1 – VARIANT
1.Turkiy tillarni ilk bor ilmiy nuqtai nazardan tasnif qilgan olim?
A) V. Radlov B) S.E.Malov S) A.K.Borovkov D) A.N.Kononov
2.Turkiy tillarni S.E.Malov necha guruhga bo`lib tasniflaydi? A) 4 B) 5 S) 3 D)6
3.Turkiy tillarni genealogik jihatdan tasnif qilgan olim?
A) A.K.Borovlov B) V.Radlov S ) A.N.Kononov D ) S.E.Malov
4. A. N. Samoylovich o`zbek adabiy tili tarixini uch davrga bo`ladi, unga ko`ra o`g`uz –qipchoq adabiy tili nechanchi asrlarni o`z ichiga oladi? A)XIII-XIV asrlar B) XIV-XX asrlar S) X-XI asrlar D)XIV-XIX asrlar
5. Qadimgi turkIy adabiy til o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bunga sabab nima edi?
A) Runiy va uyg`ur yozuvlari bilan bitilganligi B) Arab yozuvida bitilganligi
S ) Fonitik-grammatik xususiyatiga ko`ra D )Leksik xususiyatiga ko`ra
6. Mug`ul tili turk va tungus tillari bilan birga o`zlarining bir umumiy ajdodiga ega. Uni shartli ravishda “oltoy tili” deb atash mumkin. Ushbu fikrlar muallifi?
A) B. Ya. Vladimirsov B) N.M. Yadrensev S) V.V. Radlov D) V.Tomsen
7. 689-692 yillarga tegishli bo`lgan bitiktoshni aniqlang?
A) O`ngin bitiktoshi B) Tunyuquq bitiktoshi S) Kultigin bitiktoshi D) Bilgahaqon bitiktoshi
8. 1912 yil Daniyalik olim B.Tomsen nashr ettirgan bitiktosh
A) Irq bitiktoshi B) Moyunchur bitiktoshi S) Bilgahaqon bitiktoshi D) O`ngin bitiktoshi
9. Mo`naviylarning tavbanomasi deb yuritilgan yodgorlik? A) Xuastuanift B) Shaxzodalar Qalyansmqara va Papamqara haqida qissa S) Oltin yoruq D) Sekiz yukmak
10. Namangan va Qohira nusxalari arab yozuvida Vena nusxasi esa uyg`ur yozuvida yozilgan asar?
A) “Qutadg`u bilig” B) “Devonu lug`otit turk” S) “Hibatul haqoyiq” D) “Devoni hikmat”
11. Qaysi hududda yaratilgan asarlarda ko`proq o`giz-qipchoq dialekt guruhi til xususiyatlarini uchratamiz? A) Xorazmda B) Farg`onada S) Mo`g`ulistonda D) Xurosanda
12. Yil oltmish ikki erdi to`rt yuz bila,
Bu so`z so`zladim man tutib yon sura. Ushbu parcha qaysi asardan olingan.
A) “Qutadg`ubilig” B) “Devonu lug`otit turk” S) “O`g`uznoma” D) “Qissasi Rabg`uziy”
Do'stlaringiz bilan baham: |