan ot bilan bog‘lovchilar ham bor: esk.o‘zb. ürkünch( qo‘rqinch), ïnanch( ishonch), qïsqanch ( rashk, hasad) kabi. V. Bang qo‘shimcha oxiridagi unli -..(.) ni 3- shaxs birlikdagi egalik qo‘shimchasi bir xil deb hisoblaydi. Y.Nemet va M. Ryasyanen fikricha,-chï//-chi elementi harakat nomi qo‘shimchasi -chï//chi ni eslatadi. A.M.Sherbak fikricha, dastlab -a va -i affiksi yordamida miqdor sonlardan iki-üchü- tipidagi fe’l o‘zaklari hosil qilingan. 6 Ushbu o‘zaklar ko‘plikni emas, balki davomli harakatni ifodalaydi, fe’ldan hosil qilingan otlar esa harakat natijasi yoki boshqacha aytganda, butunning qismini miqdor (yarim, uchdan bir, to‘rtdan bir) bilan emas, balki boshqa qismlar ( ikkinchi qism, uchinchi qism, to‘rtinchi qism)ga nisbatan ifodalaydi. Keyinchalik bunday hosila aniqlovchi sifatida qatnashadi. Tartib sonlarga 3- shaxs birlikdagi egalik affikslarining qo‘shilishi ularning o‘ziga xosligi: biror narsaning izidan borish tartibini ifodalash, qaysidir obyektning holati, odatda, uni ajratadigan shunday obyektlar guruhi bilan aloqani ko‘rsatishni taxmin qilish natijasiga aylanadi. Tartib formalari kelib chiqishini tushuntirish uchun, avvalo, ularning ma’no tarkibini aniqlash kerak bo‘ladi. Tartib sonlar muayyan miqdor birligini ko‘rsatishi kerak, chunonchi, bir, ikkin, uch va hokazo. Bu tartib sonlar tarkibida miqdor bo‘lgan paytda ta’minlanadi: tur. birinji, ikinji, üchünji kabi. Tur. besh at ( beshta ot ) va beshinji at ( beshinchi ot ) kabi so‘z birikmalarini qiyoslashda miqdor sonlar alohida olib qaralmaydi. Besh at ( besh ot ) so‘z birikmasida besh soni otlarning faqat umumiy miqdorini bildiradi, bunda ulardan qay biri beshinchi bo‘lishi mutlaqo muhim emas. Aksincha bu so‘z birikmasidagi beshinchi muayyan ot, ya’ni hisob bo‘yicha beshinchi otni ko‘rsatadi.Tartib sonlar ko‘rsatkichi –(ï)nchï//-(i)nchini ikki qismga ajratish mumkin. Dastlab, tartib sonlar hisob birliklari yig‘indisi ko‘rsatish rolini bajaradigan -ïn//-in formativini ajratish kerak. Shundan keyin ajratuvchi yuklamani belgilash lozim. Bunday yuklama -chï//-chi bo‘ladi. Ushbu yuklama ayrim turkiy tillarda istak maylini kuchaytirishi mumkin: q.balq. jazchï( yozsang-chi), tat. kil-shi ( kelsang-chi), o‘zb. o‘qi-chi, no‘g‘. kerset-shi ( ko‘rsat-chi), qoz. ber-shi (ber-chi), qirg‘. al-chï (ol-chi).Tartib son hosil qilishda boshqa affikslar ham ishtirok etadi. Chunonchi, ana shundaylardan biri sanalgan -(ï)mchï//-(i)mchi eski o‘zbek tilida uchraydi. Ushbu qo‘shimchani ayrim turkologlar -(ï)ïnchïning ancha oldingi shakli, deb hisoblaydilar. Chuvash tilida -mish(i) qo‘shimchasi ishlatiladi: pirimish (birinchi), (bir), ikimish (ikkinchi) < iki, ik. Affiksning ancha qadimgi shaklida -sh elementi bo‘lmagan, deb taxmin qilinadi. Chuvash tilidagi -(i)mish qo‘shimchasi -(ï)nchï//-(i)nchi affiksiga o‘xshaydi. Farqi shundaki, bundagi -ïn shakliga -ïm muvofiq keladi. Tartib sonlarni hosil qilishda tofalar va yoqut tillarida -qï//-ki (-qu//-kü), -g‘ï//-gi (-g‘u//-gʻü) affiksi qo‘llaniladi: bir-gi ( birinchi ), ush-ku ( uchinchi ), besh-ki ( beshinchi ) kabi. Tofalar tilida ushbu affiksga –sh elementi qo‘shiladi: törti-shki (to‘rtinchi). -qï//-ki affiksi nimagadir munosabatni ifodalaydigan qadimgi affiksdir. U -daqï//-däki murakkab affiksi tarkibida uchrashi mumkin. Yoqut tilida tartib sonlar miqdor sonlardan -s(ïs//-is, -us//-üs) affiksi yordamida hosil qilindi: ikki-ikkis ( ikkinchisi ), blers ( besh ) – biehis ( beshinchi ). Affiks oxirida s Download 50.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling