1. Turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning o ’rnini to’liq idrok etish uchun nimalarni atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim?
Download 282.75 Kb.
|
29 VariantMoliyaviy rejalash Yakuniy Nazorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning o ’rnini to’liq idrok etish uchun nimalarni atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim
29-variant 1. Turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning o ’rnini to’liq idrok etish uchun nimalarni atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim? 2. Moliyaviy rejalashtirishda normativ metoddan qanday holatlarda foydalaniladi? 3. Jarayon sifatida strategik rejalashtirish qanday faoliyatni qamrab oladi? 1. Turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning o ’rnini to’liq idrok etish uchun nimalarni atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim? Turli sotsial-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning rolini (moliyaviy tartibga solishning rolini) to‘liq idrok etish uchun tizimning shakllantiruvchi asoslarini – davlat xarajatlari va davlat daromadlarini - hamda ular har birining rolini atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim. Dastlab, davlat xarajatlarining tavsifiga murojaat qilish kerak. Chunki aynan davlat xarajatlari davlat moliyasining ijtimoiy mo‘ljallanganligi nimadan iborat ekanligini aniq ko‘rsatadi. Shunga mos ravishda, aynan davlat xarajatlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va hajmi moliyaviy tizim faoliyatining natijalarini o‘zida aks ettiradi va bu tizim ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida o‘zining funksiyalarini bajarayaptimi yoki yo‘qmi, degan savolning javobini oldinroq aniqlashga imkon beradi. Takror ishlab chiqarish jarayonida davlat moliyasining rolini aniqlab olish uchun ularni bir necha belgilar bo‘yicha klassifikatsiya qilish mumkin. Agar davlat xarajatlariga tovarlar yoki mehnatda ifodalangan xizmatlar qarama-qarshi turadigan bo‘lsa, u holda davlat pul mablag‘lari oqimlarining boshqa ne’matlarga o‘ziga xos tarzda transformatsiyalashuvi sodir bo‘ladi va shu munosabat bilan bunday xarajatlarni transformatsion xarajatlar tarkibiga kiritiladi. Ularning orasidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: • davlat iste’moli (davlat sektori ishchilarining ish haqi, joriy ehtiyojlarni qoplash uchun davlat tomonidan sotib olingan tovarlar uchun to‘lovlar, ishlab chiqarishga dotatsiya berish; davlat qarziga xizmat ko‘rsatish, byudjetlararo subsidiyalar va shu yerda ko‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalaniladigan ssudalar); • davlat investitsiyalari (davlat korxonalari va tashkilotlarining asosiy kapitali va aylanma fondlarining o‘sgan qismiga investitsiyalar, davlat zaxiralarini yaratish, uzoq muddatli byudjet kreditlari). Shunday qilib, iqtisodiyot resurslarining cheklanganligi sharoitida transformatsion xarajatlar nodavlat sektorida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning hajmini bevosita o‘zgartiradiki, bulardan boshqa bir vaziyatlarda jamiyat foydalanadi va bir vaqtning o‘zida jami taklifning tarkibiy tuzilmasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Agar davlatning xarajatlari turli xildagi pensiyalarni (yosh bo‘yicha, nogironlik, boquvchisini yo‘qotganda, alohida xizmatlari uchun) va nafaqalarni (bolalarga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlik bo‘yicha) to‘lashga yo‘naltirilsa, u holda davlat tomonidan mablag‘larni berishning o‘ziga xos tarzda berilishi sodir bo‘lib, u transfert deb ataladi va bunda mablag‘lar soliq to‘lovchilardan shu to‘lanmalarni oluvchilarga beriladi va mazkur operatsiyada uchrashuvchan xizmatlarning taqdim etilishi sodir bo‘lmaydi. Bunday holda yangi qiymat yaratilmaydi va huquqni ushlab turuvchining tovarlar va xizmatlar iste’moli berilishi kuzatiladi. Bu transfert xarajatlar jamiyatning jami daromadini uning a’zolari o‘rtasida taqsimlanishini o‘zgartiradi (korrektirovka qiladi). Davlatning xarajatlari yana joriy (davlat iste’moli va transfertlar) va kapital xarajatlarga (davlat investitsiyalari) bo‘linadiki, bunday bo‘linish takror ishlab chiqarish parametrlari dinamikasiga moliyaning ta’sirini baholashda juda muhimdir. Shuningdek, davlatning xarajatlari insonlarga (shaxsiy daromadlar) va kapitalga (joriy qo‘yilmalar va investitsiyalar) xizmat qilishi mezoni bo‘yicha ham klassifikatsiya qilinishi mumkin. Bu narsa ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish va uni iste’mol qilishda ularning ulushlarini alohida hisobga olishga imkon beradi. Davlat xarajatlarini guruhlarga ajratishda funksional prinsipdan foydalanish mamlakat taraqqiyotining ichki muammolarini hal qilish va dunyo hamjamiyati bilan o‘zaro munosabatlar orqali ifodalanadigan davlatning barcha funksiyalarini (ijtimoiy, iqtisodiy, tadqiqotchilik, boshqaruvchilik, tashqi siyosiy va boshqalar) namoyish qilishi mumkin. Shu narsaning o‘zi tizimlashtirilgan ko‘rinishda yo‘nalishlarning ustuvorligini aks ettirishga va davlat tomonidan tartibga solish jarayonining ta’sirchanligini baholashga imkon beradi. Masalan, davlatning ijtimoiy funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar aholi kam ta’minlangan qatlamlarining kvalifikatsiya, tibbiy xizmat, uy-joy, kafolatlangan minimal pensiya va nafaqalar olishga tegishli sharoitlarni yaratadi. Bu esa sotsial munosabatlarning barqarorligini qo‘llab-quvvatlab, jami talabning hajmi va tarkibiy tuzilmasiga keskin ta’sir ko‘rsatadi va bu ta’sir quyidagilarda namoyon bo‘ladi: • ijtimoiy subsidiya oluvchilar aholining moddiy ne’matlar iste’moli qismiga nisbatan barqaror to‘lovga qobiliyatli talabning barqarorligini ta’minlaydi; • ijtimoiy-madaniy soha tashkilotlarini joriy saqlash uchun tovarlar va xizmatlarni davlat tomonidan sotib olinishi bozorning juda ko‘p segmentlarida talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi; • maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy ta’minot obyektlarining kengaytirilishi, uy-joy qurilishiga davlat dotatsiyalari bilan birgalikda, faqat qurilish materiallariga bo‘lgan talabni oshirib qolmasdan, balki qurilish industriyasi bilan bog‘liq bo‘lgan sanoatning boshqa alohida tarmoqlari uchun ham chuqur bozorni yaratadi, uzoq muddatli foydalanish xos bo‘lgan predmetlar uchun talabni oshiradi. Bundan tashqari, davlatning ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari bu o‘ziga xos tarzda malakali ishchi kuchini tayyorlashga qilingan investitsiyalardan iboratdir. Bundan uning ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlashning strategik chorasi ekanligi ham yaqqol Shuningdek, davlatning xarajatlari insonlarga (shaxsiy daromadlar) va kapitalga (joriy qo‘yilmalar va investitsiyalar) xizmat qilishi mezoni bo‘yicha ham klassifikatsiya qilinishi mumkin. Bu narsa ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish va uni iste’mol qilishda ularning ulushlarini alohida hisobga olishga imkon beradi. Davlat xarajatlarini guruhlarga ajratishda funksional prinsipdan foydalanish mamlakat taraqqiyotining ichki muammolarini hal qilish va dunyo hamjamiyati bilan o‘zaro munosabatlar orqali ifodalanadigan davlatning barcha funksiyalarini (ijtimoiy, iqtisodiy, tadqiqotchilik, boshqaruvchilik, tashqi siyosiy va boshqalar) namoyish qilishi mumkin. Shu narsaning o‘zi tizimlashtirilgan ko‘rinishda yo‘nalishlarning ustuvorligini aks ettirishga va davlat tomonidan tartibga solish jarayonining ta’sirchanligini baholashga imkon beradi. Masalan, davlatning ijtimoiy funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar aholi kam ta’minlangan qatlamlarining kvalifikatsiya, tibbiy xizmat, uy-joy, kafolatlangan minimal pensiya va nafaqalar olishga tegishli sharoitlarni yaratadi. Bu esa sotsial munosabatlarning barqarorligini qo‘llab-quvvatlab, jami talabning hajmi va tarkibiy tuzilmasiga keskin ta’sir ko‘rsatadi va bu ta’sir quyidagilarda namoyon bo‘ladi: • ijtimoiy subsidiya oluvchilar aholining moddiy ne’matlar iste’moli qismiga nisbatan barqaror to‘lovga qobiliyatli talabning barqarorligini ta’minlaydi; • ijtimoiy-madaniy soha tashkilotlarini joriy saqlash uchun tovarlar va xizmatlarni davlat tomonidan sotib olinishi bozorning juda ko‘p segmentlarida talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi; • maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy ta’minot obyektlarining kengaytirilishi, uy-joy qurilishiga davlat dotatsiyalari bilan birgalikda, faqat qurilish materiallariga bo‘lgan talabni oshirib qolmasdan, balki qurilish industriyasi bilan bog‘liq bo‘lgan sanoatning boshqa alohida tarmoqlari uchun ham chuqur bozorni yaratadi, uzoq muddatli foydalanish xos bo‘lgan predmetlar uchun talabni oshiradi. Bundan tashqari, davlatning ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari bu o‘ziga xos tarzda malakali ishchi kuchini tayyorlashga qilingan investitsiyalardan iboratdir. Bundan uning ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlashning strategik chorasi ekanligi ham yaqqol ko‘rinadi. Davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirilishi jarayonida ham, xususan, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalariga subsidiya va kredit berishda, infratuzilma obyektlarini yaratish va ularni takomillashtirishda, harbiy qurilish uchun qurol-aslahalarni sotib olishda, davlat qarzlarini va ular bo‘yicha foizlarni qaytarishda ham bozor konyunkturasi keskin o‘zgaradi. Yuqorida bayon etilgan xarajatlar hajmining o‘zgartirilishi investitsiyalarning o‘lchamiga, jami talabning hajmiga va taklifning tarkibiy tuzilmasiga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Download 282.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling