Soʻz birikmasidagi sintaktik munosabatlar


Download 84.49 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi84.49 Kb.
#1497265
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Esonova Nafisa


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI

Qo‘lyozma huquqida…….

O‘zbek filologiyasi fakulteti 2-kurs 206 – guruh talabasi
Esonova Nafisaning
Soʻz birikmasidagi sintaktik
munosabatlar
mavzusidagi

KURS ISHI

O‘qituvchi: Rixsiyeva Kamola


Toshkent-2023


Mundarija:




Kirish
I Bob. Sintaktik munosabatlar va ularning turlari.
1.1.Sintaktik munosabatlar va ularning ifodalanishi
1.2.Teng va tobe aloqalar.
1.3.Valentlik tushunchasi
II Bob. So‘z birikmasi va uning turlari.
2.1.Nutqiy so‘z birikmasi (SB) haqida tushuncha. SB da hokim va tobe kengayuvchi va kengaytiruvchi so‘z.

    1. .So‘z birikmasi va uning turlari

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Soʻz birikmasi — ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzning tobe grammatik aloqa (moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv) asosida birikishi natijasida hosil boʻlgan, borliqdagi narsa va hodisalarning nomini bildiradigan sintaktik tuzilma — nutq birligi: ignaning koʻzi, kitobni oʻqimoq, oydin kecha va boshqa Har qanday soʻz birikmasi birdan ortiq mustaqil soʻzning birikuvidan hosil boʻladi, tuziladi va ikki qismdan — hokim va tobe qismdan tashkil topadi: oliy maʼlumot (oliy — tobe qism, maʼlumot — hokim qism).
Soʻz birikmasi komponentlarining tarkibiga koʻra sodda va murakkab turlarga boʻlinadi. Komponentlarining har biri bir soʻz shakliga teng boʻlgan soʻz birikmasi sodda soʻz birikmasi hisoblanadi: sayroqi qush, yigirma xonadon, tez yugurmoq kabi. Komponentlari yoki ulardan biri birdan ortiq soʻzdan, soʻz birikmasidan iborat boʻlgan birikmalar murakkab soʻz birikmasi deyiladi. Masalan, oliy maʼlumotli mutaxassis (oliy maʼlumotli — tobe qism, mutaxassis — hokim qism).

Download 84.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling