Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti 3-mavzu qayta topshirish ishi


Download 1.09 Mb.
bet1/2
Sana11.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1451295
  1   2
Bog'liq
3-mavzu qayta topshirish ishi


FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI



3-mavzu qayta topshirish ishi
BAJARDI: INOYATULLAYEVA M.
TEKSHIRDI:

TOSHKENT-2023


1. Kimyoviy muvozanatga qaysi omillar taʼsir qiladi?
2. Katalizator kimyoviy muvozanatga qanday taʼsir koʻrsatadi?
3. Kimyoviy muvozanatning (o’nga yoki chapga) siljishi deganda nimani tushunasiz? Javobingizni massalar ta’siri qonuni asosida tushuntiring.
4. Real sistemalar uchun bosim va konsentratsiyaning oʻrniga qaysi kattaliklardan foydalaniladi?
5. Kimyoviy muvozanat konstantasi, turlari
6. KP va KC qachon teng boʻladi?
7. Kimyoviy muvozanat nima uchun dinamik muvozanat deyiladi?
8. Tezlik konstantasi (k) nima?


1.Kimyoviy muvozanat nima va unga ta’sir etuvchi omillar qaysilar?
Hamma kimyoviy reaktsiyalar to’liq borishiga, ya‘ni- unumiga qarab ikki sinfga bo’linadi.- bir tomonlama va ikkinchi tomonlama boruvchi reaktsiyalar. Bir tomonlama boruvchi reaktsiyalarda jarayon faqat bir tomonga – mahsulotning hosil bo’lish tomonigagina boradi va dastlabki olingan moddalarning hammasi mahsulotga aylanadi, ya‘ni reaktsiya mahsuloti 100 % ga teng bo’ladi.
Kimyoviy jarayonlarning ko’pchiligi ikki qarama – qarshi yo’nalishda boradi, ya‘ni reaktsiya boshlangan vaqtda avval mahsulotlar hosil bo’ladi, birmuncha vaqt o’tgandan keyin bu mahsulotlar bir – biriga o’zaro ta‘sir etib, qisman, dastlabki moddalarga aylanadi, natijada, reaktsiya olib borilayotgan idishda reaktsiya mahsulotlari bilan birga dastlabki moddalar aralashmasi hosil bo’ladi.
Mahsulotning hosil bo’lish tomoniga boruvchi reaktsiyalar qaytmas jarayonlar, qarama – qarshi yo’nalishda boruvchilariga esa qaytar jarayonlar deyiladi.
Qaytar jarayon qarama– qarshi uchlik (strelka)lar bilan ko’rsatiladi.
А + В → С + Д
Nazariy jihatdan har qanday qaytmas jarayonni ham ma‘lum sharoitda qaytar tarzda boradigan jarayon deb qarash mumkin, lekin amalda esa faqat bir yunalishda boradigan reaktsiya mahsulotlari reaktsion muhit doirasidan chiqib ketadigan xollarda (gaz ajralib chiqqanda, chukma tushganda, amalda dissotsilanmaydigan moddalar hosil bo’lganda)va dastlabki moddalardan biri nihoyatda mo’l miqdorda olinib, qarama – qarshi jarayonning bir yo’nalishini tomomila to’xtatib quyilgan xollardagina yuz beradi.
Bariy xlorid eritmasiga natriy sulfat eritmasi quyilganda bariy sulfat cho’kmasining tushishi natriy karbonat eritmasiga xlorid kislota ta‘sir etganda karbonat angidrid gazining ajralib chiqishi va boshqalar kimyoviy qaytmas jarayonlar uchun misol bo’la oladi. Bariy sulfatning cho’kishi amalda qaytmas jarayondir, chunki BaSO4 oz bo’lsada suvda eriydi. Ammo, bertole tuzi KClO3 ning parchalanishi yoki qo’rg’oshin azid Pb3 N2 ning parchalanishi odatdagi sharoitda mutlaqo qaytmas jarayonlardir.
Reaktsiya mahsulotlari, odatda, bir-biri bilan ta‘sirlashib, dastlabki moddalarni hosil qilishi mumkin. Masalan, CO2 bilan Н2 qizdirilganda o’zaro reaktsiyaga kirishadi, natijada uglerod (II) – oksid va suv bug’i hosil buladi. Shu sharoitning o’zida СО va suv bug’i o’zaro ta‘sirlashib dastlabki moddalar СО2 va Н2 ni hosil qiladi. Ikkala reaktsiyani ham bitta umumiy tenglama bilan ifodalash mumkin:

СО2 + Н2 → СО + Н2О


Kimyoviy muvozanat holatida vaqt birligi ichida qancha mahsulot parchalansa, shuncha miqdor yangisi, hosil bo’ladi. shuning uchun ham kimyoviy munosabat dinamik (haroratdagi) muvozanat hisoblanadi. U quyidagi uch belgiga ega:
1. Kimyoviy muvozanat holatidagi reaktsion sistema (aralashma) tarkibi vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi.
2. Muvozanatdagi sistema tashqi ta‘sir tufayli muvozanat holatidan chiqarilsa, tashqi ta‘sir yo’qolgandan keyin bu yana usha oldingi muvozanat holatiga qaytadi: agar tashqi ta‘sir davom etaversa, shu sharoitga mos bo’lgan yangi muvozanat holati qaror topadi.
3. Qaytar reaktsiya mahsulotlarini o’zida reaktsiyaga kiritish yoki dastlabki moddalarni bir-biriga ta‘sir ettirish yo’li bilan (ya‘ni qarama-qarshi yo’llar bilan) muvozanat holatiga erishish mumkin

5.KIMIYOVIY MUVOZANAT KONSTANTASI.


Reaktsiya unumini muvozanat konstantasi (k) deb atalgan kattalik bilan qayd etiladi. Sistemaning tabiatiga qarab bu kattalikning ifodasi turli xil ko’rinishda bo’ladi.
a) sistema gomogen bo’lib, u suyuqliklardan iborat bo’lsa, muvozanat konstantasi, odatda Кс bilan ifodalanadi.
b) sistema faqat gazlardan iborat bo’lsa, muvozanat konstantasi, Кр – bilan ifoda etiladi.
Ko’pgina reaktsiyalar bir xil sharoitda qarama-qarshi ikki tomonga boradi: dastlabki moddalardan turli mahsulotlar va mahsulotlardan dastlabki moddalar hosil bo’ladi. Reaktsiya davom etgan sari, dastlabki moddalarning kontsentratsiyasi uzluksiz pasaya boradi, natijada massalar ta‘siri qonuniga muvofiq, to’g’ri reaktsiyaning tezligi ham kamayib boradi, mahsulotlar kontsentratsiyasi esa aksincha orta boradi, natijada teskari reaktsiyaning tezligi ham oshadi. Nihoyat shunday bir payt keladiki, bu vaqtdan boshlab to’g’ri reaktsiyaning tezligi teskari reaktsiyaning tezligiga tenglashadi: bu vaqtda muvozanat qaror topadi. Dastlabki moddalarning va mahsulotlarning kontsentratsiyasi o’zgarishdan to’xtaydi. Olingan moddalarning bir qismi reaktsiyaga kirishmasdan qoladi. Muvozanat qaror topgan vaqtda moddalar kontsentratsiyasi muvozanat kontsentratsiya yoki partsial bosim deyiladi. Gaz aralashmasida ayrim gazlarning bosimi, ma‘lum moddaning partsial bosimi deyiladi. Kimyoviy muvozanat holati, muvozanat konstantasi kattaligi bilan ifodalanadi.
Vodorod va yoddan vodorod yodid hosil bo’lish reaktsiyasi Н2+J2 → 2HJ ning tezligi reaktsiya uchun olingan moddalar kontsentratsiyalari ko’paytmasiga proportsional bo’ladi:

V1 = K1 [H2] [J2]



bu yerda K1 – to’g’ri reaktsiyaning tezligi konstantasi,


[H2] [J2] – vodorod va yodning molyar kontsentratsiyasi,

Vodorod yodidning hosil bo’lishi bilan teskari jarayon boshlanadi, uning tezligi V2 vodorod yodid kontsentratsiyasiga proportsionaldir, ya‘ni
V2 = К2 [HJ]2
bu yerda К2 teskari reaktsiyaning tezlik konstantasi,
[HJ] – vodorod yodidning molyar kontsentratsiyasi.
Vaqt o’tishi bilan V1 kamayib, V2 ortib boradi, muvozanat vaqtida to’g’ri va teskari jarayonlarning tezligi tenglashadi. U holda V1 = V2 bo’lib, sistema kimyoviy muvozanat holatiga keladi.

Demak, kimyoviy muvozanatda harakat to’xtamaydi, chunki bu holat bir-biriga qarama-qarshi borayotgan ikki jarayon tezliklarining tenglashish holatidir: V1 = V2 bo’lsa

2 ] [J2] = К2 [НJ]2 ёки К12 = (IX. 1 )

Bu tenglamada [Н2 ], [J2] va [НJ] – reaktsiyada ishtirok etayotgan moddalarning muvozanat kontsentratsiyasi (ya‘ni Н2 va J2 ning reaktsiyaga kirishmay qolgan kontsentratsiyalari bo’lsa, НJ ning muvozanat qaror topganida hosil bo’lgan kontsentratsiyasidir). Quyidagi ifoda




qiymati muvozanat konstantasi nomi bilan yuritiladi.
Demak, Н2+J2  2НJ muvozanatining konstantasi:

КМ =

bilan ifodalanib, bu tenglama ayni sistema uchun masalalar ta‘siri qonunini aks ettiradi.
Agar sistemada аА+вВ  сС+дД tenglamasi bilan tasvirlanadigan muvozanat holati qaror topsa, uning konstantasi:

KM = (IX. 2)


tenglama bilan ifodalanadi.
Bu ifoda massalar ta‘siri qonunining umumiy ko’rishishi bo’lib, quyidagicha ta‘riflanadi:
Kimyoviy muvozanat davomida reaktsiya mahsulotlari kontsentratsiya-lari ko’paytmasining dastlabki moddalar kontsentratsiyalari ko’paytma-siga nisbati o’zgarmas temperaturada doimiy kattalikdir.
Км ning qiymati reaktsiyaga kirishuvchi moddalarning tabiati va temperaturasiga bog’liq, lekin aralashmadagi moddalarning kontsentratsiyasi, bosimi, begona qushimchalar ishtirok etish – etmasligiga bog’liq emas.
Км ning qiymati qanchalik katta bo’lsa, reaktsiya shunchalik ko’p unum beradi. Shu sababli Км ni bilish kimyo va kimyoviy texnologiya uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega.


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling