Kirish II. Asosiy qism
Download 1.52 Mb.
|
Kimyoviy muvozanat Kimyoviy reaksiyaning izoterma tenglamasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. XULOSA IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Tayanch iboralar va tushunchalar
MAVZU: KIMYOVIY MUVOZANAT.KIMYOVIY REAKSIYANING IZOTERMA TENGLAMASI. Reja KIRISH II. ASOSIY QISM 1. Qaytar va qaytmas reaktsiyalar. 2. Kimyoviy muvozanat konstantasi 3. Geterogen sistemali kimyoviy reaktsiyalar muvozanati. 4. Kimyoviy muvozanatning siljishi. Le-shatele printsipi. III. XULOSA IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Tayanch iboralar va tushunchalar: Qaytar jarayon, qaytmas jarayon, kimyoviy muvozanat, dinamik muvozanat, kimyoviy muvozanatning siljishi, muvozanat kontsentratsiyasi, Le – Shatele printsipi, muvozanatga kontsentratsiya o’zgarishining ta‘siri, muvozanatga temperaturaning ta‘siri, muvozanatga bosimning ta‘siri. 1. QAYTAR VA QAYTMAS REAKTSIYALAR. Hamma kimyoviy reaktsiyalar to’liq borishiga, ya‘ni- unumiga qarab ikki sinfga bo’linadi.- bir tomonlama va ikkinchi tomonlama boruvchi reaktsiyalar. Bir tomonlama boruvchi reaktsiyalarda jarayon faqat bir tomonga – mahsulotning hosil bo’lish tomonigagina boradi va dastlabki olingan moddalarning hammasi mahsulotga aylanadi, ya‘ni reaktsiya mahsuloti 100 % ga teng bo’ladi. Kimyoviy jarayonlarning ko’pchiligi ikki qarama – qarshi yo’nalishda boradi, ya‘ni reaktsiya boshlangan vaqtda avval mahsulotlar hosil bo’ladi, birmuncha vaqt o’tgandan keyin bu mahsulotlar bir – biriga o’zaro ta‘sir etib, qisman, dastlabki moddalarga aylanadi, natijada, reaktsiya olib borilayotgan idishda reaktsiya mahsulotlari bilan birga dastlabki moddalar aralashmasi hosil bo’ladi. Mahsulotning hosil bo’lish tomoniga boruvchi reaktsiyalar qaytmas jarayonlar, qarama – qarshi yo’nalishda boruvchilariga esa qaytar jarayonlar deyiladi. Qaytar jarayon qarama– qarshi uchlik (strelka)lar bilan ko’rsatiladi. А + В → С + Д Nazariy jihatdan har qanday qaytmas jarayonni ham ma‘lum sharoitda qaytar tarzda boradigan jarayon deb qarash mumkin, lekin amalda esa faqat bir yunalishda boradigan reaktsiya mahsulotlari reaktsion muhit doirasidan chiqib ketadigan xollarda (gaz ajralib chiqqanda, chukma tushganda, amalda dissotsilanmaydigan moddalar hosil bo’lganda)va dastlabki moddalardan biri nihoyatda mo’l miqdorda olinib, qarama – qarshi jarayonning bir yo’nalishini tomomila to’xtatib quyilgan xollardagina yuz beradi. Bariy xlorid eritmasiga natriy sulfat eritmasi quyilganda bariy sulfat cho’kmasining tushishi natriy karbonat eritmasiga xlorid kislota ta‘sir etganda karbonat angidrid gazining ajralib chiqishi va boshqalar kimyoviy qaytmas jarayonlar uchun misol bo’la oladi. Bariy sulfatning cho’kishi amalda qaytmas jarayondir, chunki BaSO4 oz bo’lsada suvda eriydi. Ammo, bertole tuzi KClO3 ning parchalanishi yoki qo’rg’oshin azid Pb3 N2 ning parchalanishi odatdagi sharoitda mutlaqo qaytmas jarayonlardir. Reaktsiya mahsulotlari, odatda, bir-biri bilan ta‘sirlashib, dastlabki moddalarni hosil qilishi mumkin. Masalan, CO2 bilan Н2 qizdirilganda o’zaro reaktsiyaga kirishadi, natijada uglerod (II) – oksid va suv bug’i hosil buladi. Shu sharoitning o’zida СО va suv bug’i o’zaro ta‘sirlashib dastlabki moddalar СО2 va Н2 ni hosil qiladi. Ikkala reaktsiyani ham bitta umumiy tenglama bilan ifodalash mumkin: СО2 + Н2 → СО + Н2О Kimyoviy muvozanat holatida vaqt birligi ichida qancha mahsulot parchalansa, shuncha miqdor yangisi, hosil bo’ladi. shuning uchun ham kimyoviy munosabat dinamik (haroratdagi) muvozanat hisoblanadi. U quyidagi uch belgiga ega: 1. Kimyoviy muvozanat holatidagi reaktsion sistema (aralashma) tarkibi vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi. 2. Muvozanatdagi sistema tashqi ta‘sir tufayli muvozanat holatidan chiqarilsa, tashqi ta‘sir yo’qolgandan keyin bu yana usha oldingi muvozanat holatiga qaytadi: agar tashqi ta‘sir davom etaversa, shu sharoitga mos bo’lgan yangi muvozanat holati qaror topadi. 3. Qaytar reaktsiya mahsulotlarini o’zida reaktsiyaga kiritish yoki dastlabki moddalarni bir-biriga ta‘sir ettirish yo’li bilan (ya‘ni qarama-qarshi yo’llar bilan) muvozanat holatiga erishish mumkin. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling